Iftorlikka to‘yimli shu bilan birga vitaminlarga boy taom iste’mol qilish kerak, yengil hazm bo‘ladigan bo‘lsa yana yaxshi. E’tiboringizga sabzavotlardan tayyorlanadigan “ragu” retseptini taqdim qilamiz.

Foto: “Kulinarissimo”

Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Pomidor 7 dona
  • Baqlajon 4 dona
  • Bodring 4 dona
  • Sarimsoq piyoz 3 dona
  • Quritilgan rayhon — 2 osh qoshiq
  • O‘simlik yoki zaytun yog‘i — 50 gramm
  • Zafaron — 1 osh qoshiq

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Barcha sabzavotlarni yuvib, artib, yirik “kubik” shaklida to‘g‘rang.
  2. Sarimsoq piyozni maydalab unga tuz va ziravorlar: zafaron, rayhon kukuni va murch qo‘shing.
  3. Sabzavotlarni pechga qo‘yish mumkin bo‘lgan idishga solib, ustidan zaytun moyini soling.
  4. Pechga 20 daqiqaga qo‘ying.
  5. Pechdan olib sarimsoqli ziravorlarni qo‘shib aralashtiring va yana yarim soatga pechga qo‘ying.

Mazkur taomning o‘zini yoki go‘sht, baliq hamda tovuq bilan birga qo‘shib iste’mol qilish mumkin.

Yoqimli ishtaha!