E’tiboringizga fransuzcha, sabzavotlardan tayyorlanadigan “ratatuy” retseptini havola etamiz. Mazkur taom vitaminlarga boy, foydali va mazaliligi bilan sizni lol qoldirishi aniq.
Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
Sousi uchun:
- Bulg‘or qalampiri — 350 gr
- Pomidor — 350 gr
- Piyoz — 20 gr
- O‘simlik yog‘i
- Baqlajon — 500 gr
- Qovoqcha — 500 gr
- Pomidor — 500 gr
- Sarimsoq piyoz 1 dona
- Ko‘katlar
- Tuz va murch
- Bulg‘or qalampirini 180-190 darajali pechda yarim soat davomida pishirib olamiz.
- Pishgan bulg‘or qalampirini sovitib “kubik” shaklida to‘g‘raymiz.
- Piyozni mayda qilib to‘g‘raymiz.
- Pomidor po‘stini artib “kubik” qilib to‘g‘raymiz.
- O‘simlik yog‘ida piyozni qovurib olamiz.
- Bulg‘or qalampirini qo‘shamiz, 3 daqiqadan keyin pomidor va tuz solamiz. 7 daqiqa davomida soklari ajralib, shira kiradi.
- Blender bilan aralashmani sous holiga keltiramiz.
- Sousni tovaga solamiz.
- Baqlajon, qovoqcha va pomidorni dumaloq shaklda kesib olamiz.
- Tovadagi sous ustiga sabzavotlarni terib chiqamiz.
- Ko‘kat va sarimsoqni to‘g‘rab o‘simlik yog‘i, tuz va murch solib aralashtiramiz.
- Taom ustiga sepamiz.
- Tovani pechga sabzavotlar tayyor bo‘lgunicha qo‘yamiz.
Mavzuga doir:
- Iftorlikka to‘yimli va tez tayyor bo‘ladigan “lo‘la kabob”
- Saharlikka odjahuri tayyorlang. Gruzincha mazali taom retsepti
- Iftorlik dasturxonini ozarbayjoncha ko‘katli cheburek bilan bezang
- Saharlik va iftorlikka o‘z qo‘lingiz bilan non pishiring: turkcha simit retsepti
- Iftorlikka tez hazm bo‘ladigan, sabzavotli “ragu” tayyorlang
- Turk oshxonasining eng mazali nonushtasi — menemen tayyorlaymiz!
Izoh (0)