• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    BMTda O‘zbekiston prezidentining tashabbusiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi brifing bo‘lib o‘tdi

    BMTning Nyu Yorkdagi bosh qarorgohida 10-dekabr kuni qurolli mojaroli hududlardan qaytarilgan shaxslarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari bo‘yicha Mintaqaviy ekspertlar kengashining faoliyatiga bag‘ishlangan yuqori darajali brifing tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

    Foto: O‘zA

    Tadbir SMTI va O‘zbekistonning BMTdagi Doimiy vakolatxonasi tomonidan BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi va BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi ko‘magida o‘tkazildi.

    Brifingda Osiyo, Afrika, Yevropa, Shimoliy va Lotin Amerikasining 50 dan ortiq davlati, shuningdek, 10 ga yaqin xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etdi.

    Reabilitatsiya va reintegratsiya masalalari bo‘yicha mintaqaviy ekspert kengashi 2024-yilda O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi shafeligida tashkil etilgan. Kengash Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari ekspertlari va mutaxassislarini birlashtirdi. Uning platformasida reintegratsiya qilingan shaxslarning normal va to‘laqonli hayotga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvini taʼminlaydigan bilimlar, usullar va dasturlar jamlanadi.

    Xalqaro majburiyatlarni bajarish doirasida O‘zbekiston birinchilardan bo‘lib o‘z fuqarolarini qurolli mojaroli hududlardan repatriatsiya qildi. 2019-yildan beri 530 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari, asosan ayollar va bolalar, Vatanga qaytarildi. Ularga tibbiy, ijtimoiy va ruhiy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, kasb-hunarga o‘qitish va ishga joylashtirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqildi.

    Muhokamalar davomida BMT Bosh kotibining Yaqin Sharq va Osiyo—Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha yordamchisi Xaled Xiari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlashga qo‘shgan hissasi va ushbu masalada olib borayotgan siyosati qatʼiyligi uchun minnatdorchilik bildirdi. Shu asnoda Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan Mintaqaviy ekspertlar kengashi alohida qayd etildi.

    Kengashning ahamiyati haqida so‘z yuritar ekan, BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkov “Tashkilot TQKB SMTI bilan birgalikda Mintaqaviy ekspertlar kengashi kotibiyati vazifasini bajarayotganidan faxrlanadi”, deya taʼkidladi.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi muhokamalar Mintaqaviy ekspertlar kengashi xalqaro saʼy-harakatlarni safarbar qilish markazi bo‘lib, qaytarilayotgan shaxslarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish sohasidagi ilg‘or amaliyot va uslublarga namuna bo‘la olishini tasdiqlaydi.

    Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha Mintaqaviy markazi rahbari Kaha Imnadze taʼkidlaganidek, Markaziy Osiyo mamlakatlari tajribasi boshqa davlatlar uchun namuna bo‘la oladi. 

    “Mintaqaviy ekspertlar kengashi dunyoning boshqa qismlarida ham takrorlanishi mumkin bo‘lgan noyob tashabbusdir. Men Markaziy Osiyodagi hamkorlarimiz, BMT va mintaqaviy tashkilotlarni eng yaxshi yechimlarni topish uchun ushbu platformadan foydalanishda davom etishga chaqiraman”,  deya qo‘shimcha qildi u.

    Rossiya va AQSHning BMTdagi elchilari ham Kengash faoliyatini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Markaziy Osiyo davlatlari o‘z fuqarolarini mojaroli hududlardan qaytarish bo‘yicha sezilarli saʼy-harakatlarni amalga oshirgani siyosiy iroda va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarga sodiqlik namunasi ekanligi taʼkidlandi.

    Ishtirokchilar O‘zbekistonning qaytarilgan shaxslarni reintegratsiya qilish bo‘yicha saʼy-harakatlarida mahalliy jamoalarning (mahallalar) rolini yuqori baholadi.

