Bugungi olcha bilan pishiriladigan pirog juda mazali bo‘lib, bunda muzlatilgan, konservalangan yoki yangi uzilgan olchalardan foydalanishingiz mumkin.
Olchaning nordon mazasi shirinlikka o‘zgacha ta’m bag‘ishlaydi.
Kerakli mahsulotlar:- Olcha — 500 gr
- Tuxum 5-6 dona
- Sariyog‘ — 200 gr
- Shakar — 280 gr
- Un — 220 gr
- Razrixlitel — 1 choy qoshiq
- Tuxum sarig‘i oqidan ajratib olinadi.
- Tuxum sarig‘iga xona haroratida erigan sariyog‘ va shakar qo‘shib mikser yordamida aralashtiriladi.
- Tuxum oqi alohida idishda yaxshilab aralashtiriladi.
- Tuxum sarig‘idan tayyorlangan aralashmaga un xohishga qarab razrixlitel qo‘shiladi.
- Aralashmaga tuxum oqi asta-sekinlik bilan kam-kamdan qo‘shiladi. Xamir tayyor.
- Shirinlik pishirishga mo‘ljallangan idish chetiga xamir yopishib qolmasligi uchun yog‘ surtib un sepiladi.
- Xamir solinadi va qizigan pechga 180 darajaga qo‘yiladi.
- Bir necha daqiqadan keyin xamir pechdan olinadi va olchalar terib chiqiladi.
- Pechga qayta 40-45 daqiqaga qo‘yiladi.
- Pirog usti qizg‘ish bo‘lganida pishgan hisoblanadi.
Mavzuga doir:
- Iftorlikka to‘yimli va tez tayyor bo‘ladigan “lo‘la kabob”
- Saharlikka odjahuri tayyorlang. Gruzincha mazali taom retsepti
- Iftorlik dasturxonini ozarbayjoncha ko‘katli cheburek bilan bezang
- Saharlik va iftorlikka o‘z qo‘lingiz bilan non pishiring: turkcha simit retsepti
- Iftorlikka tez hazm bo‘ladigan, sabzavotli “ragu” tayyorlang
- Turk oshxonasining eng mazali nonushtasi — menemen tayyorlaymiz!