• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +44°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Metro ostida qolayotgan 22 xonadon: aholi eski uylari sotib olinishidan umidvor bo‘lsa, hokimlik buzilmagan uylar uchun pul to‘lanmaydi, demoqda

    Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi “Quruvchilar” mahallasi, Xonabod-1 tor ko‘chasida yashovchi 22 ta xonadon egalari hududda yerusti metrosi qurilayotgani bois eski uylari davlat tomonidan sotib olinishidan, qurilishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishidan umidvor bo‘lmoqda. Bu haqda ular “Daryo”ga qilgan murojaatida aytib o‘tgan.

    “Shu mahalladagi xonadonga kelin bo‘lib tushganimga 15 yil bo‘ldi. Qaynonam kelin bo‘lib tushganiga esa 50 yil bo‘lgan. O‘shanda ham bu uylar ‘snos’ga tushishi, buzilishi aytilgan ekan. Shu sabab o‘tgan yillar davomida uyning biror joyini o‘zgartirolmay, taʼmirlayolmay yashadik. O‘zimiz uchun nimadir quramiz, sharoit qilamiz desak, yo‘q, qizil chiziqqa tushgan, bu uylar buziladi, mumkin emas deyishgan”, — deydi bu haqda gapirgan aholi vakillaridan biri Nazokat Xoljonova.

    Nazokat Xoljonova.
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    Suhbatdosh Maqsudbek Nursultonovning aytishicha, u bu ko‘chadagi xonadonini 2005-yilda sotib olgan.

    Maqsudbek Nursultonov.
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    “Biz bu mahallaga 2005-yil ko‘chib kelgan bo‘lsak, bu yerdagi uylar 2006—2007-yillarda ‘snos’ga tushgan. Biz bu paytda uyni sotib olib, hujjatlashtirib bo‘lgan edik. Uyni buzib quray desak mumkinmas, sotay desak ham, mumkinmas deyishdi. Endi esa bu yerlardan metro yo‘li o‘tmoqda. Hovlimizga kirish yo‘laklari buzib tashlandi. Orqa tomondan yo‘l ochaylik desak, o‘z pulimizga qilishimizga to‘g‘ri kelyapti. Uylarimiz o‘zi juda eski, taʼmirtalab ahvolda. Masʼullarga bu yerdan metro o‘tsa, qanday yashaymiz, xavfsizlik nima bo‘ladi desak, bu metro uy yonidan o‘tib ketsa ham xavfsiz, hech narsa qilmaydi deyishadi. Bu gapga ishonish uchun yo yosh bola bo‘lish kerak yoki sodda odam bo‘lish kerak-da”, — deydi Maqsudbek Nursultonov.

    Nazokat Xoljonova u va mahalladoshlari hududdan yangi metro yo‘lagi qurilishidan xursand ekanini, biroq bu aholining yashash tarziga, xavfsizligiga dahl qilmasligi kerakligini aytmoqda.

    “Mahallamiz obod bo‘lsa, yangi qurilishlar bo‘lsa, biz xursandmiz. Ammo bu inson huquqlarini poymol qilmasligi kerak. Masʼullar faqat bizni yerlarni noqonuniy o‘zlashtirib olishda ayblashmoqda. Holbuki, biz qurib olgan uy-joylar o‘z vaqtida hujjatlashtirilgan. Ammo hech kim bizdan hujjat so‘ramayapti-da, noqonuniy o‘zlashtirgansizlar deyishdan nariga o‘tishmayapti. Eng yomoni, bu yerdagi qurilish ishlarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmayapti. Qurilishda shu yerda yashovchi aholining xavfsizlik masalasiga eʼtibor qaratilmayapti. Hatto yakshanba kuni ham taqir-tuqir qilib, bezovta qilishmoqda”, — deydi u.

    Yana bir suhbatdosh Saida Isoqova jurnalist bilan suhbatda uyi yonidagi yer kovlab tashlanganini, yerlarning kovlanishi eski uy devorlariga zarar yetkazishi, qulab tushishi mumkinligidan qo‘rqayotganini aytmoqda.

    “Uyimiz devorlarining yonigacha kovlab kelishdi. Yana bir qadam kovlashsa, uyimiz qulab tushmaydi, deb kim kafolat beradi. Bu uyda bolalarimiz, nabiralarimiz yashayapti. Qolaversa, har kuni shovqin-suron, hamma joyni kovlashmoqda. Bu bizga noqulaylik tug‘dirmoqda”, — deydi Saida Isoqova.

