• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ijtimoiy karta, kambag‘al oilalar va nogironligi borlar sharoitini yaxshilash: prezident ijtimoiy himoya bo‘yicha qanday tashabbuslarni ilgari surdi?

    Shavkat Mirziyoyev raisligida 13-dekabr kuni ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda prezident ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirishga doir yangi tashabbuslar bildirildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Nogironligi borlar uchun qulay sharoit

    Viloyat hokimlari bu yil bittadan namunaviy ko‘cha qilib, nogironligi borlar uchun qulay sharoit yaratishi kerak edi. Andijon, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatida bu boradagi ishlar boshlangan, qolgan viloyatlar loyiha ham qilmagani, mablag‘ ham bermagan. Mutasaddilarga bu ishlarni ikki oyda yakunlab, kelgusi yil har bir tumanda yana bittadan ko‘chada qilish vazifasi qo‘yildi. Bosh prokuror o‘rinbosari Isroil Adhamovga bu borada o‘zgarish qilmaganlarga qatʼiy chora ko‘rish topshirildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Kambag‘al oila farzandlar taʼlimi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar

    Prezident kelgusi yilda 1 million 200 ming aholini kambag‘allikdan chiqarish uchun taʼlim, to‘garak, kasb-hunar, tibbiyot masalalarini hal qilish va yashash sharoitini yaxshilash zarurligini taʼkidladi. Toyloq va Kosonsoyda “Ilk rivojlanish markazlari” ochilib, kambag‘al oiladagi va nogironligi bo‘lgan 4 200 nafar bolaga bog‘cha taʼlimi berildi. Viloyat hokimlariga o‘zidagi har bir tumanda bittadan shunday tajribani tashkil qilish topshirildi.

    Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovaga 2025 yilda kambag‘allik yuqori 1 mingta mahallada bittadan oilaviy bog‘cha faoliyatini yo‘lga qo‘yish topshirildi. Yangi yildan oilaviy bog‘cha o‘rinlarini 15 foiziga kambag‘al oila farzandlari qabul qilinadi va bog‘cha to‘lovi qisman qoplab beriladi.

    Kambag‘al oila farzandlarini chet tili, IT va kasb-hunarga o‘qitish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi. Mutasaddilarga 1 martgacha to‘garaklar ochib, kambag‘al oiladagi 118 ming yoshlarni o‘qitishni boshlash topshirildi. To‘garak xarajati 80 foizgacha byudjetdan qoplanadi.

    Kambag‘al oilalar farzandlarini tayyorlab, 2025-yilda 3,5 ming yoshlarni oliygohga grant asosida qabul qilish zarurligi qayd etildi. Oliygoh rektorlari ham kambag‘al oiladan jami 4 ming nafar yoshlarni o‘qitishga bosh-qosh bo‘ladi. Vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipovga bu borada tegishli topshiriqlar berildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Kambag‘al oilalarga tibbiy yordam va uy-joy sharoitini yaxshilash

    Kambag‘al oiladagi 460 ming odam tibbiy yordamga, 6 mingta oila esa uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj. Shu bois 2025 yilda muhtoj odamlarning jarrohlik amaliyoti uchun Tibbiy sug‘urta jamg‘armasiga qo‘shimcha 185 milliard so‘m ajratiladi. “Ijtimoiy daftarlar” mablag‘i faqat kambag‘al oilalarni yashash sharoitini yaxshilash, tibbiyot, taʼlim xizmatlarini ko‘rsatish va daromadini oshirish uchun sarflanadi. Adolat bo‘lishi uchun, endilikda bu mablag‘lar tumandagi kambag‘allar soniga qarab taqsimlanadi.

    Ijtimoiy daftarlar mablag‘ining 30 foizini tuman hokimlariga “Inson” markazlari bilan mahalladagi uy-joy, yo‘l, suv va elektrni yaxshilash uchun ishlatishga ruxsat beriladi.

