• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes

    “Alvido, Amerika”: Tramp g‘alabasidan keyin Qo‘shma Shtatlarni butunlay tark etishni rejalashtirayotgan Gollivud yulduzlari

    Donald Trampning tarafdorlari uning saylovdagi g‘alabasini ajoyib yutuq deb baholadilar. Biroq Amerika aholisining katta qismi bisnesmenning dasturi va rejalarini qo‘llab-quvvatlaganiga qaramay, ba’zi Gollivud vakillari bundan quvonmadi. Ularning ko‘pchiligi ijtimoiy tarmoqlarda o‘z noroziligini bildirdi.

    Masalan, Selena Gomes “yuragim og‘riyapti” deb yozgan bo‘lsa, Ariana Grande esa “bugun bunday natijaning cheksiz og‘irligini his qilayotgan har bir insonga hamdard ekanini” ta’kidladi. Biroq ayrim mashhurlar fikr bildirishdan ko‘ra yangi saylangan prezident hokimiyatdan ketguncha, mamlakatni vaqtincha tark etishga qaror qilishdi.

    Tom Henks

    Donald Trampning g‘alabasidan so‘ng Amerikadan chiqib ketish trendini aynan aktyor Tom Henks boshlab berdi. “Forrest Gamp” filmi yulduzi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida shunday yozdi:

    “Og‘ir yurak va undan-da og‘irroq chamadon bilan mamlakatni rasman tark etganimni ma’lum qilaman. Ha, siz to‘g‘ri tushundingiz — hozir men buni uzoq joydan yozyapman, bu yerdan Amerika bo‘lmagan joyning ajoyib manzarasi ko‘rinadi. Nega bu yerdaman deb so‘raysizmi? Prezident Tramp 2.0 men kutgan narsa emasdi. Saylov natijalarini ko‘rganimda: “Qoch, Forrest, qoch!” deb o‘yladim va aynan shunday qildim. Iltimos, buni sevimli vatanimni tark etish deb o‘ylamang — faqatgina siyosiy sabablar tufayli juda uzoq ta’tilga chiqqanman, deb hisoblang. Balki, aynan prezident Opra davrida qaytarman”.

    Biroq shov-shuvli bayonotdan ikki kun o‘tgach, muxlislar Henksni rafiqasi Rita Uilson bilan Los Anjeles aeroportida kutib olishdi. Tabiiyki, bunday tez fursatda vatanga qaytish ko‘plab savollarga sabab bo‘ldi. Aktyor bunga izoh tariqasida avvalgi bayonotini “o‘ta umidsizlik daqiqasida aytilgan so‘zlar” deb atadi. “Eshikni qattiq yopish — menga to‘g‘ri kelmas ekan”, deb qo‘shib qo‘ydi aktyor.

    Richard Gir

    2024-yil boshida Ispaniyaning Vanity Fair jurnaliga bergan intervyusida Richard Gir boshqa mamlakatda yashash rejalari haqida gapirib, yosh rafiqasi Aleksandra Silvani xursand qilish uchun uning vataniga ko‘chib ketmoqchiligini aytgandi. Donald Trampning g‘alabasidan so‘ng aktyor o‘z so‘zida turdi. Aktyor Kamala Harrisni ochiq-oydin qo‘llab-quvvatlagan edi.

    Ma’lumki, Richard Girning Konnektikut shtatidagi ranchosi allaqachon 11 million dollarga sotilgan, aktyor va oilasining qayerda yashashi hozircha noma’lum. Faqat shunisi ma’lumki, u AQSHdan ancha uzoqda joylashgan.

    Sher

    Yaqinda Victoria’s Secret ko‘rgazmasida chiqish qilib, jamoatchilikni xursand qilgan qo‘shiqchi Sher Guardian jurnali bilan suhbatda Donald Tramp g‘alaba qozongan taqdirda, albatta Amerikani tark etishini ma’lum qildi.

    Xonandaning aytishicha, tadbirkorning o‘tgan 4 yillik boshqaruvi uning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazgan — xonandaning oshqozon yarasi ochilib ketgan. Yangi prezidentga bo‘lgan munosabatni oddiy adovat deb atash qiyin, chunki bir paytlar xonanda “uni Yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketishini” xohlayotganini aytgandi. Aynan shuning uchun u vaziyatdan chiqishning eng mantiqiy yo‘li sifatida mamlakatdan ko‘chib ketishni ko‘radi. Hozircha ommaviy axborot vositalarida Sherning mamlakatni tark etgani haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.

    Robert De Niro

    Mashhur aktyor Robert De Niro Donald Trampning eng ashaddiy dushmanidir. De Niro prinsip masalalari tufayli keyingi 4 yil davomida AQSHga borishni imkonsiz deb atadi:

    “Agar 45-prezident Oq uyga qaytsa, bu mamlakatni butunlay tark etaman. Bunday odam hokimiyat tepasida turgan joyda qololmayman. Bu prinsip va ma’naviy mas’uliyat masalasi. Gap odatdagidek siyosat haqida emas. Gap millatimiz qalbiga taalluqli. Biz yetkazilgan zararni ko‘rdik va bunga yana chidash imkonsiz. Men Amerikani sevaman, lekin uni juda sevganim uchun jim turolmayman va bunga sherik bo‘lolmayman”.

