• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Donald Tramp o‘zining kumiri sifatida tilga olayotgan Uilyam MakKinlini aslida kim bo‘lgan?

    Oq uydagi ikkinchi prezidentlik muddatida Donald Tramp o'zining kumiri sifatida 19-asr oxirida yashagan Amerika prezidenti Uilyam MakKinlini tanladi.

    MakKinli lavozimda o‘tirganida o‘ldirilgan to‘rt nafar AQSH prezidentidan biri. Tramp uni “yetarlicha qadrlanmagan” Amerika yetakchisi deb atadi.

    Xo‘sh, Uilyam MakKinli aslida kim bo‘lgan va prezident sifatida qanday siyosat yuritgan? Nima sababdan Tramp uni o‘ziga kumir sifatida ko‘rmoqda? Quyida ana shu savollarga javob berishga harakat qilingan.

    Uilyam MakKinli 

    AQSHning 25-prezidenti, 1897—1901-yillarda mamlakatni boshqargan. Ikkinchi muddatga saylanganidan ko'p o'tmay, u anarxist Leon Cholgosh tomonidan otib o'ldirilgan.

    MakKinli "Amerikaning buyuk prezidentlari" guruhiga kiritilmagan. Tarixchilar o'tkazgan so'rovlarda u odatda 40 dan ortiq prezidentlar orasida 20-o'rinni ham egallamagan. Uning hukmronlik davri uzoq vaqt "o'rtacha" deb hisoblangan. Shunday bo‘lsa-da, oxirgi 10 yil ichida AQSHda 25-prezident Uilyam MakKinli haqida bir qancha kitoblar nashr etilgan. 

    AQSHning 25-prezidenti Uilyam MakKinli
    Foto: Getty Images

    Amerika Qo'shma Shtatlarining 25-prezidentini "o'rtamiyona" deb atash noto‘g‘ri bo‘ladi. Shunchaki u o‘zidan keyin prezident bo‘lgan Teodor Ruzveltni soyasida qolib ketgan deyish mumkin.

    MakKinli fuqarolar urushidan omon qolgan besh nafar amerikalik liderning oxirgisi edi. U Qo'shma Shtatlarni rasman oltin standartga o‘tkazgan va Panama orqali yuk tashish kanalini qurish g'oyasini qo'llab-quvvatlagan. Ammo Tramp uni birinchi navbatda proteksionizm va imperializm uchun maqtayapti.

    MakKinli qanday tariflarni joriy qilgan?

    MakKinli prezident etib saylanishidan oldin kongressmen bo'lib, import qilinadigan tovarlarga yuqori tariflar uchun shunchalik qattiq kurashganki, 1890-yilda qabul qilingan qonun uning nomi bilan ataladigan bo‘ldi. Bu qonun import soliqlarini 38 foizdan 49,5 foizgacha oshirdi.

    Tanqidchilar bu faqat yirik korxonalarga foyda keltirgani, boshqalar uchun esa narxlarning oshishiga sabab bo‘lganini aytishadi. Norozilik kuchayib borib, respublikachilar Kongressdagi ko‘pchilik o‘rinni demokratlarga boy berishadi, ikki yildan so‘ng esa prezidentlikka ham demokratlar vakili o‘tiradi.

    Biroq, bu MakKinlining karyerasiga umuman zarar keltirmadi. 1891-yilda u o'zi tug‘ilib o‘sgan Ogayo shtati gubernatori bo‘ldi. 1897-yilda esa AQSh prezidentligiga saylandi. U demokratlar ilgari pasaytirgan import bojlarini yana oshirdi, lekin prezidentligining oxirlarida (ichki bozor to‘yinganligi sababli) mamlakatlar o‘rtasida tariflarni o‘zaro pasaytirish tarafdori bo‘la boshladi.

    1901-yilda o'limidan oldingi so'nggi nutqida MakKinli "biz qayerda imkon bo'lsa, o‘sha yerda sotishimiz kerak va ishlab chiqarishimizni oshiradigan barcha narsalarni sotib olishimiz zarur" deb e'lon qildi. Va u "savdo urushlari foydasiz" ekanligini qo'shimcha qildi.

    Lekin muhimi, MakKinli tariflardan hafsalasi pir bo'lganida emas, balki ular o'z davrida iqtisodiyotga unchalik katta ta'sir ko'rsatmaganida. Amerikaning import tariflari 19-asr davomida yuqori bo'lgan. 1890-yillar davomida, ular respublikachilar tomonidan ko'tarilgan va demokratlar tomonidan tushirilganda, tariflar o'zgarib turgan.

