Mustaqillikning ilk yillarida Namangan shahar hokimi vazifasida ishlagan Akmalxon Ikromov 76 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Akmalxon Ikromov 1949-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 1966-1973-yillarda O‘rta Osiyo yengil sanoat va to‘qimachilik institutini imtiyozli bitirgan va injener-mexanik mutaxassisligini egallagan. Shundan so‘ng uzoq yillar viloyat mahalliy sanoat boshqarmasida turli vazifalarda mehnat qildi. Kosonsoy shoyi to‘qish fabrikasida filiallar bo‘yicha direktor, Namangan shahar xalq iste’moli mollari zavodi direktori bo‘lgan.
1992-yildan 1994-yilgacha Namangan shahar hokimi bo‘lib ishlagan. 2009-yildan hozirgi vaqtgacha Namangan shahridagi “Olmos-XIM” MCHJ kuzatuv kengashi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
U mehnat faoliyati davomida mahalliy sanoat rivojiga, hokimlik davrida esa viloyat markazini obodonlashtirishga katta hissa qo‘shgan.
Izoh (0)