• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 19-sentabr kuni 614 kishida koronavirus aniqlandi. Besh ayol va bir erkak vafot etdi

    O‘zbekistonda 18-sentabr soat 23:30 dan 19-sentabr soat 23:00 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 614 ta holat qayd etildi. Ketma-ket ikkinchi kun kasallanganlar soni 600 nafardan yuqori bo‘lmoqda. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 50992 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinish holatlarining 1,2 foizi 19-sentabrga to‘g‘ri keldi.

    SSV hisobi bo‘yicha 427, “Daryo” hisobi bo‘yicha 445 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.

    SSV hisobi bo‘yicha 427, “Daryo” hisobi bo‘yicha 445 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.
    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallangan 614 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:
    • Toshkent shahrida — 374 nafar;
    • Toshkent viloyatida — 122 nafar;
    • Namangan viloyatida — 33 nafar;
    • Andijon viloyatida — 21 nafar;
    • Xorazm viloyatida — 16 nafar;
    • Jizzax viloyatida — 15 nafar;
    • Samarqand viloyatida — 10 nafar;
    • Qashqadaryo viloyatida — 8 nafar;
    • Surxondaryo viloyatida — 7 nafar;
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 5 nafar;
    • Farg‘ona viloyatida — 3 nafar.
    Kun davomida 11 ta hududda koronavirusga chalinish holati qayd etildi. Faqat Buxoro, Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida yangi holatlar aniqlanmadi. 28-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuniga o‘rtacha 370 nafar yangi bemor aniqlanishi karantin talablari yumshatilgan hozirgi sharoitda nazorat ko‘rsatkichi bo‘lishini qayd etgandi. Prezident haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha rahbarlarni ogohlantirdi. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi. Oxirgi 12 kunda kunlik kasallanish holatlari nazorat ko‘rsatkichidan baland bo‘lmoqda.

    Toshkent shahrida 374 kishida koronavirus aniqlandi. Toshkentda sentabr oyida eng kam kasallik aniqlangan kunda 109 ta (3-sentabr), eng ko‘p kasallik aniqlangan kunda 510 ta (11-sentabr) yangi holat ro‘yxatga olindi. Sentabrning 19 kunida Toshkentda kasallanganlar soni 5414 nafarga ko‘paydi. Hozirda Toshkentda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 30966 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 tashxisi qo‘yilganlarning 60,7 foizi poytaxt hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Toshkent viloyatida 10-sentabr kuni 186 kishida COVID-19 aniqlanganidan so‘ng kunlik kasallanish holatlari pasaymoqda: 11-sentabrda 182, 12-sentabrda 162, 13-sentabrda 143, 14-sentabrda 130, 15-sentabrda 128, 16-sentabrda 126, 17-sentabrda 125, 18-sentabrda 123 va 19-sentabrda 122 kishida koronavirus qayd etildi. Sentabrning o‘zida Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 2304 nafarga ko‘payib, umumiy kasallanganlar soni 9509 nafarga yetdi. Bu O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 18,6 foiziga tengdir.

    Namangan viloyatida 33 kishida koronavirus qayd etildi. Sentabr oyining 15 kunida Namanganda yangi kasallanish holatlari aniqlandi. Bu kunlarda Namangan viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 391 kishiga ko‘paydi. Bu qo‘shni Farg‘ona viloyatidagi aniqlangan barcha holatlardan ham ko‘p deganidir. Namanganda kasallanganlarning umumiy soni 1300 nafarga yetdi.

    Andijon viloyatida 21 kishida COVID-19 qayd etildi. Viloyatda 3-sentabrdan buyon uzluksiz ravishda kasallanish holatlari qayd etilmoqda. Ushbu 17 kun ichida viloyatda koronavirusga chalinganlar soni 198 nafarga ko‘paydi. Bu Jizzax viloyatida butun epidemiya mavsumida qayd etilgan kasallanish holatlaridan ham ko‘p deganidir. Andijonda kasallanganlarning umumiy soni 1408 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 tashxisi qo‘yilganlarning 2,76 foizi Andijon viloyati hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Xorazm viloyatida 16 kishida koronavirus qayd etildi. Viloyatda avgust oyida faqat 9 kunda yangi kasallanish holatlari aniqlangandi. Sentabrning 10 kunida Xorazmda yangi kasallanganlar aniqlanib bo‘lindi. Oy davomida COVID-19 qayd etilganlar soni 82 nafarga ko‘payib, kasallanganlarning umumiy soni 552 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 1,08 foizi Xorazm viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

    Jizzax viloyatida 15 kishida koronavirus qayd etildi. Bu viloyatda so‘nggi 60 kun ichidagi eng ko‘p bemor aniqlangan kun bo‘ldi. 10-sentabr kuni Jizzax shahar hokimligi axborot xizmati Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining o‘ninchi sessiyasi materiallari bo‘yicha ma’lumot berib, shahardagi umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining COVID-19 bo‘yicha topshirgan test natijalariga ko‘ra 52 nafar pedagog xodimda infeksiya aniqlanganini ma’lum qilgandi. Ammo ushbu holatlarning hammasini ham SSV rasmiy statistikaga kiritmadi.

