Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Bugungi olcha bilan pishiriladigan pirog juda mazali bo‘lib, bunda muzlatilgan, konservalangan yoki yangi uzilgan olchalardan foydalanishingiz mumkin.

Olchaning nordon mazasi shirinlikka o‘zgacha ta’m bag‘ishlaydi.

Foto: DMR Fine Foods

Foto: DMR Fine Foods
Kerakli mahsulotlar:
  • Olcha — 500 gr
  • Tuxum 5-6 dona
  • Sariyog‘ — 200 gr
  • Shakar — 280 gr
  • Un — 220 gr
  • Razrixlitel — 1 choy qoshiq
Tayyorlanish jarayoni:
  • Tuxum sarig‘i oqidan ajratib olinadi.
  • Tuxum sarig‘iga xona haroratida erigan sariyog‘ va shakar qo‘shib mikser yordamida aralashtiriladi.
  • Tuxum oqi alohida idishda yaxshilab aralashtiriladi.
  • Tuxum sarig‘idan tayyorlangan aralashmaga un xohishga qarab razrixlitel qo‘shiladi.
  • Aralashmaga tuxum oqi asta-sekinlik bilan kam-kamdan qo‘shiladi. Xamir tayyor.
  • Shirinlik pishirishga mo‘ljallangan idish chetiga xamir yopishib qolmasligi uchun yog‘ surtib un sepiladi.
  • Xamir solinadi va qizigan pechga 180 darajaga qo‘yiladi.
  • Bir necha daqiqadan keyin xamir pechdan olinadi va olchalar terib chiqiladi.
  • Pechga qayta 40-45 daqiqaga qo‘yiladi.
  • Pirog usti qizg‘ish bo‘lganida pishgan hisoblanadi.
Yoqimli ishtaha!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi