So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12297.88
    • RUB 138.27
    • EUR 13496.92
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +11°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Qoraqalpog‘iston va Xorazmda FVVning ikki xodimi koronavirus asoratlari oqibatida vafot etdi

    14.09.2020, 14:47 45349

    Qoraqalpog‘iston va Xorazmda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida xizmat ko‘rsatuvchi ikki ofitser koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan ta’ziyanomada ma’lum qilingan.

    Mayor Doniyor Jabborov.

    Mayor Doniyor Jabborov.
    Foto: FVV matbuot xizmati

    Xabar berishlaricha, Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i mayor Doniyor Jabborov 12-sentabr kuni, Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Kuanishbay Akimov 14-sentabr kuni vafot etgan. “Shu kunga qadar ushbu xodimlarning koronavirus infeksiyasi bilan xastalanib, shifoxonaga yotqizilganligi ma’lum bo‘lgan edi”, — deyiladi FVV axborotida.

    Podpolkovnik Kuanishbay Akimov.

    Podpolkovnik Kuanishbay Akimov.
    Foto: FVV matbuot xizmati

    Ma’lumot uchun, podpolkovnik Kuanishbay Akimov 1979-yil Nukus shahrida tug‘ilgan. U Qoraqalpog‘iston Yong‘in xavfsizligi boshqarmasida 20 yildan ortiq turli lavozimlarda xizmat qilgan edi. Mayor Doniyor Jabborov esa 1981-yil Qo‘shko‘pir tumanida tavallud topgan; FVV tizimida 2005-yil aprel oyidan buyon ishlab kelayotgan edi.

    “Yuqorida nomlari tilga olingan xodimlar, afsuski, ko‘rinmas yovga qarshi kurashib, xalqimizning tinchligi va farovonligi yo‘lida o‘z xizmat burchini bajarish chog‘ida ushbu kasallikni yuqtirib olgan. Ular so‘nggi nafasiga qadar elu yurt manfaati yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilib, insonlarning tinch, xotirjam va farovon hayoti uchun shirin jonlarini ayamadi. Ko‘rsatgan fidoyiliklari va matonati aslo xotiramizdan o‘chmaydi”, — deyiladi FVV axborotida.

    Ma’lumot uchun, koronavirus infeksiyasi oqibatida yuz bergani aytilayotgan ushbu ikki o‘lim holati hozircha O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangani yo‘q. Umuman olganda, hozirgacha koronavirus asoratlari oqibatida yuz bergan, boshqa davlat va hokimiyat organlari tomonidan e’lon qilingan, biroq SSV tomonidan tasdiqlanmagan kamida 14 ta o‘lim holati mavjud. Ular orasida iyul va avgust oyida ma’lum bo‘lgan holatlar ham bor, biroq SSV nima uchun ushbu holatlar yuzasidan biror izoh bermayotgani noma’lum.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda yuzlab o‘qituvchilarda koronavirus aniqlanmoqda. Lekin SSV barcha holatlarni ham rasmiy statistikaga kiritmayapti

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Qrim qaytishni kutmoqda, Donbass bilan bu masala qiyin bo‘ladi”, — Zelenskiy Ukraina hududlarining ozod qilinishi haqida gapirdi

    Bugun, 16:44

    “Oilaviy” — yangi nazar, an’anaviy ta’m!

    Bugun, 16:30
    Reklama

    Kinokonsert atamasini o‘zbek shou-biznesiga olib kirgan “Benom” guruhining yangi konsertidan reportaj (video)

    Bugun, 16:32

    Toshkentga ishlash uchun kelgan 45 yoshli erkak o‘z joniga qasd qildi

    Bugun, 16:21

    O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi yana pastladi

    Bugun, 16:06

    O‘zbekiston U-20 qizlar terma jamoasi Janubiy Koreyaga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

    Bugun, 15:53

    Huawei va “Yuksalish” Umummilliy harakati “Bir million daraxt” doirasida navbatdagi ekoaksiyani o‘tkazdi

    Bugun, 15:00
    Reklama

    Toshkent metrosida kaftni skanerlash orqali to‘lov qilish tizimi ishga tushirildi

    Bugun, 15:37

    O‘zbekistonda 5 yillik ish staji bilan pensiyaga chiqish mumkinmi?

    Bugun, 15:30

    2022-yilda Yevropa Ittifoqining harbiy xarajatlari rekord darajada — 240 milliard yevroni tashkil qildi

    Bugun, 15:25

    Yil boshidan beri Hindiston deyarli har kuni tabiiy ofatlarga duch kelmoqda

    Bugun, 15:08

    Estoniya Rossiya bilan chegarani yopishga tayyorligini ma’lum qildi

    Bugun, 15:00

    Tavsiya etamiz

    Ta’ziyaga kelgan sobiq birinchi xonimlar, ish tashlagan o‘qituvchilar, muhtojlarga tayyorlangan kimchi — 29-noyabr suratlari

    23:00 / 29.11.2023

    Marsda yashashga tayyorgarlik, chiqindi qutisini titayotgan yigit, go‘zallik ma’budasi tug‘ilgan joy — 28-noyabr suratlari

    23:00 / 28.11.2023

    Uylariga qaytayotgan falastinliklar, butun boshli shaharni vayron qilgan to‘fon, Yangi yilga bezatilgan Oq uy — 27-noyabr suratlari

    23:00 / 27.11.2023

    Falastinliklar uchun ommaviy qabr, mehmonxonaga joylashgan kurkalar, Shukronalik kuniga bag‘ishlangan parad — hafta suratlari

    22:00 / 26.11.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.