Do‘lma tayyorlashni yaxshi ko‘rasiz, lekin oshxonada ko‘p vaqt ketkazishni istamaysizmi? Unda quyidagi retsept siz uchun.
Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
- Qiyma — 400 gr
- Guruch — 1 piyola
- Karam — 200 gr
- Sabzi 1 dona
- Piyoz 1 dona
- Ko‘katlar
- Tuxum 1 dona
- O‘simlik yog‘i — 2-3 qoshiq
- Tuz — ta’bga ko‘ra
- Murch
- Tomat pastasi
- Smetana — 3-4 piyola
- Tovada qizigan o‘simlik yog‘ida “kubik” qilib to‘g‘ralgan piyozni qovuring.
- Piyozdan keyin qirg‘ichdan chiqarilgan sabzini solib qovuring.
- Piyoz va sabzi yumshaganida unga karam qo‘shib 3—4 daqiqa qovuring.
- Guruchni 1:1 suvda, baland olovda pishirib oling.
- Sabzavotlar va guruchni qo‘shib aralashtiring.
- Go‘shtli qiyma, ko‘kat, tuz qo‘shing.
- Tuxum qo‘shing va sabzavotlarni qo‘shib aralashtiring.
- Qo‘llaringizni namlab aralashmadan sharcha yashang.
- Do‘lmalarni tovada qizigan o‘simlik yog‘iga solib tillarang bo‘lgunicha qovuring.
Mavzuga doir:
- Iftorlikka to‘yimli va tez tayyor bo‘ladigan “lo‘la kabob”
- Saharlikka odjahuri tayyorlang. Gruzincha mazali taom retsepti
- Iftorlik dasturxonini ozarbayjoncha ko‘katli cheburek bilan bezang
- Saharlik va iftorlikka o‘z qo‘lingiz bilan non pishiring: turkcha simit retsepti
- Iftorlikka tez hazm bo‘ladigan, sabzavotli “ragu” tayyorlang
- Turk oshxonasining eng mazali nonushtasi — menemen tayyorlaymiz!
Izoh (0)