    Ular YIMning 1 foizini tashkil etib, davlat xarajatlarini moliyalashtirishga yordam berdi, ammo AQSh farovonligining asosi bo'lmadi. Temir yo'llar va portlarning keng ko'lamli qurilishi, shuningdek, ommaviy immigratsiya iqtisodiyotga ancha katta turtki berdi.

    MakKinli qanday qilib hududlarni bosib oldi?

    "Nyu-York Tayms"ning yozishicha, MakKinli davrida Qo'shma Shtatlar "katta hududlarni egallab olgan". U AQSH hududini kengaytirgan oxirgi prezident bo'lgan.

    Gap 110 kun davom etgan Ispaniya-Amerika urushidan keyin AQSh mustamlakasiga aylangan Filippin, Guam va Puerto-Riko haqida bormoqda. Tinchlik shartnomasi shartlariga ko'ra, Ispaniya ham Kuba ustidan nazoratdan voz kechdi. Bundan tashqari, Qo'shma Shtatlar Ispaniya bilan mojarodan o'sha paytgacha rasman mustaqil bo'lib kelgan Gavayini qo'shib olish uchun bahona sifatida foydalangan. Anneksiya tarafdorlari Gavayi Amerika iqtisodiyoti uchun hayotiy ahamiyatga ega ekanligini va agar Qo'shma Shtatlar bu ishni qilmaganida, boshqa davlatlar uni o‘z tarkibiga qo‘shib olishini ta'kidlaydilar.

    MakKinli memoriali veb-saytida aytilishicha, "bu yerlarning anneksiya qilinishi bilan Qo'shma Shtatlar jahon darajasidagi katta davlatga aylandi". Kelajakdagi Davlat kotibi va Panama kanali zonasini Qo'shma Shtatlarga o'tkazish bo'yicha kelishuv tashkilotchisi Jon Hey Ispaniya bilan mojaroni "ajoyib kichik urush" deb atadi. Shu bilan birga, Qo'shma Shtatlar unda 2 ming askarini va Filippin bilan keyingi urushda esa  4 mingga yaqin askarini yo'qotdi.

    MakKinlining o‘ldirilishi aks etgan surat
    Foto: Getty Images

    Filippin 40 yildan kamroq vaqt davomida AQSh nazorati ostida qoldi: Yaponiya 1941-yilda orolni bosib oldi. 1946-yilda esa Filippin mustaqillikka erishdi. Amerikaliklar Kubani 1959-yilgacha, Fidel Kastro Amerika tomonidan qo‘llab-quvvatlangan diktator Fulxensio Batistani ag‘darguniga qadar nazorat qilishdi. Gavayi, Puerto-Riko va Guam ustidan nazorat hozirgacha ham AQSHda saqlanib qolgan.

    MakKinli va Tramp siyosatidagi o‘xshashliklar

    Tramp MakKinlining proteksionizmi va imperializmiga urg'u beradi, chunki ular o'zining siyosiy maqsadlariga mos keladi. U Meksika va Kanadadan import qilinadigan tovarlar uchun 25 foiz, Xitoy tovarlari uchun 60 foiz va qolgan barcha narsalar uchun 20 foiz miqdorida yig'imlarni va'da qilib, tariflarni iqtisodiy kun tartibining markaziy qismiga aylantirdi.

    "Agar siz o‘z vataningizdagi soliqlardan qochmoqchi bo'lsangiz, Amerikaga kelib, zavodlar quring", dedi Tramp.

    Shu bilan birga, jurnalistlar va ekspertlar bojlarni AQShga o'z tovarlarini sotadigan davlatlar emas, balki o'z xarajatlarini amerikalik iste'molchilarga o'tkazishi mumkin bo'lgan Amerika import kompaniyalari to'lashi haqida ogohlantirmoqda.

    Trampning kun tartibidagi yana bir muhim masala uning AQShni “o‘sib borayotgan davlat” maqomiga qaytarish haqidagi va’dasidir. Uning ta'kidlashicha, amerikaliklar Grenlandiya va Panama kanalini nazorat qilishlari kerak. Tramp bunga erishish uchun kuch ishlatishni istisno qilmayapti. Garchi Daniya va Panama Qo'shma Shtatlarning harbiy va savdo hamkorlari hisoblansa ham.

    Tramp bu tahdidlarga amal qilishga tayyormi yoki yo‘qligini aytish qiyin, biroq har qanday holatda ham “uning Amerikani davolashga qaratilgan retsepti mamlakatning jismoniy mavjudligini kengaytirishni o‘z ichiga oladi”, deb yozadi The New York Times Oq uy muxbiri Devid Sanger. 

    "Tabiiyki, buni amalga oshira olgan prezident qahramonga aylanadi", deya qo‘shimcha qildi u.

    Tramp o‘zini MakKinli bilan solishtirib, Amerikaning “oltin davri”ni qaytarishga vaʼda bermoqda. Ba'zilar ikkalasi o'rtasida boshqa o'xshashliklar ham borligini ta’kidlaydilar.

