O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura.

Qayd etilishicha, yoqilg‘i-energiya resurslaridan behuda foydalanish bilan bog‘liq holatlarni aniqlashga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida respublikada 1 999 ta, shu jumladan Toshkent viloyatida 124 ta holatda energiya resurslarini behuda sarflash holatlari aniqlanib, aybdor shaxslarga nisbatan ma’muriy ishlar qo‘zg‘atilgan.
Misol uchun, Ohangaron shahrining magistral yo‘lida 0,2 kVt quvvatdagi elektr energiyasidan kunning yorug‘ vaqtida foydalanish holati aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, energiya resurslaridan behuda foydalanish holatlarini oldini olish bo‘yicha respublikada 47 927 ta, shu jumladan Toshkent viloyatida 3 849 ta profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 6-iyul holatiga ko‘ra, 5 mlrd kVt/soatni tashkil qildi.
Buning natijasida:
- 1 mlrd 515 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;
- atmosferaga 2 mln 220 ming tonnadan ortiq zararli gazlarning chiqishi oldi olindi.
Bugungi kunda mamlakatning 10 ta viloyatida umumiy quvvati 4 119 megavatt bo‘lgan 11 ta quyosh fotoelektr stansiyasi hamda 4 ta shamol elektr stansiyasi “yashil” energiya ishlab chiqarmoqda.
Izoh (0)