Ushbu buterbrodni tayyorlash uchun ortiqcha mahsulot talab qilinmaydi va tayyorlanish jarayoni ham ortiqcha vaqt olmaydi. Buterbrodni issiq va sovuq holda ham iste’mol qilish mumkin.
Kerakli mahsulotlar:
- Baton non — 4 bo‘lak
- Kolbasa — 30 gramm
- Pishloq — 30 gramm
- Xantal — 2 choy qoshiq
- Saryog‘— 10 gramm
- Tuxum — 1 dona
- Salat bargi
- Tuz
- Sut — 1 choy qoshiq
- O‘simlik yog‘i
- Baton bo‘lagiga saryog‘ va xantal surting.
- Uning ustiga kolbasa va pishloq qo‘ying.
- Nonni ikkinchi bo‘lagini yoping.
- Idishga tuxum, tuz va sut qo‘shib sanchqi bilan aralashtiring.
- Aralashmaga buterbrodni ikki tarafini botirib oling.
- Tovani qizdirib, o‘simlik yog‘ini soling.
- Buterbrodni tillarang bo‘lgunicha qovuring.
- Tayyor buterbrodni pomidor va ko‘katlar, salat bargi bilan bezatib dasturxonga torting.