Shavkat Mirziyoyev “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” xabar berdi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim tasdiqlandi. Mazkur bitim 2022-yil 22-dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.
Izoh (0)