    Ehtiyojmand aholini bitta ijtimoiy uy-joyga joylashtirishdan voz kechiladi. Ularga o‘zini mahallasiga yaqin joydagi uyni ijaraga olishga ruxsat beriladi, xarajati qoplab beriladi. Ijtimoiy himoya agentligi direktori Mansurbek Olloyorovga bu borada tegishli topshiriqlar berildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ijtimoiy karta

    Hozirgi kunda 65 turdagi ijtimoiy xizmat va yordam olish uchun fuqarolar tug‘ilganlik, nogironlik to‘g‘risida, pensiya, talabalik guvohnomasi, bank kartasi kabi 10 dan ortiq hujjatni ko‘tarib yurishga majbur. Prezident bunday ovoragarchilikka chek qo‘yish vaqti kelganini taʼkidlab, barcha hujjatlarni o‘rnini bosadigan bitta — ijtimoiy karta joriy etilishini eʼlon qildi.

    Ijtimoiy karta bilan avtobus va metroda bepul yurish, elektr, gaz va o‘qish xarajatiga kompensatsiya olish mumkin bo‘ladi, nafaqa va yordam pullari ham shu kartaga tushadi. Bu tizim 1-iyulgacha Toshkent shahri va Yangiyo‘l tumanida sinovdan o‘tkaziladi, yil yakunigacha hamma joyda ishga tushiriladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Kambag‘al oilalarning o‘zi harakatlana olmaydigan aʼzolariga uyida qarab turish xizmati

    Kambag‘al oilalardagi o‘zi harakatlana olmaydigan 23 ming odamga ota-onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, aka-ukasi yoki opa-singlisi qarab o‘tiribdi. Kelgusi yildan mahalladagi ijtimoiy xodimlar va xususiy sektor ishtirokida bu odamlarni 19 mingiga uyida va 4 mingiga kunduzgi qatnov asosida qarab turish yo‘lga qo‘yiladi. Natijada yaqiniga qarab turgan 15 ming aholining ishlashiga sharoit yaratiladi.

    Xususiy sektor bunday xizmatni ko‘rsatgan kambag‘al oilalar xarajatining 80 foizini davlat qoplab beradi. Bu tajriba Toshkent shahrida kelgusi yil 1-martgacha, boshqa hududlarda 2025-yil yakunigacha yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Nogironligi borlar reabilitatsiyasi

    Har bir viloyat, tuman shifoxonasida reabilitatsiya xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi. 12 ta nogironlik reabilitatsiya markazida ergoterapiya, fizioterapiya, davolash-gimnastika xizmatlari qamrovi 5 karra oshiriladi. 7 ta tibbiyot oliygohida reabilitatsiya kafedralari ochiladi, professor-o‘qituvchilar Koreya tajribasi asosida qayta o‘qitiladi. Respublika reabilitatsiya markaziga Koreya va Yaponiyadan ekspertlar olib kelinib, mahalliy mutaxassislar malakasi oshiriladi.

    Mahalladagi ijtimoiy xodimlar nogironligi bor uyga uy sharoitida qilinadigan mashqlar dasturi va sog‘lom ovqatlanish menyusini eslatma qilib tarqatishi belgilandi. Reabilitatsiya ishlarining samarasi nogironligi borlarni harakati, muloqoti, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishidagi o‘zgarishlarga qarab baholanadi, buning uchun shifokorlarga ustama beriladi. Qashqadaryo viloyati hokimiga reabilitatsiya bo‘yicha tajriba yaratish topshirildi.

    Nogironligi borlarga beriladigan protez va reabilitatsiya vositalari ro‘yxatiga yana 7 turdagi vositalar qo‘shilishi belgilandi. Ijtimoiy xizmat agentligiga viloyat hokimlari bilan birgalikda 2025-yilda 80 ming muhtoj odamga zarur protez vositalarini yetkazib berish topshirildi.

