Toshkent shahrida 11-mart kuni yuk poyezdi vagonlari izdan chiqdi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, soat 11:53 da Hamza stansiyaning birinchi yo‘lida 2101-sonli yuk poyezdi jo‘natilayotgan paytida 3 ta bo‘sh vagon izdan chiqqan.
“Tegishli tarkibiy bolinmalar tomonidan zudlik bilan holat yuzasidan kerakli chora-tadbirlar ko‘rilib, voqea sabablari o‘rganilmoqda”, — deyiladi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati xabarida.
Izoh (0)