    Samarqand viloyatida 10 kishida koronavirus aniqlandi. Sentabr oyida viloyatda faqat 2, 8 va 14-sentabr kunlari yangi holatlar ro‘yxatga olinmadi. Oy davomida kasallanganlar soni 295 nafarga ko‘paydi. Samarqandda COVID-19 qayd etilganlarning umumiy soni 2013 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 3,94 foizi Samarqand viloyatiga to‘g‘ri keladi.

    Qashqadaryo viloyatida 8 kishida kasallik qayd etildi. Sentabrning 15 kunida viloyatda yangi holatlar ro‘yxatga olindi. Bu kunlarda COVID-19 qayd etilganlar soni 116 nafarga ko‘paydi. Bu viloyatdagi barcha kasallanish holatlarining 10,8 foiziga tengdir. Qashqadaryoda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni hozirda 1070 nafarni tashkil etmoqda.

    Surxondaryo viloyatida 7 kishida koronavirus aniqlandi. Viloyatda sentabr oyining 8 kunida yangi kasallanish holatlari qayd etildi va bu kunlarda koronavirusga chalinganlar soni 48 kishiga ko‘paydi. Surxondaryoda hozirda koronavirusga chalinganlar soni 679 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 1,33 foizi Surxondaryo viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 kishida koronavirus aniqlandi. Respublikada oxirgi 32 kun ichida 16 marta yangi kasallanish holatlari ro‘yxatga olingan bo‘lsa, bu kunlarda biron marta yangi bemorlar soni 8 nafardan oshmadi. Qoraqalpog‘istonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 485 nafarga yetdi. Bu O‘zbekiston bo‘yicha kasallikka chalinganlarning 0,95 foiziga teng deganidir.

    Farg‘ona viloyatida 3 kishida COVID-19 aniqlandi. Sentabr oyida viloyatda 13 kunda yangi kasallanganlar ro‘yxatga olindi. Oy davomida Farg‘onada koronavirusga chalinganlar soni 47 kishiga ko‘paydi. Farg‘onadagi jami kasallanganlar soni 375 nafarni tashkil etmoqda. Bu O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 0,73 foiziga tengdir.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    SSV Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar qildi.

    Birinchi o‘lim. Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida yashagan 60 yoshli T.T. ismli ayol vafot etgan.

    Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 63 yoshli R.I. ismli ayol vafot etgan.

    Uchinchi o‘lim. Asli Qashqadaryoning Kitob tumanidan bo‘lgan, Toshkent shahrida davolangan 70 yoshli R.S. ismli ayol vafot etgan.

    To‘rtinchi o‘lim. Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yashagan 71 yoshli Z.K. ismli ayol vafot etgan.

    Beshinchi o‘lim. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 82 yoshli N.Q. ismli erkak vafot etgan.

    Oltinchi o‘lim. Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 65 yoshli D.A. ismli ayol vafot etgan.

    Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 427 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 445 nafarni tashkil etmoqda.

    SSV tomonidan koronavirus qurboni bo‘lgani “tan olinmaganlar”:

    • 9 va 15-iyul kunlari Olmaliq shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayol;
    • DXA Navoiy viloyati boshqarmasi xodimi Adhamjon Dehqonov;
    • Madaniyat vazirligi xodimi Akmal Irisov;
    • Chilonzor tumani SEOM bakteriologiya laboratoriyasi mudiri Marhabo Ahmedova;
    • Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i Hakimbay Xalimov;
    • Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi Xayriddin Shermuhamedov;
    • Samarqand viloyati Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov;
    • Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov;
    • Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri artisti Janabay Utepbergenov;
    • O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, “O‘zbekkino” milliy agentligi Badiiy kengashi a’zosi Anvar Ergashev;
    • “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sergey Vyunenko;
    • Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev;
    • Shifokor Farrux Rustamov;
    • Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i mayor Doniyor Jabborov;
    • IIV podpolkovnigi Abdurahmon Pardiyev;
    • Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudining sudyasi Shavkatjon Shodmonov;
    • “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi vakili, Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Dildora Umarova.
    Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi. Qashqadaryoda yana bir tibbiyot xodimi, xususiy klinika bosh shifokori To‘raqul Xoliqov 65 yoshida vafot etdi. “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan xususiy klinika mas’ullarining ta’kidlashicha, To‘raqul Xoliqov so‘nggi bir oy davomida koronavirus kasalligidan davolanib kelgan. 16-sentabr kuni Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh Turmatov 44 yoshda vafot etdi. “Daryo” manbalari uning koronavirusdan davolanayotgan bo‘lganini ma’lum qildi.

