Ushbu sho‘rva yengil hazm bo‘ladi, vitaminlarga boy va mazaliligi bilan o‘ziga xosdir.
Uni tayyorlash uchun bizga quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
- Qiymali aralashma (qiymalagichdan chiqarilgan go‘shtga piyoz, tuz va ziravorlar qo‘shilgan) – 240 gr
- Loviya (konservalangani bo‘lsa yana yaxshi) – 800 gr
- Guruch – 150 gr
- O‘simlik yog‘i – 1 osh qoshiq
- Suv – 4 stakan
- Ko‘katlar
- Tuz va ziravorlar
- Qozonga o‘simlik yog‘i solib qizdiring.
- Qiymali aralashmani soling va uni jigarrang bo‘lgunicha taxminan 5 daqiqa qovuring.
- Loviya va guruch soling, ustida suv quyib qaynating.
- Qaynab chiqqanidan keyin olovni pasaytirib, qozon qopqog‘ini yoping, taom past olovda miltillab qaynasin.
- Tayyor bo‘lgan taom ustini bir qoshiq mayonezga aralashtirilgan ko‘katlar bilan bezang.
Mavzuga doir:
- Iftorlikka to‘yimli va tez tayyor bo‘ladigan “lo‘la kabob”
- Saharlikka odjahuri tayyorlang. Gruzincha mazali taom retsepti
- Iftorlik dasturxonini ozarbayjoncha ko‘katli cheburek bilan bezang
- Saharlik va iftorlikka o‘z qo‘lingiz bilan non pishiring: turkcha simit retsepti
- Iftorlikka tez hazm bo‘ladigan, sabzavotli “ragu” tayyorlang
- Turk oshxonasining eng mazali nonushtasi — menemen tayyorlaymiz!
Izoh (0)