    “Tentak”, “ahmoq”, “masxaraboz” va “gangster” — aktyor intervyularida Trampni shunday nomlar bilan atagan. Biroq hozircha De Nironing Amerikani tark etgani haqidagi xabarlar yolg‘on bo‘lib chiqdi. Aftidan, tobora ko‘proq mashhurlar Tom Henks safiga qo‘shilib, keskin bayonotlarini hissiy jo‘shqinlik va oddiy insoniy tuyg‘ular bilan izohlashmoqda.

    Sofi Terner

    “Taxtlar o‘yini” teleseriali yulduzi Donald Tramp g‘alaba qozongan taqdirda “bu yerdan jo‘nab ketishini” aytdi. Terner vaqtining ko‘p qismini vatani Buyuk Britaniyada o‘tkazadi, shuning uchun muxlislar yaqin kelajakda aktrisaning Angliyaga butunlay qaytishi haqidagi e’lonni kutishlari mumkin. Jo Jonas bunga rozi bo‘ladimi yoki yo‘qmi noma’lum, chunki Sofi ikki qizi bilan ko‘chib ketishni rejalashtirmoqda.

    19.11.2024, 10:30   Izoh (0)   8238
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud#mashhurlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ozg‘inlik go‘zallik degani emas: vazn tashlaganidan so‘ng o‘ziga o‘xshamay qolgan mashhurlar (foto)

    21.08.2024, 17:53

    Ancha yillar avval go‘sht iste’mol qilishdan voz kechgan jahon yulduzlari

    02.09.2024, 12:50

    Muvaffaqiyatga erishish uchun diplom shart emas: maktabni tugatolmagan jahon yulduzlari (foto) 

    08.09.2024, 13:50

    Maykl Jekson, Nikolas Keyj va bir daqiqada bor-budidan ayrilib, qashshoqlashib qolgan boshqa badavlat mashhurlar (foto) 

    06.09.2024, 17:17

    Gollivud yulduzlari og‘ir ish kunidan keyin qanday dam oladi?

    11.09.2024, 13:45

    Leonardo Di Kaprio, Lyuk Besson va sayyoradagi ekologik vaziyatni yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shayotgan mashhurlar

    20.09.2024, 13:32

    “Bitta obrazda qolib ketgan”: filmlarda bir-biriga o‘xshash rollarni ijro etgan aktyorlar

    30.09.2024, 13:45

    Uzoq yillardan beri qalin do'st bo'lgan Gollivud yulduzlari (foto)

    12.10.2024, 14:57

    Smartfonlardan umuman foydalanmaydigan mashhurlar (foto)

    22.10.2024, 13:35

    Oilasini karyerasidan ustun qo‘ygan Gollivud yulduzlari (foto)

    24.10.2024, 10:40

    “Pul muammo emas”. Gollivud yulduzlarining qimmatbaho xaridlari

    05.11.2024, 11:20

    Hamkasblari fikriga ko‘ra birga ishlash maroqli bo‘lgan 5 nafar aktyor

    06.11.2024, 23:00

    Barcha davrlarning eng yaxshi aktyori kim ekani ma'lum qilindi 

    07.11.2024, 18:49

    Qiziqarli syujeti bilan har qanday Gollivud filmlarini ortda qoldiradigan chet el seriallari

    07.11.2024, 17:50

    Gollivud aktrisasi Jennifer Enistonning Los-Anjelesdagi noodatiy dizaynga ega uyiga sayohat (foto)

    08.11.2024, 14:35

    Gollivud yulduzlarining o‘ziga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan qiyofadoshlari (foto)

    08.11.2024, 16:49

    Aqldan ozgan muxlis, akula hujumi, suratga olish paytidagi klinik o‘lim: hayotdan ko‘z yumishiga oz qolgan Gollivud yulduzlari 

    09.11.2024, 12:40

    Filmdagi roli uchun jiddiy qurbonlik qilgan Gollivud aktyorlari

    13.11.2024, 09:40

    “Aslida Rouz jon saqlagan narsa eshikmasdi”. Keyt Uinslet “Titanik”ning o‘sha mashhur sahnasi haqida

    11.11.2024, 17:57

    Sher o‘rgatuvchi, illyuzionist, karate ustasi: ko‘pchilik bilmagan ajoyib iste’dodga ega Gollivud aktyorlari

    11.11.2024, 15:57

    “Sigir sog‘ishim, o‘t o‘rishim mumkin”: “Barbi” yulduzi Margo Robbi qanday uyda yashaydi?

    14.11.2024, 11:20

    Mohirona ijrosi bilan Gollivudni zabt etgan koreys aktyorlari

    12.11.2024, 12:40

    Gollivud kinosanoatida ishlaydiganlar qancha maosh oladi? 

    12.11.2024, 20:55

    Leonardo Di Kaprioning garajiga sayohat: aktyor qanday avtomobillarga egalik qiladi? (foto)

    14.11.2024, 12:40

    Mashhur filmlardagi tomoshabinlar e’tiboridan chetda qolgan muhim detallar

    18.11.2024, 11:35

    “Oskar”mukofotidan voz kechgan va taqdirlash marosimiga kelmagan jahon yulduzlari

    18.11.2024, 18:15

    Anjelina Joli Bred Pitt bilan sudlashish uchun bor-budini sotmoqda

    18.11.2024, 20:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17

    APL. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya chempionati bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 25 may, 22:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.