    Nogironligi borlar bandligini taʼminlash

    1-yanvardan nogironligi bo‘lgan ishchilar uchun ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilanadi. Korxonalarga surdo tarjimon, psixolog va ko‘zi ojizlar uchun hamrohlik xizmati xarajati uchun 50 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi. Bunday odamlarni ishga joylagan xususiy bandlik kompaniyalariga 500 million so‘mgacha grant beriladi. Bunda, ushbu kompaniyalar ishlash istagi bor odamlarni aniqlab, ularni o‘qitadi, korxona talabiga moslashtiradi, ish davrini dastlabki 6 oyida hamrohlik qiladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Nogironligi bor bolani taʼlimga jalb qilish

    Ijtimoiy himoya agentligi, MMTV, viloyat hokimlariga 1-fevralgacha har bir tumanda bittadan bog‘chada inklyuziv taʼlim guruhini ochish topshirildi. 1-sentyabrgacha 954 ta maktabda inklyuziv sinf tashkil qilinib, yana 1 800 nafar nogironligi bor bola taʼlim olishi uchun sharoit yaratiladi. Ijtimoiy himoya agentligiga harakati cheklangan bolalarga maktabga kelib-ketish xarajatini 75 foizini qoplash tizimini joriy qilish topshirildi.

    Shuningdek, mental va jismoniy nuqsoni bor bolalarni o‘qitadigan 90 ta maxsus maktabni ko‘p funksiyali maktabga aylantirish kerakligi aytildi. Bu orqali nogironligi bor 2 ming bola ota-onasi bilan yashab, yaqin hududdagi maktabda o‘qish imkoniga ega bo‘ladi. Yangi o‘quv yilidan Toshkent shahrida bitta shunday maktab faoliyati yo‘lga qo‘yilib, namuna qilinadi.

    Qoraqalpog‘iston, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida nogironligi bor 2 ming bolani kunduzgi parvarishlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu tizim 1-oktyabrgacha qolgan viloyatlarda ham joriy qilinadi.

    Mutasaddilar oldiga kelgusi yilda 15 ming nogironligi bor bolani taʼlimga jalb qilish vazifasi qo‘yildi.

    Ota-onasiz qolgan bolalarni oilaviy muhitga qaytarish

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Masʼul idoralarga Milliy gvardiya tajribasi asosida 500 nafar bolani oilaviy bolalar uyiga joylashtirish va taʼlim olishi uchun sharoit yaratish topshirildi.

    Nazoratsiz va qarovsiz bolalar yashashi, o‘qishiga ixtisoslashgan maktablar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi, ularda bunday bolalar uchun 5 foiz kvota bo‘ladi. Bunda ushbu maktablarga bolalarni Ijtimoiy himoya agentligi yo‘llanmasi asosida yuborish ko‘zda tutiladi.

    Umuman, nogironligi bor hamda ota-ona mehridan bebahra qolgan bolalarning sifatli taʼlim-tarbiya olishi va oilaviy muhitga qaytishini tashkil qilish masalalarini muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.

    Yig‘ilishda dunyoning eng ruhlantiruvchi “Top-100” ayoli ro‘yxatiga kirgan denovlik Dilorom Yo‘ldoshevaga prezident farmoniga muvofiq “Mardlik” ordeni tantanali topshirildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bu ayol nogironligi bor bo‘lsa-da, tikuv korxonasini ochib, 40 nafar kambag‘al xotin-qizlarni ishli qilgan.

    13.12.2024, 20:10   Izoh (0)   14215
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Shavkat Mirziyoyev#ijtimoiy himoya

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda Germaniya bilan hamkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari haqida gapirdi

    17.09.2024, 13:25

    “O‘qituvchi huquqiy, ijtimoiy va moliyaviy tomondan himoya qilingan va yetarli ta’minlangan bo‘lishi kerak” — Shavkat Mirziyoyev

    30.09.2024, 13:54

    “Daryo” dayjesti: 30-sentyabrning eng muhim xabarlari

    30.09.2024, 22:45

    O‘zbekistonda oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlanganlar aholining ehtiyojmand toifasiga kiritilmoqda 

    02.10.2024, 10:15

    18-oktyabrning eng muhim xabarlari: Surxondaryoda gaz quvuriga urilgan avtomashina, qurilishi to‘xtatilgan Samarqanddagi talabalar yotoqxonasi, Qashqadaryoda sud r...

