Nafaqat Turkiya, balki dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida ham haqiqiy sensatsiyaga aylangan “Muhtasham yuz yil” seriali ekranlarga chiqqaniga o‘n uch yildan oshdi. Kichkina Mehrimoh, Mehmed, Mustafo kabi obrazlarni gavdalantirgan aktyor bolalar ham ancha ulg‘ayib qoldi. Quyida Usmonlilar sulolasining ekrandagi vakillari hozir qanday ko‘rinishda va nimalar bilan band ekanligi haqida ma’lumot beramiz.
Yusuf Berkan Demirbag (19 yosh)
Yosh turk aktyori “Muhtasham yuz yil” serialidagi eng esda qolarli rollardan birini — shahzoda Mustafoni o‘ynagan. Aktyor uchun bu rol kino sanoatidagi birinchi ishi edi. U vazifani a’lo darajada bajardi va tomoshabinlarning e’tirofi va muhabbatiga sazovor bo‘ldi.
Hozirda Yusuf Berkan 19 yoshda. U deyarli ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaydi va o‘zi haqidagi yangiliklar bilan juda kam bo‘lishadi.
Tunch Oral (24 yosh)
Aktyorga shahzoda Mustafoning o‘smirlik vaqtidagi rol nasib etgan, bu vaqtda Tunch Oral 12 yoshda bo‘lgan. Suratga olish ishlari tugagach, u maktabni tugatdi va armiyada xizmat o‘tadi.
2024-yildan boshlab aktyor kasting va turli tinglovlarda faol ishtirok etmoqda. U aktyorlik kasbini tashlab qo‘ymasligini va o‘zini yangi loyihalarda sinab ko‘rmoqda. Tunch bo‘sh vaqtida ot minish mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘radi.
Aida Ajar (18 yosh)
Aida Ajar yosh Mehrimoh sulton rolini ijro etganida atigi 5 yoshar edi. Aktyorlik faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lishiga qaramay, Aida moda yo‘nalishini tanladi. Bo‘sh vaqtlarida u o‘z yaqinlari bilan vaqt o‘tkazishni afzal biladi.
Melis Mutluch (21 yosh)
Melis Mutluch “Muhtasham yuz yil”da Mehrimoh sultonning yosh qiz vaqtlarini ijro etgan. Yosh qizaloqqa loyihada ko‘proq ekran vaqti berilgan, chunki Melis avvallari ham boshqa loyihalarda o‘zini sinab ko‘rgan tajribali aktrisa bo‘lgan. Albatta, uning yorqin roli tomoshabinni befarq qoldira olmadi.
Mazkur loyiha tugagach, Mutluch aktrisalik faoliyatini davom ettirdi, jumladan, u 2013-yilda “Mening dunyom” filmida aktrisa Beren Saat (Kyosem sulton) bilan birga rol ijro etdi.
Hozirda Melis o‘n sakkiz yoshda bo‘lib, tibbiyot universitetida tahsil oladi. Ammo shu bilan birga u kinoga qaytish istagi borligini ham inkor etmaydi.
Eje Yuksel (27 yosh)
Eje Yuksel Xadicha sultonning o‘smirlik davridagi obrazini ekranda gavdalantirgan. Bundan avval u boshqa seriallarda ham suratga tushgan, lekin aynan yosh Xadicha obrazi tufayli uning karyerasi yangi bosqichga ko‘tarilgan.
2024-yilda Yuksel “Mening ajib hayotim” serialida suratga tushdi. 2022-yilda aktrisa Gollandiya fuqarosiga turmushga chiqdi. Hozirda u ikki fuqarolikka ega.
Berkedjan Akkaya (17 yosh)
Sulton Sulaymon va Xurram sultonning to‘ng‘ich o‘g‘li — Mehmet rolini ijro etgan aktyor Berkedjan Akkaya syomka paytida endigina 7 yoshni qarshi olgan edi. U yosh bo‘lishiga qaramay, o‘z vazifasini yaxshi bajara oldi.
Berkejan suratga tushish ishlaridan tashqari hozirda maktabda o‘qiydi. U sayohat qilishni va do‘stlari bilan vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘radi. U sportda ham faol bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda yutuqlarini muxlislari bilan bo‘lishadi.
Arda Anarat (25 yosh)
Anarat o‘zining debyut rolini 2013-yilda o‘ynagan. So‘ng unga Sulaymon va Xurramning o‘g‘li Mehmedning o‘smirlik davrida roli topshirilgan.
