• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12939.93
    • RUB162.03
    • EUR14725.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +15°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda farzandlarni oilaning kambag‘alligi tufayli Mehribonlik va Bolalar uylariga joylashtirish amaliyoti bekor qilinadi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-noyabr kuni ijtmioiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyada oila muhitida kamol topish farzandning uzviy huquqi ekani belgilangan. YUNISЕF ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda yetim bolalarning yarmi ijtimoiy himoya xizmatlari bilan qamrab olinmagan. 

    Davlat rahbarining 23-sentyabrdagi farmoni bilan qabul qilingan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturida ijtimoiy yetimlikning oldini olish, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga individual yondashuv asosida oilaga yaqin muhitda g‘amxo‘rlik ko‘rsatish hamda tarbiyalash vazifalari ham belgilangan.

    Shunga muvofiq, bunday bolalarni tarbiyaga berish va ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

    Jumladan, bolani tarbiyaga berishda oila muhitini saqlab qolishga ustuvorlik beriladi. Bunda avvalo vasiylik, homiylik yoki farzandlikka berish qo‘llab-quvvatlanadi. Ixtisoslashtirilgan muassasaga eng so‘nggi chora sifatida joylashtiriladi.

    Farzandlarni oilaning kambag‘alligi tufayli Mehribonlik va Bolalar uylariga joylashtirish amaliyoti bekor qilinadi. Kambag‘al oila vakillari ishga joylashgan taqdirda, bolasi uch yoshga to‘lguncha bog‘cha xarajatlari uchun Ijtimoiy himoya jamg‘armasidan kompensatsiya beriladi.

    Bolalar uylarida “Onalar maskani” tashkil etilib, unda bolasidan voz kechmoqchi bo‘lgan onalar joylashtiriladi. Ularga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi, onalik ko‘nikmalari o‘rgatiladi hamda kasb egallashiga ko‘maklashiladi.

    Bu kabi xizmatlarni tashkil kilishda nodavlat tashkilotlari ham keng jalb qilinadi. 

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan bolalar tarbiyaga berilguniga qadar “Inson” markazi tomonidan oilaviy bolalar uyiga joylashtiriladi. Tarbiyaga beriladigan bolalar uchun individual rivojlanish rejasi ishlab chiqiladi. 

    Yetim bolalarni aniqlash, ularni tarbiyaga olish istagini bildirgan shaxslar ma’lumoti “Ijtimoiy himoya” axborot tizimida yuritiladi.  “Inson” markazlari bolalarning qonuniy vakili etib belgilanadi hamda huquq va manfaatlarini himoya qiladi. 

    Shuningdek, bu markazlar tarbiyaga berilgan bolalarning turmush sharoitini, yordamlarning maqsadli ishlatilishini va tarbiyaga olgan shaxslar majburiyatlarini monitoring qilib boradi. 

    Oilaviy bolalar uyini tashkil etgan fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida belgilanadi. Tutingan oilalarda tarbiyalanayotgan bolalarga umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limni tugatgunicha yashash va parvarishlash xarajatlari to‘lanadi.

    Rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqib, shu sohada yana bir hujjat – “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida” qonun ma’qullangan. Unda bu boradagi huquqiy asoslar mustahkamlanib, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi davlat organlari hamda ularning vakolatlari aniq belgilangan. Prezident ushbu qonunni imzoladi. 

    Taqdimotda nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga qaratilgan takliflar ham ko‘rib chiqildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Mamlakatda 19 ta parasport turi bilan shug‘ullanishga sharoit yaratilgan. 25 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar sport bilan shug‘ullanib kelmoqda.

    Bu boradagi imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida qator chora-tadbirlar ko‘zda tutilmoqda. Xususan, davlat sport maktablarida adaptiv sport bo‘yicha guruhlar tashkil etish, mahallalardagi maydonchalarni nogironligi bo‘lgan shaxslarga ham moslashtirish taklif etilmoqda.

    “ERP-sport” elektron tizimida nogironligi bo‘lgan shaxslarning alohida hisobini yuritish orqali ularning imkoniyatiga mos sport turlari avtomatik aniqlanadi. 

    Reabilitatsiya markazlarida jismoniy terapiya, mexanoterapiya, fizioterapiya kabi zamonaviy reabilitatsiya usullarini qo‘llash kengaytiriladi.

    Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tayyorlashga ham e’tibor kuchaytiriladi. Bu yo‘nalishda xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘lganlar hamda ularning murabbiylarini moddiy  rag‘batlantirish tizimi joriy qilinadi.

    Davlat rahbari bu boradagi qonunchilikni takomillashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga qulayliklar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    05.11.2024, 18:03   Izoh (0)   3416
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Prezident#Shavkat Mirziyoyev#ijtimoiy himoya

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Kibermakonda xavf-xatar va tahdidlar kuchayib bormoqda”. Shavkat Mirziyoyev Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro konferensiya ishtirokchila...

    04.09.2024, 10:25

    “Daryo” dayjesti: 10-sentyabrning eng muhim xabarlari 

    10.09.2024, 22:40

    O‘zbekistonda bog‘cha, maktab, tibbiyot, yo‘l, suv va elektr infratuzilmasi uchun 120 trln so‘m ajratilgani maʼlum qilindi

    11.09.2024, 16:52

    O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi

    11.09.2024, 17:23

    Prezident sportchilarning ota-onalari, oila aʼzolarini ham olqishlab, ularga ezgu tilak bildirdi

    13.09.2024, 17:47

    O‘zbekistonda islom moliyasi joriy etilsa, zamonaviy banklar “sinishi” mumkinmi?

    14.09.2024, 19:25

    Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda Germaniya bilan hamkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari haqida gapirdi

    17.09.2024, 13:25

    “O‘qituvchi huquqiy, ijtimoiy va moliyaviy tomondan himoya qilingan va yetarli ta’minlangan bo‘lishi kerak” — Shavkat Mirziyoyev

    30.09.2024, 13:54

    “Daryo” dayjesti: 30-sentyabrning eng muhim xabarlari

    30.09.2024, 22:45

    O‘zbekistonda oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlanganlar aholining ehtiyojmand toifasiga kiritilmoqda 

    02.10.2024, 10:15

    18-oktyabrning eng muhim xabarlari: Surxondaryoda gaz quvuriga urilgan avtomashina, qurilishi to‘xtatilgan Samarqanddagi talabalar yotoqxonasi, Qashqadaryoda sud r...

    18.10.2024, 22:40

    Oshgan dollar kursi, savol ostidagi YouTube, Senatdagi “davlat sirlari” va uyidan ayrilgan “Dok-1 Maks” aybdori. 23-oktyabrning eng muhim xabarlari 

    24.10.2024, 00:58

    Prezident Navoiy viloyatida yangi loyihalar qurilishi va faoliyatini boshlab berdi

    01.11.2024, 10:50

    “El-yurtimiz yangi parlament va mahalliy kengashlar a’zolaridan ko‘p narsani kutmoqda” — Shavkat Mirziyoyev

    01.11.2024, 11:30

    Alisher Navoiy bo‘yicha prezident sovg‘asi beriladigan tanlov tashkil etiladi

    01.11.2024, 15:06

    Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat narxi oshgan joylarda bozorni barqarorlashtirish chorasini ko‘rishni topshirdi

    01.11.2024, 13:13

    Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Nimalar muhokama qilindi?

    01.11.2024, 19:28

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Ahmad Narzullayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

    01.11.2024, 20:01

    Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilish, fermerni haqoratlagan Boyovut hokimi, Samarqandda o‘zini yuk mashina ostiga tashlagan erkak: 1-noyabrning eng muhim xab...

    01.11.2024, 22:40

    Navoiy davlat universiteti tashkil etiladi

    02.11.2024, 10:20

    O‘zbekiston rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilot tuzish to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shildi

    03.11.2024, 09:55

    Tadbirkorlik faoliyatini YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarima bekor qilinadi

    04.11.2024, 18:17

    WP: Oq uy va Harris qarorgohi yaqinida yangi xavfsizlik tuzilmalari o‘rnatildi

    04.11.2024, 20:10

    O‘zbekistonda 2025-yil energetika korxonalari uchun tejamkorlik va samaradorlik yili bo‘ladi 

    04.11.2024, 20:23

    Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish choralari yanada kuchaytiriladi 

    04.11.2024, 21:20

    Isitish mavsumining boshlanishi, Qashqadaryoda yoqalashgan o‘qituvchi va o‘quvchi, Namanganda ijaraga olingan mashinada avariya bo‘lgan maktab o‘quvchilari: 4-noya...

    04.11.2024, 22:54

    Zelenskiy: “Kursk viloyatida 11 ming nafar shimoliy koreyalik askar bor”

    05.11.2024, 11:06

    Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

    05.11.2024, 10:56

    “Kelajak liderlari” maxsus malaka oshirish dasturining yangi mavsumiga start berildi

    05.11.2024, 13:30

    Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar sammitida ishtirok etadi

    05.11.2024, 11:16

    Bukmekerlar Trampning saylovdagi imkoniyatlarini 61 foizga baholamoqda

    05.11.2024, 15:30

    Erdo‘g‘on Qirg‘izistonning tashqi qarzidan kechdi

    05.11.2024, 14:33

    La Liga “Barselona”—“Atletiko” o‘yinini Mayamida o‘tkazishdan bosh tortdi 

    05.11.2024, 14:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi

     

    Tavsiya etamiz

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    O‘zbekiston | 27 may, 23:05

    “Daryo” dayjesti: 27-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 may, 22:50

    Janubiy Koreyaning eng mashhur va baxtiyor 10 nafar juftligi

    Kino | 27 may, 22:20

    Yil boshidan buyon chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi – Bojxona qo‘mitasi

    O‘zbekiston | 27 may, 22:05

    Nazorat kuchaysa, mehr kamayadimi? Olimlar qattiqqo‘l onalar farzandiga qanday ta’sir qilishini aniqladi

    Ayollar sahifasi | 27 may, 21:40

    Yangiyo‘l tumani va Yangi Toshkent yaqinida yirik yuk stansiyalari barpo etilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 27 may, 21:39

    O‘zbekiston Superkubogi. “Nasaf” penaltidan urilgan gol evaziga “Andijon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 27 may, 21:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.