    18.10.2024, 22:40

    Oshgan dollar kursi, savol ostidagi YouTube, Senatdagi “davlat sirlari” va uyidan ayrilgan “Dok-1 Maks” aybdori. 23-oktyabrning eng muhim xabarlari 

    24.10.2024, 00:58

    O‘zbekistonda farzandlarni oilaning kambag‘alligi tufayli Mehribonlik va Bolalar uylariga joylashtirish amaliyoti bekor qilinadi

    05.11.2024, 18:03

    Shavkat Mirziyoyev Bokudagi iqlim konferensiyasida qanday muammolarga to‘xtaladi? Sherzod Asadov javob berdi 

    12.11.2024, 15:33

    Adaptiv sport turlarini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi 

    14.11.2024, 20:30

    Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi qonun, Toshkentda ro‘y bergan mudhish qotillik ishi, prezident maslahatchisining talabalar bilan uchrashuvi: 15-noyabrning...

    15.11.2024, 23:00

    O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish uchun byudjetdan 500 mlrd so‘m yo‘naltiriladi

    19.11.2024, 15:25

    Xorazmga 2025-yili 1,5 mlrd dollar investitsiya jalb etilishi rejalashtirilmoqda

    22.11.2024, 20:29

    O‘zbekistonda oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga nuroniylar jalb etiladi

    27.11.2024, 14:39

    Deputatlar 9 daqiqada maʼqullagan xarajatlar oshirilishi loyihasi, Toshkent viloyatidagi korxonada sodir bo‘lgan portlash, talabalar uchun belgilangan taʼtil mudda...

    05.12.2024, 22:50

    Yangi elektropoyezdda Hojikentga borgan prezident, afv etilgan 483 kishi, Toshkent—Samarqand o‘rtasida qo‘shimcha yo‘lga qo‘yiladigan “Afrosiyob”: 6-dekabrning eng...

    06.12.2024, 23:05

    Prezident “G‘elon” turistik zonasini tashkil etish bo‘yicha qarorni imzoladi

    07.12.2024, 13:00

    Navoiyga 2025-yili tarmoq korxonalaridan tashqari 2 mlrd dollar investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda

    07.12.2024, 15:16

    Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini talab yuqori kasblarga o‘qitish va daromadli ish bilan taʼminlash chora-tadbirlari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazil...

    07.12.2024, 20:28

    “Halol mehnatingiz va shijoatingiz uchun katta rahmat” — Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

    08.12.2024, 12:55

    O‘zbekiston JST bo‘yicha Pokiston va Tailand bilan muzokaralarni yakunladi

    10.12.2024, 10:55

    Toshkent viloyatiga 2025-yili 5 mlrd dollar investitsiya jalb etilishi rejalashtirilmoqda

    10.12.2024, 16:43

    Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov lavozimini tark etishi kutilmoqda

    11.12.2024, 12:42

    Timur Ishmetov Markaziy bank raisi etib tayinlanadi

    11.12.2024, 14:50

    O‘zbekistonda zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarni mol-mulk va yer solig‘idan ozod etish rejalashtirilmoqda

    11.12.2024, 14:37

    Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi

    11.12.2024, 18:34

    “Har bir yosh toifasidagi inson bog‘da o‘z joyini topa olsin” – prezident qurilish va obodonlashtirish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi

    11.12.2024, 19:44

    Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Nimalar muhokama qilindi?

    11.12.2024, 20:00

    BMTda O‘zbekiston prezidentining tashabbusiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi brifing bo‘lib o‘tdi

    11.12.2024, 21:15

    Markaziy bank raisi etib tayinlangan Ishmetov, poytaxt bo‘ylab o‘rnatiladigan bayram archalari, Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilgan qonun loyihalari: 11-dekabr...

    11.12.2024, 22:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50

    “Yuventus” “Chelsi”ning Kenan Yildiz bo‘yicha taklifini rad etdi

    Sport | 25 iyul, 20:35

    O‘zbekiston yerlarining yarmidan ko‘p qismi qishloq xo‘jaligiga tegishli — Kadastr agentligi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 20:30

    TASS agentligi rahbar o‘rinbosari Ozarbayjonga tashrifidan so‘ng lavozimidan ozod etildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.