Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida odamlarning etnik kelib chiqishini aniqlash funksiyasiga ega kameralar ishga tushdi. Bu haqda Axborotlashtirish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Igor Nikonov ma’lum qildi.

Nikonovning so‘zlariga ko‘ra, tizim olti xil millatni aniqlash va ularning turli hududlardagi to‘planishini qayd etish imkoniga ega. Shundan so‘ng huquq-tartibot organlari jamoat tartibini ta’minlash yuzasidan qaror qabul qiladi. Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi rahbari Oleg Kapitanov bu tizimni “statistik tahlil vositasi” deb atagan.
Axborotlashtirish va aloqa qo‘mitasi esa bu texnologiya ommaviy tadbirlarda xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur resurslarni aniqroq prognozlash imkonini beradi. Fevral oyida Kapitanov 2025-yilda 8 mingta shahar kamerasini etnik mansublikni aniqlash funksiyasi bilan jihozlash rejalashtirilayotganini aytgandi.
Bundan tashqari, chet el fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari, fotosuratlari va yashash ruxsatnomalarini taqqoslash loyihasi ham ko‘rib chiqilmoqda. Kuzatuv kameralari Sankt-Peterburgda 700 dan ortiq jinoyatni fosh qilishda yordam bergan.
Izoh (0)