• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent viloyatida 15 dan ortiq jinoyat sodir etgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

    Toshkent viloyatida Toshkent tumanida 15 dan ortiq jinoyat sodir etgan shaxsga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda viloyat IIBB xabar berdi. 

    Foto: Toshkent viloyati IIBB

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent tumani sudi ochiq sud majlisida firibgarlik, pora berishda vositachilik, yolg‘on guvohlik berish, tuhmat, o‘q-dorilarni o‘g‘irlash va noqonuniy o‘tkazish kabi og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan R.E. (1984-yilda tug‘ilgan)ga nisbatan sud hukmi eʼlon qilindi.

    Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergov va sud hujjatlariga ko‘ra, sudlanuvchi 2021—2024-yillar oralig‘ida turli 13 ta holatda fuqarolarning ishonchiga kirib, ularga turli vaʼdalar berib, yirik miqdorda moliyaviy mablag‘larni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

    Xususan, u avtotransport vositalarini arzon narxda olib berish, yer maydonlari va ko‘chmas mulklarni sotib olish, yuqori daromadli ishga joylashtirish kabi bahonalar bilan bir necha fuqarolarning pullarini o‘zlashtirgan.  Jumladan:

    • 2021-yil 10-avgust kuni u bir fuqaroga arzon narxda avtomobil olib berishni vaʼda qilib, undan jami 5 800 AQSh dollari miqdorida pul mablag‘larini olgan va o‘z ehtiyojlari uchun ishlatgan.
    • 2022-yil 15-oktyabrda yana bir ayol fuqaroga arzon narxda avtomobil olib berishni vaʼda qilib, oradan vaqt o‘tgach mashina emas yer uchastkasi olib berishini aytib, jami 2 100 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritgan.
    • 2023-yil 1-oktyabrda yana bir fuqaroga yer uchastkasining kadastr hujjatlarini mansabdor tanishlari orqali rasmiylashtirib berishga ko‘ndirgan va pora berishga dalolat qilib, jabrlanuvchidan 10 000 AQSh dollari olgan, biroq vaʼdasini bajarmagan.
    • 2022-yil iyun oyida boshqa bir jabrlanuvchini 2000 AQSH dollari bilan “Amirsoy” dam olish maskanidagi 10 million so‘m maoshlik ishga kirgizish va Zangiota tumanidagi bir nechta yer maydonini nomiga o‘tkazib berishga ishontirib, jami 28 700 AQSh dollari miqdorida pul mablag‘larini o‘zlashtirgan.
    • 2023-yil iyul oyida yana bir fuqaroning ishonchiga kirib, 38 500 AQSh dollari miqdoridagi pullarni yer olib berish bahonasida olib, qaytarib bermagan.
    • 2023-yil 5-oktyabrda yana bir jabrlanuvchiga o‘zining pasport nusxasiga tilxat yozib yer olib berishga ishontirgan va 10 000 AQSh dollari pul mablag‘larini qo‘lga kiritgan.
    • 2024-yil 25-yanvarda jabrlanuvchi ayolga Bo‘stonliq tumanida dala hovlini ijaraga olib berishini va bu katta foyda keltirishini vaʼda qilib, 10 000 AQSh dollari miqdoridagi pulni qo‘lga kiritib, vaʼdasini bajarmagan.
    • 2024-yil 22-fevralda yaqin tanishini 20 dona “Spark” avtomobilini elektron auksion orqali arzon narxda sotib olishga ishontirib, Telegram orqali notanish MChJning qalbaki guvohnomasi suratini yuborib, 61 750 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflagan.
    • 2024-yil mart oyida esa tanishidan qarzga 12 800 AQSh dollari olib, undan 3 500 AQSh dollarini qaytarib, qolgan qismini bermaslik uchun unga tuhmat qilgan.
    • 2024-yil bahorida mahalladoshini do‘kon sotish bahonasida 65 000 AQSh dollariga chuv tushirib, pulni qaytarmaslik evaziga o‘g‘irlangan o‘q-dorilarni jabrlanuvchining hovlisiga yashirib, huquq-tartibot organlariga xabar bergan. Tezkor tadbirda ushbu o‘q-dorilarni daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilib, uning o‘ziga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan.

    Bundan tashqari, sudlanuvchi yer maydonlari va ko‘chmas mulklarni rasmiylashtirish uchun pora berishda vositachilik qilgan. U turli hujjatlarni soxtalashtirish, yolg‘on guvohlik berish va tuhmat qilish orqali noqonuniy daromad orttirishga harakat qilgan.

    Shu kabi usullar bilan u boshqa fuqarolarni ham chuv tushirib, jami 2,8 milliard so‘mlik zarar yetkazgan.