    Saida Isoqova.
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    Shu mahallada yashovchi Janibek Yertenov uning hovlisiga kirish-chiqish joylar ham kovlab tashlanganini, bolalarining xavfsizligi uni o‘ylantirayotganini taʼkidlamoqda.

    “Bizga hech qanday sharoit yaratib berilmay, uyimizning oldi kovlab tashlandi. Uyga kirib-chiqish judayam noqulay bo‘lib qoldi. Ertaga shu chuqurlikka kimdir tushib ketsa, javob beradimi? Buni nazorat qiluvchi tashkilot yo‘qmi”, — deydi Janibek Yertenov.

    Janibek Yertenov.
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    Navbatdagi suhbatdosh Hilola Isoqova bu masala yuzasidan Toshkent shahar hokimi bilan ham suhbatlashganini, hokim barcha xavfsizlik masalalari nazarda tutilganini aytganini, aholi vakillarining birortasi hayotiga xavf tug‘dirmasligini ta’kidlaganini bildirmoqda.

    “O‘sha kuni Toshkent shahri hokimi bilan ham ko‘rishdik. Hokim bizga qo‘shni mahallada yashovchilarning uyiga pul to‘lab berilgani uchun puldan umidvor bo‘lib keldilaringmi, hech qanday pul ham, uy ham yo‘q dedi. Noqonuniy joyda yashayapsilar, dedi. Men hokimga qurilish ishlarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmayotganini aytdim. Biz xavfsizlikni taʼminlaganmiz, biror narsa bo‘lsa kompensatsiya to‘lab beramiz dedi. Boshimizga beton qulab, o‘lib bo‘lganimizdan keyin kompensatsiya to‘lanadimi, dedim”, — deydi Hilola Isoqova.

    Hilola Isoqova.
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov “Daryo” bilan suhbatida aholining qurilishda xavfsizlik taʼminlanmaganidan norozi bo‘lib aytayotgan gaplari haqli ekanini tan olib, bu masala nazoratida ekanini bildirdi.

    “Aholining qurilish ishlarida xavfsizlik masalasini so‘rashi yuz foiz qonuniy talab, buni inkor etmaymiz. Bugun (10-mart kuni nazarda tutilmoqda. Tahririyat izohi) aynan shu joydan o‘tganimda kovlangan joylarning baʼzi joylari to‘siqlar bilan o‘ralganini, baʼzi joylarda to‘siq qo‘yilmaganini ko‘rdim. Ammo buni nazoratga olamiz. Va albatta, xavfsizlik masalalarini taʼminlaymiz. Bu holat bugun-erta yakuniga yetadi. Ammo odamlarning uyini sotib olib, ularning uyi uchun kompensatsiya to‘lab berolmaymiz. Bu qonunchilikka zid, javobgarligi bor”, — deydi Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov.

    Elbek Shukurov.
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    Shu mahallada yashovchi Gulnora Omonqulovaning aytishicha, ular bilan suhbatlashgan quruvchilardan biri qurilish ishlarida o‘lim holati kuzatilganini bildirgan.

    “Bu qurilishda odam o‘lgan bo‘lsa-da, masʼullar yo‘q biz xavfsizlikni taʼminlaymiz, deyishmoqda. Biz ham odammiz, qo‘rqamiz. Xavfsizlik taʼminlanishini so‘rayapmiz, xolos. Qolaversa, masʼullardan kimdir kelib, yozma kafolat berishsin. Odamlar xavfsizligini kafolatlashsin”, — deydi Gulnora Omonqulova.

    Gulnora Omonqulova.
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    Shu mahallada yashovchi keksa onaxon Sarsongul Doniyorova qurilish ishlari sabab hududda chang-to‘zon bo‘layotganini, xavfsizlik taʼminlanmayotganini, shuningdek, odamlar yashovchi joydan metro yo‘li o‘tishi odamlar hayotiga xavf solishini aytmoqda.