Arda bo‘sh vaqtida ochiq havoda bo‘lishni va xokkey o‘ynashni yaxshi ko‘radi. Shuningdek u musiqaga va ovqat pishirishga qiziqadi.
Yigit Ust (24 yosh)
Yigit Ust mashhur “Muhtasham yuz yil” serialida yosh Selim rolini ijro etgan. Ushbu loyihani tugatgandan so‘ng, Yigit o‘zini aktyorlik karyerasiga bag‘ishlashga qaror qilgan. Hozirda u Istanbuldagi Maltepe universitetining teatr fakultetida tahsil olmoqda.
Ziya Kerem Acharsyo‘z (18 yosh)
“Muhtasham yuz yil” serialida yosh aktyor shahzoda Selimning bolaligini tasvirlagan. Suratga olish ishlari tugallangach, uning aktyorlik faoliyatiga ham nuqta qo‘yildi. Avvaliga Ziya Kerem bir nechta reklama loyihalarida ishtirok etdi, ammo boshqa seriallarda suratga tushmadi.
O‘zgur Ege Nalji (18 yosh)
Eng mashhur serialda O‘zgur Ege yosh shahzoda Boyazid rolini ijro etdi. Suratga olish paytida aktyor atigi 6 yoshda edi. Serialdagi muvaffaqiyatdan so‘ng aktyor filmlarda rol o‘ynashni davom ettirdi. Ammo hozirda aktyor asosan modellik biznesida ishlashga ko‘proq e’tibor qaratmoqda.
Erxan Jan Kartal (26 yosh)
Aktyor “Muhtasham yuz yil” serialidagi Sulton Sulaymonning beshinchi o‘g‘li —shahzoda Boyazidning o‘smirlik davrini gavdalantirgan. Shundan so‘ng u yana uch nafar filmda ishtirok etdi, ammo iqtisodiyot yo‘nalishida ta’lim olishga qaror qildi. Erxan 18 yoshga kirgach, uylandi. U ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaydi, faqat uning model sifatida suratga tushgan arxiv fotolari muxlislarga ma’lum.
Aybars Kartal Ozson (16 yosh)
Aybars mashhur serialda Xurram va Sulaymonning kenja o‘g‘li — shahzoda Jahongir obrazini gavdalantirgan. Uning xarakteriga ekranda ko‘p vaqt ajratilmagan bo‘lsa-da, yosh aktyor tomoshabinlar e’tiborini jalb qila oldi.
Aybars uchun ushbu loyihada ishtirok etish kino sanoatidagi ilk ishi edi. Ushbu serialdan so‘ng yosh aktyor faoliyatini davom ettirdi va turli filmlar, seriallarda ishtirok etdi. Uning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini otasi boshqaradi.
Deniz Tuzun (14 yosh)
Serialda Ibrohim posho va Nigor Kalfa o‘rtasidagi taqiqlangan munosabatlardan tug‘ilgan qizaloq — Kader (Esmanur) ni dizi muxlislari juda yaxshi biladi.
Hozirda aktrisa o‘rta maktabda tahsil oladi va bo‘sh vaqtlarida qo‘shiq kuylash va raqsga tushish bilan shug‘ullanadi. Uning kelajakda kino sohasini tanlashi yoki boshqa yo‘nalishda ketishi hozircha noma’lum. Deniz bugungi kunda shunchaki bolalik davridan zavqlanib yashamoqda.
Malike Helin Chal (20 yosh)
11 yoshida mazkur serialda debyut qilgan va Xurijixon rolini ijro etgan yosh aktrisa hozirda kino sanoatidan yiroq. Dizi muxlislari aktrisani ko‘rib taniy olmasliklar aniq. Malika tashqi ko‘rinishini butunlay o‘zgartirib yuborgan. Hozirda u ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy hayoti va rejalari haqida gapirmaydi.
Kayra Aleyna Zabchi (23 yosh)
Aktrisa ilk bor Mehrimah Sultonning qizi Aisha Humoshoh rolini ijro etib, tomoshabinlar e’tiborini tortdi. Yosh qiz bir vaqtning o‘zida modellik bilan ham faol shug‘ullandi va 2013-yilda 12 yoshida “Turkiyaning eng yaxshi yosh modeli” tanlovida birinchi o‘rinni egalladi.
Hozirda aktrisa sport bilan ham faol shug‘ullanadi, xususan, u kikboksing, ot minish kabi mashg‘ulotlarida qatnashadi.
Izoh (0)