    Sud tomonidan sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatuvlari tinglanib, jinoyat ishi hujjatlari o‘rganib chiqildi va ishda mavjud bo‘lgan dalillarga baho berildi. Jabrlanuvchi va taraflarning muzokara nutqlarini muhokama qilib, sudlanuvchiga nisbatan o‘z hukmini e’lon qildi.

    Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi 1984-yilda tug‘ilgan (E.R.Y.) Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismining “a” bandi, 28, 211-moddasi 2-qismining “b” bandi, 237-moddasi 2-qismining “a, g” bandlari, 139-moddasi 3-qismining “a, g” bandlari, 238-moddasi 3-qismining “b” bandi, 247-moddasining 1-qismi, 248-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan tayinlangan har xil turdagi jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Shuningdek, jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar qoplash uchun sudlanuvchidan 2,8 milliard so‘m undirilishi belgilangan.

    Bundan avval Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida Alisher Usmonov nomi bilan firibgarlik qilgan 7 nafar yigit ushlanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. 

    22 fevral, 17:35   Izoh (0)   4250
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #firibgarlik#sud

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tramp, Mask, Netanyaxu: “Yil odami” uchun kimlar da’vogarlik qilmoqda?

    10.12.2024, 15:55

    Telegram 2024-yilda nechta guruh va kanallarni bloklagani haqida ma’lum qildi

    12.12.2024, 23:15

    Virtual “valyutchik”: Buxoroda 17 yoshli o‘smir katta miqdordagi pulni kriptovalyutadan o‘zi ishlab topmagan bo‘lib chiqdi

    19.12.2024, 15:05

    Netanyaxuning rafiqasi guvohlarni ta’qib qilishda ayblanmoqda

    27.12.2024, 22:31

    Telegram foydalanuvchilar ma’lumotlarini AQSHga ommaviy tarzda bera boshladi 

    9 yanvar, 19:19

    Uchiga chiqqan firibgar ayoldan tortib, jinsiy zo‘ravon erkakka qadar. Minglab yilga qamalgan jinoyatchilar

    14 yanvar, 20:45

    Ming dollardan 1 million dollargacha: Poraxo‘rlikda ayblangan hokim va “zamhokimlar”

    15 yanvar, 11:52

    Surxondaryoda fuqaroga kredit olib berish evaziga 4,5 mln so‘m olgan hokim yordamchisi ushlandi

    26 yanvar, 23:45

    Afrika rahbarlaridan tortib Lukashenkogacha: mamlakatni eng uzoq boshqarayotgan prezidentlar

    27 yanvar, 17:30

    Isroilda Netanyaxuning rafiqasiga qarshi tergov boshlandi 

    3 fevral, 08:15

    Turkiyada moliyaviy piramida tashkilotchilari 45 ming yilga qamaldi  

    5 fevral, 21:32

    Tramp Maskka Pentagon xarajatlarini auditdan o‘tkazishni topshirdi 

    10 fevral, 21:37

    Rossiya va oligarxlar: millionlar ortidagi qonli o‘yinlar

    11 fevral, 15:35

    O‘zbekistonda bir yilda qancha odam jinoyati ortidan qamalgani ochiqlandi 

    12 fevral, 16:06

    O‘zbekistonda 2024-yilda ajratilgan ipoteka kreditlari miqdori ochiqlandi 

    12 fevral, 17:29

    Tramp saylovoldi va’dalarini bajarmoqda, ammo bu qonun ustuvorligiga tahdid solmoqda

    12 fevral, 22:46

    Toshkent viloyatida Alisher Usmonov nomi bilan firibgarlik qilganlar ushlandi

    16 fevral, 08:47

    Argentinada kriptovalyuta reklamasi sabab prezidentga impichment e’lon qilishmoqchi

    16 fevral, 22:35

    Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi 

    17 fevral, 17:15

    Shaxsiy maʼlumotlarimiz ishonchli qo‘llardami? Mutaxassislar bilan suhbat

    19 fevral, 09:02

    Surxondaryoda 43 sotix yerni 187 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    18 fevral, 22:05

    Jurnalist Ruxsora G‘afurova sudga chaqirildi. O‘zgalar pulini o‘zlashtirishda gumon qilinayotgan sobiq bank xodimi uning ustidan shikoyat qilgan

    19 fevral, 08:14

    Uzinfocom yangi firibgarlik usuli haqida ogohlantirdi

    19 fevral, 16:15

    Markaziy bank fuqarolarga tegishli bank kartalari haqida yuborilayotgan SMS xabarlar bo‘yicha tushuntirish berdi

    19 fevral, 20:05

    AQSH Ukraina fuqarolaridan migratsiya arizalarini qabul qilishni to‘xtatdi — CBS News

    19 fevral, 21:00

    O‘zbekistonda o‘ziga kredit ajratilishini taqiqlash ko‘zda tutilgan qonun ma’qullandi 

    20 fevral, 14:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.