• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Adaptiv sport turlarini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

    Prezidentning “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar berdi.

    Foto: Husniddin Ato

    Maʼlum qilinishicha, 2024-yil 15-dekabrdan boshlab sport bilan shug‘ullanishni istagan nogironligi bo‘lgan shaxslarning murojaatiga ko‘ra, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan davlat mulkida bo‘lgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarida bepul sport bilan shug‘ullanish uchun yo‘llanma beriladi.

    Alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari va “Muruvvat” internat uylarida 2025—2026-yillarda Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan sport inshootlarini qurish, taʼmirlash va jihozlash, shuningdek, sport to‘garaklarini tashkil etish rejalashtirilgan.

    Hujjatga muvofiq quyidagilar tashkil etiladi:

    • O‘zbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasining hududiy bo‘limlari;
    • O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi huzuridagi Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash instituti negizida adaptiv jismoniy tarbiya va adaptiv sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.

    Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasining asosiy vazifalari etib adaptiv sport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish belgilandi. Shuningdek:

    • adaptiv sport turlari bo‘yicha NNTlar va davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni taʼminlash;
    • adaptiv sport turlari bo‘yicha iqtidorli sportchilarni aniqlash, saralash, tanlab olish va ularni professional sportchi sifatida tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish;
    • davlat sport-taʼlim muassasalari sport infratuzilmasi obyektlarining moddiy-texnik bazasini yaratishda ishtirok etish va konsepsiyalar hamda boshqa loyiha hujjatlarini ishlab chiqish;
    • adaptiv sport turlari bo‘yicha murabbiylar, uslubchi-yo‘riqchilar va boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va kasbiy rivojlantirishning zamonaviy va samarali tizimini joriy etish va boshqalar.

    2025-yil 1-fevraldan boshlab paralimpiya sport turlari, karlar sporti, ko‘rish qobiliyati buzilgan shaxslar sporti, maxsus olimpiada sport turlari, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar shug‘ullanadigan boshqa sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari yo‘lga qo‘yiladi. Kurslar yakunida 4 yil davomida amal qiladigan malaka sertifikati beriladi.

    Nogironligi bo‘lgan shaxslar YIDXP mobil ilovasi orqali jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini, shuningdek, adaptiv sport turlari bo‘yicha guruhlar tashkil etilgan sport maktablarini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    Prezident — adaptiv sport turlari haqida

    Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan o‘tkazgan uchrashuvida mamlakatda imkoniyati cheklangan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularga inklyuziv sharoit yaratish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirilayotganini aytgandi.

    O‘tgan yildan boshlab Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyat boshlagani qayd etilgan edi. Adaptiv sportni rivojlantirish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportning ushbu yo‘nalishiga jalb etish maqsadida Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi tashkil qilindi.

    Prezident Parij maydonlarida erishilgan tarixiy g‘alabalarda ularning ham munosib hissasi borligini qayd etib, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi hamda barcha sport federatsiyalari rahbarlari va faollariga ham samimiy minnatdorlik bildirgan.

    Prezident 5-noyabr kuni nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishgan edi. Mamlakatda 19 ta parasport turi bilan shug‘ullanishga sharoit yaratilgan. 25 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar sport bilan shug‘ullanib kelmoqda.

    Bu boradagi imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida qator chora-tadbirlar ko‘zda tutilmoqda. Xususan, davlat sport maktablarida adaptiv sport bo‘yicha guruhlar tashkil etish, mahallalardagi maydonchalarni nogironligi bo‘lgan shaxslarga ham moslashtirish taklif etilgandi.

    Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tayyorlashga ham e’tibor kuchaytirilishi aytilgan edi.

    14.11.2024, 20:30   Izoh (0)   4549
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #adaptiv

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    PowerBuds Pro: qomatni to‘g‘rilash funksiyasiga ega simsiz naushnik taqdim etildi

    15.07.2021, 18:54

    iPhone 13 dagi asosiy o‘zgarish: Apple’ning yangi smartfonlari keng sig‘imli akkumulyatorlarga ega bo‘ladi

    06.08.2021, 17:40

    iPhone 13 smartfonlari taqdim etiladigan sana rasman ma’lum bo‘ldi

    08.09.2021, 20:23

    AQSh KXDR sabab Rossiyadagi OTMga nisbatan sanksiya qo‘lladi. Institutda talabalarga “inson ongiga ta’sir ko‘rsatish” va “munajjimlik menejmenti” o‘rgatiladi

