Daryo

Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh Turmatov olamdan o‘tdi

“Daryo” manbalarining ma’lum qilishicha, 44 yoshli Xayrulloh Turmatov koronavirusdan davolanayotgan edi

1 daqiqa o‘qish137 408 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh Turmatov vafot etdi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan ma’lum qilindi.

Foto: “Ziyouz.com”

“Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati va jamoasi diniy sohada ko‘p yillar samarali xizmat qilgan jonkuyar ulamo, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatovning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etadi”, — deyiladi qo‘mita xabarida.

Qo‘mita tomonidan berilgan xabarda Toshkent viloyati bosh imom-xatibining vafoti sababi ma’lum qilinmagan.

“Daryo” manbalarining ma’lum qilishicha, 44 yoshli Xayrulloh Turmatov koronavirusdan davolanayotgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar