Har kuni nima pishirishni bilmay boshi qotgan uy bekalari uchun o‘ziga xos salat retseptini havola qilamiz.
Salat uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
- Tovuq filesi — 500 gr
- Tuxum — 5 dona
- Piyoz — 1 dona
- Mayonez — ta’bga qarab
- Ko‘katlar
- Tuz, murch — ta’bga qarab
- Bulg‘or qalampiri 1 dona
- O‘simlik yog‘i
- Tovuq filesini qaynatib oling, pishganidan so‘ng sovuting va to‘g‘rang.
- Piyozni mayda “kubik” qilib to‘g‘rang va sirka qo‘shing.
- Tuxumni idishga chaqib tuz qo‘shing, yaxshilab aralashtiring va o‘simlik yog‘iga solib ikki tarafini ham qovuring.
- Pishgan quymoqni somoncha shaklida to‘g‘rang.
- Bulg‘or qalampirini ham somoncha shaklida to‘g‘rang.
- Mahsulotlarni bir idishga solib, mayonez, ko‘kat va tuz qo‘shib yaxshilab aralashtiring.
Mavzuga doir:
- Iftorlik dasturxonini tovuqli beshbarmoq bilan bezaymiz
- Iftorlikka to‘yimli va tez tayyor bo‘ladigan “lo‘la kabob”
- Saharlikka odjahuri tayyorlang. Gruzincha mazali taom retsepti
- Iftorlik dasturxonini ozarbayjoncha ko‘katli cheburek bilan bezang
- Saharlik va iftorlikka o‘z qo‘lingiz bilan non pishiring: turkcha simit retsepti
- Iftorlikka tez hazm bo‘ladigan, sabzavotli “ragu” tayyorlang
- Turk oshxonasining eng mazali nonushtasi — menemen tayyorlaymiz!
Izoh (0)