AQShning birinchi xonimi so‘nggi paytlarda Amerika OAVlarida o‘ta faol ravishda ko‘rinish bera boshladi, deb yozadi Meduza. Bunda gap rasmiy tashriflar yoki shohona ziyofatlar haqida bormayapti. Aksincha, Mishel Obama tortinmasdan raqs tushmoqda va barcha xatti-harakatlari bilan o‘zining oddiy odamligini ko‘rsatmoqda.
Chunonchi Obama xonim maktabgacha bo‘lgan bolalar uchun Sunny Side Up Show, Jimmi Fellon va Ellen DeJeneres shoularida o‘zining raqsga tushish qobiliyatini ko‘z-ko‘z qildi. Quyida ushbu ko‘rsatuvlardan olingan lavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.
Izoh (0)