    Trampning yonida uni ikkinchi muddatga saylanishiga yordam bergan Ilon Mask bor. MakKinlida esa Ogayo shtatining boy tadbirkori Mark Hanna bor edi. U MakKinlini bankrotlikdan qutqarib, saylov kampaniyalari uchun mablag' to'plashga yordam bergan.

    Mark Hannaning mashhur iborasi shunday edi: “Siyosatda ikki narsa muhim. Birinchisi - pul. Ikkinchisi nima ekanligini eslay olmayman".

    30 yanvar, 18:35   Izoh (0)   3970
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #aqsh#tramp#makkinli

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSH va Meksika chegarasida otishma yuz berdi

    28 yanvar, 10:46

    “Qonga bo‘yalgan kecha”. Xitoycha ChatGPT sabab AQSH fond bozori 1 trln dollar yo‘qotdi

    28 yanvar, 11:10

    Tramp Isroildagi kabi “Temir gumbaz” yaratishni buyurdi

    28 yanvar, 14:33

    Selena Gomes AQSHda noqonuniy migrantlar ommaviy deportatsiya qilinayotgani haqida gapirayotib yig‘lab yubordi (video)

    28 yanvar, 15:14

    Trampning mis va alyuminiy uchun joriy qilmoqchi bo‘lgan bojlari oddiy amerikaliklarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi — Reuters

    28 yanvar, 18:25

    Google xaritalarda Meksika ko‘rfazi nomini Amerika ko‘rfaziga o‘zgartiradi 

    28 yanvar, 21:05

    Fransiya Grenlandiyaga qo‘shin yuborishi mumkin

    29 yanvar, 10:48

    Eron isroilliklarni Grenlandiyaga ko‘chirishni taklif qildi

    29 yanvar, 12:30

    Tramp bolalarning jinsini o‘zgartirish operatsiyasini taqiqladi 

    29 yanvar, 15:45

    AQSH 970 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qiladi

    29 yanvar, 16:00

    O‘zbekistonda dollar kursi pastladi

    29 yanvar, 16:10

    “AQSHda tuxum narxi oshib ketganiga Bayden ma’muriyati aybdor” — Tramp matbuot kotibi

    29 yanvar, 17:00

    “Isroilning tanlangan xalqi”. Mormonlar AQSH siyosatiga qanchalik taʼsir o‘tkazishga qodir?

    29 yanvar, 18:15

    AQSH Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini tark etadi 

    29 yanvar, 17:30

    O‘zbekistonning uchta viloyatida qo‘shni davlatlardan olib kelingan qariyb 8 kg narkotik moddalar savdosiga chek qo‘yildi

    29 yanvar, 18:00

    Ronaldinyo, Kaka va Andrey Shevchenko. “Oltin to‘p” sohiblari faoliyati qanday yakunlangan?

    29 yanvar, 23:33

    Rossiya yaqin 10 yil ichida Belarusni anneksiya qiladi — ISW

    29 yanvar, 19:16

    Isroilning Sharqiy Quddusdagi UNRWA’ni yopish qarorini qo‘llab-quvvatlaymiz — AQSH 

    29 yanvar, 20:10

    Jizzaxda 30 sotix yerni 705 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    29 yanvar, 22:23

    Xavfli retsidivist bilan suhbat: ikkita qotillik va o‘g‘irlangan 105 ming dollar (video)

    29 yanvar, 21:17

    Axios: Isroil Ukrainaga berish uchun AQSHga 90 ta Patriot raketasini yubordi 

    29 yanvar, 20:40

    Vashingtonda vertolyot va yo‘lovchi samolyoti havoda to‘qnashdi (video)

    30 yanvar, 08:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda poyezd ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan ikki bolani tok urdi

    O‘zbekiston | 16 may, 00:05

    Orol dengizi tubida yuqori darajadagi sho‘rlanishga chidamli o‘simlik sinovdan o‘tkazildi

    O‘zbekiston | 15 may, 23:50

    “Qatar AQSHdan 42 mlrd dollarlik qurol-yarog‘ va texnika xarid qiladi” — Tramp

    Dunyo | 15 may, 23:40

    Olimlar uzoq uyquning kutilmagan zararini aniqladi

    Dunyo | 15 may, 23:20

    Munosib qarshilik, o‘yinda burilish va “pley-off” bosqichiga yo‘l: “Navbahor” va “FarDU” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 15 may, 23:15

    Farg‘onada 213 mln so‘mlik byudjetdan ajratilgan subsidiya talon-toroj qilindi

    O‘zbekiston | 15 may, 23:05

    “Daryo” dayjesti: 15-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 15 may, 22:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.