• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 9-sentabr kuni 512 kishida koronavirus aniqlandi. Bu 20 kun ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich

    O‘zbekistonda 8-sentabr soat 23:30 dan 9-sentabr soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 512 ta holat qayd etildi. 20-avgustdan so‘ng birinchi marta kunlik kasallanganlar soni 500 nafardan oshdi. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 44930 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinish holatlarining 1,1 foizi 9-sentabrga to‘g‘ri keldi. Bundan tashqari, O‘zbekiston koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Qirg‘izistondan o‘tib ketib, dunyoda 60-o‘ringa chiqib oldi.

    SSV hisobi bo‘yicha 366, “Daryo” hisobi bo‘yicha 380 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.

    SSV hisobi bo‘yicha 366, “Daryo” hisobi bo‘yicha 380 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.
    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallangan 512 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasidan aniqlangan:
    • Toshkent shahrida — 331 nafar;
    • Toshkent viloyatida — 105 nafar;
    • Qashqadaryo viloyatida — 30 nafar;
    • Samarqand viloyatida — 12 nafar;
    • Andijon viloyatida — 11 nafar;
    • Namangan viloyatida — 9 nafar;
    • Farg‘ona viloyatida — 6 nafar;
    • Xorazm viloyatida — 6 nafar;
    • Navoiy viloyatida — 2 nafar.
    Kun davomida 9 ta hududda koronavirusga chalinish holati qayd etildi. 28-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuniga o‘rtacha 370 nafar yangi bemor aniqlanishi karantin talablari yumshatilgan hozirgi sharoitda nazorat ko‘rsatkichi bo‘lishini qayd etgandi. Prezident haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha rahbarlarni ogohlantirdi. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi. O‘sha yig‘ilish o‘tkazilgan kundan so‘ng ikkinchi marta kunlik kasallanish holatlari 370 tadan oshdi.

    Toshkent shahrida 331 kishida koronavirus aniqlandi. Bu poytaxtda sentabr oyida eng ko‘p kasallik aniqlangan kun bo‘ldi. Umuman olganda, poytaxtda 3-sentabrdan beri kunlik kasallanish holatlari ko‘payib bormoqda: 3-sentabrda 109 kishida, 4-sentabrda 135 kishida, 5-sentabrda 170 kishida, 6-sentabrda 177 kishida, 7-sentabrda 190 kishida va 8-sentabrda 317 kishida COVID-19 qayd etilgandi. Sentabrning 9 kunida Toshkentda kasallanganlar soni 1831 nafarga ko‘paydi. SSV jadvalidagi 14 ta hududdan 12 tasida epidemiya mavsumida hali buncha bemor aniqlanmagan. Hozirda Toshkentda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 27383 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 tashxisi qo‘yilganlarning 60,9 foizi poytaxt hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Toshkent viloyatida 105 kishida COVID-19 aniqlandi. Viloyatda 4-sentabrdan so‘ng endi kunlik kasallanishlar soni 100 nafardan oshmoqda. Sentabrda Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 877 nafarga ko‘payib, umumiy kasallanganlar soni 8082 nafarga yetdi. Bu O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 18 foiziga tengdir.

    Qashqadaryo viloyatida 30 kishida kasallik qayd etildi. 6-avgustdan beri birinchi marta Qashqadaryoda kunlik kasallanganlar soni 30 nafarga chiqdi. Viloyatda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1013 nafarga yetdi. Qashqadaryo koronavirusga chalinganlar soni 1000 nafardan oshgan Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Andijon va Buxoro viloyatlaridan so‘ng oltinchi hudud bo‘ldi.

