Kuvaytda so‘nggi kunlarda spirtli ichimlik iste’molidan 23 kishi vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligiga tayanib, Al Arabiya xabar berdi.

Alkogolni mahalliy ishlab chiqargan va tarqatgan 67 kishi qo‘lga olingan. Mamlakatda spirtli ichimliklarni import qilish ham, mahalliy ishlab chiqarish ham taqiqlangan. Shunga qaramay, ayrimlar xavfsizlik standartlari bo‘lmagan joylarda ularni noqonuniy ishlab chiqaradi. Bu esa iste’molchilarni zaharlanish xavfiga duchor qiladi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, turar joy va sanoat hududlarida faoliyat yuritayotgan 6 ta zavod hamda hali ishga tushirilmagan yana 4 ta ishlab chiqarish joyi fosh etilgan. Sifatsiz alkogol oqibatida metanol zaharlanishi holatlari 160 taga yetgan. Ular orasida 23 kishi, asosan Osiyodan kelgan fuqarolar vafot etgan.
“Jinoiy tarmoq” rahbari — Bangladesh fuqarosi hibsga olingan. Gumondorlardan biri bo‘lgan Nepal fuqarosi esa metanol qanday tayyorlanganini va sotilganini tushuntirib bergan.
Izoh (0)