    11.12.2021, 13:54

    Haval H6 krossoverining uchinchi avlodi endi sotuvda mavjud

    03.03.2022, 15:00

    Xitoyda Roewe RX5 yonga siljitish mumkin bo‘lgan ulkan ekranga ega bo‘ldi (video)

    17.05.2022, 21:44

    UzAuto BYD bilan hamkorlikda O‘zbekiston iste’molchilarining ehtiyojlarini o‘rganishni boshladi

    23.06.2022, 18:00

    Har joyda qulay: Haval brendining eng universal krossoveri endi O‘zbekistonda

    27.10.2022, 16:30

    Qanday qilib immunitetni mustahkamlash va viruslardan himoyalanish mumkin?

    28.12.2022, 18:51

    Nima uchun qon bosimi past bo‘ladi: xavfli alomatlar va davolash usullari

    25.02.2023, 20:30

    O‘zbekistonda Kia EV6 elektr krossoverining  sotuvlari boshlangani e’lon qilindi

    28.04.2023, 19:30

    Toshkentda yangi Chery Arrizo 6 Pro modelining test-drayvi: dinamik dizayn va intellektual texnologiyalar

    09.06.2023, 15:00

    Cheksiz imkoniyatlar: har kuni foydalanish uchun yangi ROG Zephyrus M16 ni tanlash uchun 5 ta sabab

    11.08.2023, 16:30

    Samsung’ning Neo QLED 4K televizorlari: har qachongidan ham ko‘proq “Vau”

    29.09.2023, 10:30

    Chevrolet Traverse — o‘ziga xos dizayn va yuqori sifatni uyg‘unlashtirgan avtomobil!

    10.10.2023, 19:30

    O‘zbekistonda HAVAL avtomobillari sotuvlari boshlanmoqda

    14.10.2023, 19:30

    Chevrolet Tahoe — murosaga ko‘nmaydiganlar uchun o‘zbekcha transformer

    24.10.2023, 19:30

    Kia Carnival: krossoverning yo‘ltanlamas imkoniyatlariga ega miniven 

    13.11.2023, 13:30

    2023-yildagi yaxshilarda biri bo‘lgan o‘yin noutbuki. GeForce RTX 40 yuqori samaradorlikni ta’minlaydi

    14.12.2023, 16:30

    Chery Tiggo 8 Pro: Barcha yo‘nalishlarda kafolatlangan haydash xavfsizligi

    15.12.2023, 15:00

    BYD Astana Motors — O‘zbekistondagi BYD brendining rasmiy dilerlik tarmog‘i Song Plus DM-i Champion uchun shartnoma tuzishni boshladi  

    25.01.2024, 13:30

    Chevrolet’dan bahorgi chegirmalar vaqti! 70 million so‘mgacha foyda bilan xaridlar imkoniyati! 

    29.02.2024, 12:03

    Germaniyada erkak kovidga qarshi 217 marta emlandi. Olimlar uning organizmini o‘rgandi

    06.03.2024, 15:13

    Muddatli to‘lovga BYD HAN premial elektromobili 

    21.03.2024, 12:00

    2024 Beijing International Automotive Exhibition: GWM HAVAL brendiga mansub yangi avtomobillar modellari

    17.05.2024, 10:30

    Chery Tiggo 8 Pro Max besh yulduzli xavfsizlik reytingiga va ta’sirchan xususiyatlarga ega bo‘ldi

    12.06.2024, 16:36

    Nozik didlilar uchun: Asus’ning Copilot+ ga ega birinchi SI noutbuki – Vivobook S 15 nimalarni taklif qiladi

    22.07.2024, 16:30

    Prezident sportchilarning ota-onalari, oila aʼzolarini ham olqishlab, ularga ezgu tilak bildirdi

    13.09.2024, 17:47

    HAVAL H6: Xizmat sifati va hamyonbop narxi bilan avtomobil egalari qalblarini zabt etadigan krossover

    17.10.2024, 15:00

    O‘zbekistonda farzandlarni oilaning kambag‘alligi tufayli Mehribonlik va Bolalar uylariga joylashtirish amaliyoti bekor qilinadi

    05.11.2024, 18:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.