    Sarsongul Doniyorova.
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    “Aslida odamlar aytayotgan muhofaza zona bo‘lgan. Har bir loyihada muhofaza zona belgilanadi. Lekin bu muhofaza zona odamlar tomonidan egallab olingan. Qaysidir yo‘llar bilan qonuniylashtirilgan. Demakki biz buning tagiga yetib, qonunchilikni taʼminlashimiz kerak bo‘ladi. Boisi, bu haqda aholiga gapirib, masalani tushuntirib berolmayapmiz”, — deydi tuman hokimi.

    Fuqaro G‘ayrat Erimbetov metro yo‘li qurilayotgani sabab bu mahallada yashay olmasligini, buni xohlamasligini aytmoqda. Hilola Isoqova esa masʼullar ularda hujjat yo‘qligini takror-takror aytayotganini, ammo qo‘lidagi hujjatlar bilan tanishmayotganini aytmoqda.

    “Adashmasam, 2018—2019-yillarda prezident topshirig‘i bilan noqonuniy qurilgan uy-joylarni qonuniylashtirish bo‘yicha aksiya eʼlon qilindi. Biz o‘sha paytda uylarimizni qonuniylashtirganmiz. Buni aynan davlat odamlari qilib bergan-ku, qanday noqonuniy bo‘lishi mumkin? Buni o‘sha paytda hokimlik ham ko‘rgan-ku, nega ruxsat bergan unda”, — deydi Maqsudbek Nursultonov.

    Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov aholining bu eʼtiroziga javoban metro qurilishidan avval uning nazdida aholi noqonuniy o‘zlashtirib olgan joylar bo‘yicha hujjatlarni ko‘tarib, ularni bekor qilmaganini, agar shunday qilinganida ham aholiga zarar bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

    “Hech zamonda simyog‘och hovli ichidan o‘tganini ko‘rganmisiz? Aynan bu mahallada shunaqa. Nega? Aslida eski davrda ham bu holat inobatga olingan, hech qachon aholi hovlisida simyog‘ochlar qoldirilmagan. Stolbalar ko‘cha tomonda o‘rnatilgan. Bu yerda yashovchi aholi esa yillar davomida yerlarni o‘zlashtirib, hatto simyog‘ochlarni ham hovli ichiga kiritib olgan. Aslida biz ham bu ishlarni boshlashdan avval barcha hujjatlarni ko‘tartirib, aholi qonuniy hujjat deyotgan qog‘ozlar haqiqatn ham qonuniyligini tekshirtirib ko‘rishimiz kerak ekan. Ana shunda bu kabi muammolar bo‘lmasmidi”, — deydi hokim.

    Xonadonida simyog‘och bo‘lgan Mustafa Utepov jurnalist bilan suhbatida hokimning bu gapiga javoban haqiqatan ham simyog‘och dastlab hovli tashqarisidagi ko‘chada bo‘lganini, ammo keyinchalik suv truba o‘tkazilgani sababli ichkariga olinib, hovli ichida qolib ketganini aytmoqda.

    “Bu stolba men maktabda o‘qib yurgan paytimda narigi betga qurilgandi. Haqiqatan ham ko‘chada edi. Keyinchalik mingtalik truba qo‘yishgan paytda bu stolba bizning hovliga kirib qolgan. Biz yerlarni o‘zlashtirib olmaganmiz”, — deydi Mustafa Utepov.

    Mustafa Utepov.
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov metro yo‘lagi qurilishida aholiga noqulaylik tug‘ilayotganini, ammo bu ishlar vaqtinchalik ekanini, yerusti metrosining qurilishi nafaqat Sergeli tumanida yashovchilar, toshkentliklar uchun ham naqadar ahamiyatli ekanini aytmoqda.

    “Tan olish kerak, qurilish bo‘layotgan joyda chang-to‘zon, noqulaylik bo‘ladi. Bu qurilish faqat bu mahallada emas, shu yo‘nalishdagi barcha odamlar uchun noqulaylik tug‘dirmoqda. Buni bilamiz. Lekin bu qurilish davlat ahamiyatiga ega, tarixiy qurilish bo‘lmoqda. Bu bitgach, millionlab aholi bundan foydalanadi. Yana bir narsani to‘g‘ri tushunish kerakki, davlatning puli bu shu xalqning puli. Men hokim sifatida ishonib topshirilgan pulni tiyin-tiyinigacha to‘g‘ri ishlatishga masʼulman. Shu sabab buzilmagan uylar uchun kompensatsiya to‘lab berolmayman. Bu noqonuniy va buning javobgarligi bor”, — deydi Elbek Shukurov.