    BMT Bosh kotibi yordamchisi Xaled Xiarining fikricha, o‘zbek modelining o‘ziga xosligi shundaki, reintegratsiya bo‘yicha barcha ishlar “pastdan yuqoriga” olib boriladi, qaytarilgan shaxslarning ehtiyojlari hisobga olinadi. Shu bilan birga, mahalliy hamjamiyat ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda asosiy bo‘g‘inga aylandi.

    So‘zga chiqqanlar, shuningdek, repatriatsiya bo‘yicha o‘zbek modeli inson huquqlari va bolalarni himoya qilish masalalariga yo‘naltirilganligini taʼkidladilar.

    BMTning sobiq maxsus maʼruzachisi Fionnuala Ni Aolayn so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston boshidanoq qaytarilgan bolalarga “himoya ostidagi, jamiyatga qaytariladigan millat bolalari” deb munosabatda bo‘lgan pozitsiyani egallagan.  Uning so‘zlariga ko‘ra, bu muvaffaqiyat kaliti bo‘ldi.

    YUNISEFning qurolli nizolarda bolalarni himoya qilish bo‘yicha mutaxassisi Ketrin Kokko ham xuddi shunday fikrni bildirdi. Ekspertning fikricha, bolalarning repatriatsiyasi O‘zbekistonning bola huquqlariga sodiqligini ko‘rsatdi.

    Umuman olganda, tadbirning barcha ishtirokchilari bir ovozdan Mintaqaviy ekspertlar kengashi tashkil topganiga qisqa muddat bo‘lganiga qaramay, reabilitatsiya va reintegratsiya sohasidagi dolzarb muammolarni muhokama qilish va yechimlarni ishlab chiqish uchun asosiy platformaga aylanganini taʼkidladilar.

    Shu bilan birga, taʼkidlanganidek, “O‘zbekiston repatriatsiya dasturining o‘ziga xos xususiyati, shuningdek, uning muvaffaqiyati garovi bu jarayon doirasidagi barcha chora-tadbirlar ustidan O‘zbekiston prezidentining shaxsiy nazoratidir”.

    Tadbir davomida keyingi yil Kengashdagi raislik Qozog‘istonga o‘tishi eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan Qozog‘istonning BMTdagi diplomatik vakolatxonasi rahbari Qayrat Umarov Ostona Mintaqaviy ekspertlar kengashining navbatdagi raisi sifatida O‘zbekiston rahbari tashabbusini yanada muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun barcha saʼy-harakatlarini amalga oshirishini taʼkidladi.

    Muhokamalar yakunida ishtirokchilar Mintaqaviy ekspertlar kengashi faoliyati bilan jahon hamjamiyatini tanishtirish amaliyotini davom ettirishni zarurligini yakdillik bilan taʼkidladilar. Shu asnoda, BMTning asosiy tadbirlaridan biri — 2025-yil iyun oyida Nyu-York shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha yuqori darajadagi haftalik doirasida alohida sayd ivent o‘tkazish qayd etildi.

    11.12.2024, 21:15   Izoh (0)   4046
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #BMT

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    G7 davlatlari Afg‘onistonning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuviga yordam beradi

    26.11.2024, 23:01

    Isroil va “Hizbulloh” o‘t ochishni to‘xtatdi. Nimalarga kelishildi?

    27.11.2024, 09:00

    HAMAS ham Isroil bilan sulhga tayyorligini e’lon qildi 

    27.11.2024, 14:50

    Livanda faol harbiy harakatlar to‘xtatildi

    27.11.2024, 21:48

    Xalqaro jinoiy sud Myanma rahbarini hibsga olmoqchi 

    28.11.2024, 11:15

    O‘zbekistonda korrupsiyadan xoli hududlar yaratiladi

    28.11.2024, 13:20

    Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi 

    28.11.2024, 16:37

    “Tolibon” taqiqiga qaramay Afg‘onistonda opium ishlab chiqarish yana oshdi

    28.11.2024, 23:55

    Netanyaxu “Hizbulloh” otashkesimga rioya qilmasa, qanday chora ko‘rishini aytdi

    29.11.2024, 10:00

    O‘zbekiston Xitoy bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

    29.11.2024, 16:45

    BMT Suriyada 27 nafar tinch aholi, jumladan, bolalar halok bo‘lganini ma’lum qildi

