Foydali va mazali mazkur taomni istalgan garnir bilan dasturxonga tortish mumkin.
Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
- Jigar — 600 gr
- Smetana — 300 gr
- Suv — 100 ml
- Piyoz — 2 dona
- Un — 2-3 osh qoshiq
- Sut — 1 piyola
- O‘simlik yog‘i — ta’bga qarab
- Tuz, murch — ta’bga qarab
- Jigarni idishga soling va ustiga sut quying.
- Piyozni mayda to‘g‘rab, qizigan o‘simlik yog‘iga solib qovuring.
- Yarim soatdan keyin jigarni olib “salfetka” ustiga qo‘yib, quriting, ta’bga qarab tuz seping.
- Jigarni unga yaxshilab bulg‘ab oling.
- Jigarni alohida tovada, qizigan o‘simlik yog‘iga solib qovuring.
- Ustiga qovurilgan piyoz, tuz va murch soling.
- Smetana va suvni qo‘shib aralashtiring, aralashmani tovaga quying.
- Taom past olovda 15 daqiqa pishishi kerak.
- Tayyor bo‘lgan qaylali jigarni grechka, makaron yoki guruch bilan qo‘shib iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Mavzuga doir:
- Iftorlik dasturxonini olchali pirog bilan bezang
- Iftorlikka to‘yimli va tez tayyor bo‘ladigan “lo‘la kabob”
- Saharlikka odjahuri tayyorlang. Gruzincha mazali taom retsepti
- Iftorlik dasturxonini ozarbayjoncha ko‘katli cheburek bilan bezang
- Saharlik va iftorlikka o‘z qo‘lingiz bilan non pishiring: turkcha simit retsepti
- Iftorlikka tez hazm bo‘ladigan, sabzavotli “ragu” tayyorlang
- Turk oshxonasining eng mazali nonushtasi — menemen tayyorlaymiz!
Izoh (0)