Jahon siyosatidagi navbatdagi qaynoq masala Eron yadro dasturi atrofidagi vaziyat bo‘ladi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.
“Oldinda qiziqarli kunlar kutmoqda”, dedi Tramp. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron yadro quroliga ega bo‘lishig yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

“Muhokama qilinadigan navbatdagi mavzu Eron bo‘ladi. Oldinda Eronni qiziqarli kunlar kutmoqda. Hozircha men sizga faqat shuni ayta olaman”, deb ta’kidladi Amerika rahbari Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda.
“Eron haqida gap ketganda, biz oxirgi manzilga yetib keldik. Qiziqarli vaqt bo‘ladi. Ko‘ramiz, nima bo‘lishini. Biz oxirgi joyga yetib keldik. Ular yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, dedi Tramp.
U “tez orada nimadir sodir bo‘ladi” deb prognoz qilgan. “Tinchlik kelishuviga erisha olamiz deb umid qilaman. Men buni kuchli yoki kuchsizligimiz uchun aytmayapman, shunchaki boshqa variantdan ko‘ra tinchlik bitimini afzal ko‘rishimni aytyapman. Ammo boshqa variant muammoni hal qiladi”, deya ta’kidladi AQSH prezidenti.
Izoh (0)