    29.11.2024, 19:10

    Erdo‘g‘on BMTni isloh qilishga chaqirdi

    29.11.2024, 19:45

    Isroil bilan kelishuv Livanga 60 kun ichida prezident saylash majburiyatini yuklaydi — OAV 

    29.11.2024, 21:30

    Livan Isroilni “Hizbulloh” bilan sulh bitimini buzganlikda aybladi

    29.11.2024, 23:20

    Entoni Blinken Ukraina tashqi ishlar vaziri bilan qurol-yarog‘ yetkazib berish masalasini muhokama qildi

    30.11.2024, 09:55

    O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha Filippin bilan muzokaralarni yakunladi

    02.12.2024, 15:02

    Plastikdan ifloslanishga qarshi global muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi 

    02.12.2024, 18:14

    Suriya yana notinch. Mojaroning yangi fazasi boshlandimi?

    02.12.2024, 18:49

    Livan xalqaro hamjamiyatni Isroilni sulhni buzmaslikka majbur qilishga chaqirdi

    02.12.2024, 21:16

    Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ish boshladi

    03.12.2024, 17:15

    “Bu sulh, ammo urushning yakuni emas” — Netanyaxu Livan bilan mojaro haqida

    03.12.2024, 22:59

    Ukrainalik bolalarni deportatsiya qilishda Putinning samolyotlari va mablag‘laridan foydalanildi — hisobot 

    03.12.2024, 23:59

    Afg‘onistonda ayollarga akusher va hamshiralikka o‘qish taqiqlandi

    04.12.2024, 11:43

    Yevropa ittifoqi afg‘on qizlarining tibbiyot sohasida ta’lim olishiga qo‘yilgan taqiqni qat’iy qoraladi

    04.12.2024, 19:05

    JST yo‘lida: O‘zbekistonni oldinda qanday muammolar kutadi?

    04.12.2024, 19:55

    Eron ayollar kiyimiga oid qonunlarni kuchaytirdi

    04.12.2024, 21:00

    Bashar Asad rejimi qulash arafasida. Suriyani qanday taqdir kutmoqda? 

    06.12.2024, 15:38

    “Bir tomchi neft bir tomchi qonga arziydi!” — parda ortidagi geosiyosiy “o‘yinchi”larning Suriyadagi manfaatlari

    08.12.2024, 20:13

    Isroil yarim asr ichida ilk marta Suriya hududiga bostirib kirdi — NYT 

    09.12.2024, 15:35

    O‘zbekiston JST bo‘yicha Pokiston va Tailand bilan muzokaralarni yakunladi

    10.12.2024, 10:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    G‘azoda internetda uzilish kuzatildi

    Dunyo | 21 iyun, 21:15

    Farg‘onada tomorqasida 55 ming tupdan ortiq ko‘knori o‘stirayotgan shaxs aniqlandi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 20:45

    Sebalyos Xabi Alonso bilan kelishmovchilik tufayli “Real”dan ketishi mumkin

    Sport | 21 iyun, 20:26

    Buyuk Britaniyada o‘limga yordamlashish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ma’qullandi

    Dunyo | 21 iyun, 20:20

    O‘zbekistonda may oyida xorijiy avtomobillar narxi sezilarli darajada arzonlashdi — tahlil

    O‘zbekiston | 21 iyun, 20:00

    Turkiyada BMT falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentligining ofisi ochiladi

    Dunyo | 21 iyun, 19:25

    Sirdaryoda qalbaki 1 600 dollarni sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 18:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.