    Hokimning qo‘shimcha qilishicha, hududda yerusti metro qurilishi bois 200 ga yaqin xonadon va tadbirkorlik subyektlari buzilgan va bular uchun kompensatsiya to‘lovlari to‘liq to‘lab berilgan.

    Shu mahallada yashovchi Sayyora Yerimbetovaning aytishicha, u aholi sifatida huquqini talab qilib, bo‘layotgan voqealarni tasvirga olgani uchun IIB xodimlarining qarshiligiga, kuch ishlatishiga duch kelganini aytmoqda.

    “Metro yonida yashash aholi uchun xavfli ekanini aytdim. Masʼullar esa metro tepadan o‘tsa, tagida yashashimizni, pastdan o‘tsa tepada yashashimiz kerakligini aytishdi. Uyimiz tagini kovlab tashlashdi. Bu holatni videoga olib, hokimga ko‘rsatmoqchi edim. Besh-olti nafar ichki ishlar xodimlari qo‘limni qayirib, meni olib ketmoqchiligini, syomka qilganim uchun qamashmoqchiligini aytdi”, — deydi u.

    Sayyora Yerimbetova.
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    Sergeli tumani hokimining aytishicha, qurilish ishlari odamlarga zarar yetkazmasligi, metro yo‘laklari qurib bo‘lingach, odamlarning uyiga kirib-chiqishi uchun yo‘laklar qilinishi, avtomobil yo‘llari qurilishi aholiga bot-bot tushuntirilgan. Ammo shu 22 ta xonadonda yashovchi aholi vakillari buni to‘g‘ri tushunishni istamayapti.

    “O‘zim ham, temiryo‘l korxonasi ham qurilish paytida aholi xonadonlariga zarar yetmasligini kafolatlab, bu haqda yozib berishga tayyorligimizni ham aytdik. Qolaversa, metro yo‘lagi mutaxassislar tomonidan puxta o‘ylab qilingan ish. Uning xavfsizligi, aholining uyiga yaqin bo‘lsa-da, hech qanday zarari tegmasligi kafolatlangan”, — deydi tuman hokimi.

    11.03.2023, 22:08   Izoh (0)   14436
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 11-sinf o‘quvchisi kelishmovchilik sabab sinfdoshini pichoqladi

    11.03.2023, 21:19

    O‘zbekistonda 2022-yilda 10 mlrd dollardan ortiq qurilish ishlari bajarildi

    11.03.2023, 20:10

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

    11.03.2023, 19:37

    Buxoroda mast holda mashina boshqargan haydovchi YPX inspektoriga 100 dollar pora berishga urindi

    11.03.2023, 19:10

    O‘zbekiston va Qozog‘iston oliy ta’lim va undan keyingi ta’lim sohasida hamkorlik qiladi

    11.03.2023, 18:05

    Toshkentda yuk poyezdining vagonlari relsdan chiqib ketdi (video)

    11.03.2023, 16:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

     

    Tavsiya etamiz

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina va Rossiya o‘rtasida harbiy asirlar almashinuvi o‘tkazildi

    Dunyo | 5 iyul, 14:47

    Toshkentda Milliy gvardiya xodimlari cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qoldi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 13:55

    Maosh ming yevrogacha: o‘zbekistonlik ayollar Slovakiyaga ishga taklif qilinmoqda

    O‘zbekiston | 5 iyul, 12:45

    Toshkent viloyatida 7 yoshli bola onasi va o‘gay otasi tomonidan kaltaklandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 12:22

    Andijonda xotinini ko‘chada o‘ldirib, qochib ketgan erkak ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 11:30

    Zelenskiy Tramp Ukrainaga havo hujumidan mudofaa masalasida yordam bermoqchi ekanligini aytdi

    Dunyo | 5 iyul, 10:33

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Fluminense” “Al-Hilol”ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi

    Sport | 5 iyul, 10:12

    Moskva viloyatidagi Ozarbayjon diasporasi rahbari Rossiya fuqaroligidan mahrum qilindi

    Dunyo | 5 iyul, 09:52

    Samarqandga uzatilgan andijonlik qiz kelinlik xonadonidan o‘lik holda olib kelindi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 09:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.