    Samarqand viloyatida 12 kishida koronavirus aniqlandi. Sentabr oyida viloyatda faqat 2 va 8-sentabr kunlari yangi holatlar ro‘yxatga olinmadi. Oy davomida kasallanganlar soni 72 nafarga ko‘paydi. Samarqandda COVID-19 qayd etilganlar soni 1790 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 4 foizi Samarqand viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Andijon viloyatida 11 kishida COVID-19 qayd etildi. Viloyatda 7 kundan buyon uzluksiz ravishda kasallanish holatlari qayd etilmoqda. Andijonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1264 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 tashxisi qo‘yilganlarning 2,8 foizi Andijon viloyati hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Namangan viloyatida 9 kishida koronavirus qayd etildi. Sentabr oyining 6 kunida Namanganda yangi kasallanish holatlari aniqlandi. Bu kunlarda Namangan viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 40 kishiga ko‘paydi. Viloyatda kasallanganlar soni 949 nafarga yetdi.

    Farg‘ona viloyatida 6 kishida COVID-19 aniqlandi. Sentabr oyida viloyatda faqat 6 va 8-sentabr kunlari yangi holatlar ro‘yxatga olinmadi. Oy davomida Farg‘onada kasallanganlar soni 26 kishiga ko‘paydi. Farg‘onadagi jami kasallanganlar soni 349 nafarni tashkil etmoqda. Kuni kecha viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevning akasi, Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Avazbek G‘aniyev koronavirusga chalingani va og‘ir ahvolda ekanligi haqida xabar tarqalgandi. Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati bu xabarlarni rad etdi hamda Avazbek G‘aniyev pnevmoniya xastaligi va yuqumsiz bo‘lgan boshqa hamroh kasalliklar bilan ayni kunda Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmasi shifoxonasida davolanayotganini ma’lum qildi.

    Xorazm viloyatida 6 kishida koronavirus qayd etildi. Sentabrning 9 kunidan 4 tasida viloyatda yangi kasallanganlar ro‘yxatga olindi. Kasallikka chalinganlarning umumiy soni hozirda 490 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 1,09 foizi Xorazm viloyati hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Navoiy viloyatida 2 kishida koronavirus aniqlandi. Viloyatda sentabrda uchinchi marta yangi holatlar ro‘yxatga olinmoqda. Navoiyda koronavirusga chalinganlar soni 514 nafarga yetdi. Bu O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 tashxisi qo‘yilganlarning 1,14 foiziga teng deganidir.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    SSV Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar qildi. Shuningdek, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i ham koronavirus asoratlaridan vafot etgani ma’lum bo‘ldi.

    Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 83 yoshli M.M. ismli ayol vafot etgan.

    Ikkinchi o‘lim. Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yashagan 56 yoshli E.D. ismli erkak vafot etgan.

    Uchinchi o‘lim. Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i Hamza Fayziyev 61 yoshida koronavirus asoratlari oqibatida vafot etdi. Bu haqda marhumning hamkasblariga tayanib, “Xabar.uz” xabar berdi.

    Foto: “Xabar.uz”

    “Hamza Fayziyev fidoyi xodim sifatida tilga tushgan prokurorlardan edi. Tizimning eng quyi pog‘onasidan to markaziy mahkamasigacha bo‘lgan mashaqqatli yo‘lni matonat bilan bosib o‘tgan”, — deyiladi 8-sentabrdagi xabarda.

    Uning o‘limi bo‘yicha SSV hozirgacha axborot bermagan.

    To‘rtinchi o‘lim. Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 56 yoshli E.A. ismli erkak vafot etgan.

    Beshinchi o‘lim. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 59 yoshli Z.A. ismli erkak vafot etgan.

    Oltinchi o‘lim. Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 59 yoshli U.T. ismli erkak vafot etgan.

    Yettinchi o‘lim. Toshkent viloyati Chirchiq shahrida yashagan 55 yoshli G‘.D. ismli erkak vafot etgan.

    Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 366 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 380 nafarni tashkil etmoqda.