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3294 nafar bemordan 495 nafari og‘ir, 267 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlarning umumiy soni 762 nafarni tashkil etmoqda. Bu oxirgi 32 kun ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich. Hozirda davolanishni davom ettirayotganlarning 23,1 foizining ahvoli og‘ir bo‘lib turibdi.

    Kasallikdan davolanish

    19-sentabr kuni O‘zbekistonning 10 ta hududida 626 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Bu so‘nggi 22 kun ichida eng ko‘p bemor sog‘aygan kun bo‘ldi. Shuningdek, sentabr oyida yettinchi marta kunlik sog‘ayish ko‘rsatkichi yangi kasallanish holatlaridan ortiq bo‘ldi.

    Yangi tuzalganlarning

    • 351 nafari Toshkent shahrida;
    • 124 nafari Toshkent viloyatida;
    • 72 nafari Namangan viloyatida;
    • 21 nafari Andijon viloyatida;
    • 17 nafari Qashqadaryo viloyatida;
    • 16 nafari Samarqand viloyatida;
    • 16 nafari Xorazm viloyatida;
    • 4 nafari Surxondaryo viloyatida;
    • 3 nafari Farg‘ona viloyatida;
    • 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
    Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

    Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 50 992 nafar bemordan 47 271 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 92,7 foizni tashkil etmoqda.  5—9-sentabr kunlari davolanish ko‘rsatkichi pandemiya davrida ilk marta 94 foizga chiqqandi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha ayni paytda 3294 nafar bemor COVID-19’dan davolanmoqda. 7-sentabrda davolanishni davom ettirayotgan bemorlar soni 2027 nafarni tashkil etayotgandi.

    Hozirda eng ko‘p bemor Toshkent shahrida davolanmoqda — 2135 nafar. Farg‘onada 12, Navoiyda 16, Qoraqalpog‘istonda 21, Surxondaryoda 29, Jizzaxda 36, Buxoroda 36, Xorazmda 37, Sirdaryoda 48, Qashqadaryoda 65, Andijonda 106, Samarqandda 139, Namanganda 131 va Toshkent viloyatida 483 nafar bemor qoldi.

    19.09.2020, 23:35   Izoh (0)   98204
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Otchopar” bozori yaqinidan o‘g‘irlangan Nexia-3 Qashqadaryodan topildi. Mashinani 17 yoshli yigit minib qochgan

    19.09.2020, 22:24

    Halilillo To‘raxo‘jayev Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori etib tayinlandi

    19.09.2020, 21:59

    Toshkent shahrining qator mavzelarida issiq suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

    19.09.2020, 20:53

    Namanganda ota-onasini qo‘rqitib qo‘yish uchun sevgan qiziga pichoq urib o‘ldirib qo‘ygan yigit qamoqqa olindi

    19.09.2020, 20:17

    Nurmat Otabekov JSSTning 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar niqob taqishi shart emasligi borasidagi tavsiyasini izohladi

    19.09.2020, 18:51

    Yangiyo‘l va Zangiota tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

    19.09.2020, 18:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tadbirkorlarning uchdan bir qismida biznes faoliyati yaxshilangan — tadqiqot

    Iqtisodiyot | 18 avgust, 18:00

    Olimpiya shaharchasida barcha sport bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘ladi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 17:46

    Nigeriyada qayiq ag‘darilib ketdi: 50 dan ortiq yo‘lovchi bedarak yo‘qoldi

    Dunyo | 18 avgust, 17:45

    Ulg‘aygandan so‘ng tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketgan “Garri Potter” aktyorlari (foto)

    Kino | 18 avgust, 17:35

    “PSJ”ning rossiyalik hamda ukrainalik futbolchilarining o‘zaro munosabatlari haqida ma’lumot berildi

    Sport | 18 avgust, 17:30

    Namanganda “hujralar” tashkil etib, diniy ta’lim berish yo‘li bilan daromad topayotganlar ushlandi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 17:17

    Qozog‘iston armiyasi WhatsApp va Telegram’dan foydalanishni to‘xtatadi

    Qozog‘iston | 18 avgust, 17:10

    Bunday velodrom O‘zbekistonda birinchisi: 290 mln dollarlik Olimpiya shaharchasi qurib bitkazildi (foto)

    O‘zbekiston | 18 avgust, 16:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.