Ushbu taomni tayyorlashdan 24 soat avval tovuq qanotlarini marinadlab qo‘yish kerak bo‘ladi. Bu sizdan har doimgidan ko‘proq harakat talab qilsa-da, natija shunga arziydi.
Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
- Piyoz — 1 dona
- Chili qalampiri — 1 dona
- Zanjabil
- Asal — 5 osh qoshiq
- Soya sousi — 2 osh qoshiq
- Tovuq qanotlari — xohishga qarab
- Piyozni mayda “kubik”, chili qalampirini yupqa dumaloq shaklda to‘g‘rang, zanjabilni maydalang.
- Piyoz, chili, zanjabil, asal, soyani qo‘shib aralashtiring.
- Tovuq qanotlarini aralashmaga botirib, shisha idishga soling, qandolat “paket”iga o‘rab muzlatgichga qo‘ying (24 soat tursin).
- Marinadlangan tovuq qanotlarini tovaga o‘simlik yog‘i solib, 20 daqiqa davomida yaxshilab qovuring.
- So‘ngra 180 daraja qizigan pechga 10-15 daqiqaga qo‘ying.
- Mazkur tovuq qanotlarini salat yoki garnir bilan qo‘shib yeyish mumkin.
Mavzuga doir:
- Iftorlik dasturxonini olchali pirog bilan bezang
- Iftorlikka to‘yimli va tez tayyor bo‘ladigan “lo‘la kabob”
- Saharlikka odjahuri tayyorlang. Gruzincha mazali taom retsepti
- Iftorlik dasturxonini ozarbayjoncha ko‘katli cheburek bilan bezang
- Saharlik va iftorlikka o‘z qo‘lingiz bilan non pishiring: turkcha simit retsepti
- Iftorlikka tez hazm bo‘ladigan, sabzavotli “ragu” tayyorlang
- Turk oshxonasining eng mazali nonushtasi — menemen tayyorlaymiz!
Izoh (0)