    SSV tomonidan koronavirus qurboni bo‘lgani “tan olinmaganlar”:

    • 9 va 15-iyul kunlari Olmaliq shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayol;
    • DXA Navoiy viloyati boshqarmasi xodimi Adhamjon Dehqonov;
    • Madaniyat vazirligi xodimi Akmal Irisov;
    • Chilonzor tumani SEOM bakteriologiya laboratoriyasi mudiri Marhabo Ahmedova;
    • Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i Hakimbay Xalimov;
    • Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi Xayriddin Shermuhamedov;
    • Samarqand viloyati Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov;
    • Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov;
    • Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri artisti Janabay Utepbergenov;
    • O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, “O‘zbekkino” milliy agentligi Badiiy kengashi a’zosi Anvar Ergashev;
    • “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sergey Vyunenko;
    • Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev;
    • Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i Hamza Fayziyev.
    Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi. Qashqadaryoda yana bir tibbiyot xodimi, xususiy klinika bosh shifokori To‘raqul Xoliqov 65 yoshida vafot etdi. “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan xususiy klinika mas’ullarining ta’kidlashicha, To‘raqul Xoliqov so‘nggi bir oy davomida koronavirus kasalligidan davolanib kelgan.

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2352 nafar bemordan 427 nafari og‘ir, 224 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bir kun oldin ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlarning umumiy soni 654 nafardan 628 nafarga tushgandi, endi esa 651 nafarga ko‘tarildi. Hozirda davolanishni davom ettirayotganlarning 27,7 foizining ahvoli og‘ir bo‘lib turibdi.

    Kasallikdan davolanish

    9-sentabr kuni O‘zbekistonning 7 ta hududida 314 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Sentabrda to‘rtinchi marta kunlik sog‘ayish ko‘rsatkichi yangi kasallanish holatlaridan past bo‘ldi.

    Yangi tuzalganlarning

    • 188 nafari Toshkent shahrida;
    • 98 nafari Toshkent viloyatida;
    • 9 nafari Samarqand viloyatida;
    • 8 nafari Namangan viloyatida;
    • 5 nafari Farg‘ona  viloyatida;
    • 4 nafari Xorazm viloyatida;
    • 2 nafari Andijon viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
    Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

    Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 44 930 nafar bemordan 42 212 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda. To‘rt kundan buyon davolanish ko‘rsatkichi 94 foiz bo‘lib turibdi. Bu eng yuqori natija hisoblanadi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha ayni paytda 2352 nafar bemor COVID-19’dan davolanmoqda. Ikki kun avval davolanishni davom ettirayotgan bemorlar soni 2027 nafarni tashkil etayotgandi. Endi esa sentabrdagi eng salbiy ko‘rsatkichga chiqdi.

    Hozirda eng ko‘p bemor Toshkent shahrida davolanmoqda — 1674 nafar. Farg‘onada 6, Xorazmda 9, Navoiyda 10, Jizzaxda 10, Qoraqalpog‘istonda 12, Surxondaryoda 19, Sirdaryoda 31, Buxoroda 33, Namanganda 37, Andijonda 52, Qashqadaryoda 60, Samarqandda 122 va Toshkent viloyatida 277 nafar bemor qoldi.

    09.09.2020, 23:54   Izoh (0)   104857
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 9-sentabr kuni qayta ta’mirlangan 4 ta maktab foydalanishga topshirildi

    09.09.2020, 23:32

    “Chiroqchi voqeasi” bo‘yicha sudda guvohlikka chaqirilgan IIB xodimi ota-bola qiynoqqa solingan kuni “protivogaz” so‘rab olinganini tan oldi

    09.09.2020, 23:20

    O‘zbekistonda xizmat davomida koronavirusga chalinib, tuzalgan tergovchilar rag‘batlantirildi

    09.09.2020, 22:33

    Tojikistonda yuz bergan zilzila O‘zbekistonning 5 ta shahrida sezildi

    09.09.2020, 22:21

    Qo‘qonda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan fakultet dekani 3 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

    09.09.2020, 21:57

    Ohangaronda to‘xtatilgan haydovchiga “masxarabozlik qilgan” YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi

    09.09.2020, 21:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.