• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12917.1
    • RUB160.14
    • EUR14460.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda yalpi hududiy mahsulot hajmi 2024-yilda 71,6 trillion so‘mga yetdi

    Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripov ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Kasbiy ko‘nikmalar markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari, respublika davriy nashrlari, intnrnet nashrlari, telekanallarining viloyatimizdagi muxbirlari, jurnalist va blogerlar, jamoatchilik vakillari, qolaversa, mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdilar.

    Foto: Buxoro.uz

    Matbuot anjumanida so‘z olgan viloyat hokimi Botir Zaripov tadbir qatnashchilari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, bloger va jurnalistlarni muborak Ramazon oyi, bahor ayyomi bilan samimiy muborakbod etib, o‘tgan yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shahar va tumanlarda jumladan, qishloq xo‘jaligi, sanoat va ishlab chiqarish, qurilish, sog‘liqni saqlash, yoshlar taʼlimi, sport, investitsiya, sayyohlik sohalarida, boshqa muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, joylarda ishsizlikni bartaraf etish, kambag‘allikni qisqartirishda joriy yilda jadal boshlangan saʼy-harakat, ro‘yobga chiqarilayotgan loyihalar xususida atroflicha maʼlumot berdi.  

    Eʼtirof etilganidek, Vatanimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi insonga, uning erkin hayoti, qadr-qimmati va farovonligiga qaratilgan bo‘lib, bu borada “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida 100 ta muhim maqsad va yo‘nalish belgilab berilgan. Shundan kelib chiqib, viloyatda aholining turmush tarzini yaxshilash, yangi korxonalarni tashkil qilish, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, turmush tarzini yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 

    Tahlillardan ko‘rinishicha, iqtisodiyot sohasida yalpi hududiy mahsulot hajmi 2024-yil yakuni bilan 71,6 trillion so‘mga yetkazilib, bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 106,6 foizga oshishiga erishilgan. Aholi bandligini taʼminlash dasturlari doirasida 2024-yilda jami 236 ming nafar aholining bandligi taʼminlangan.

    Foto: Buxoro.uz

    Chunonchi, xorijga chiqib ketgan mehnat migrantlarining 608 nafari tartibli mehnat migratsiyasi bilan qamrab olingan va 3 ming 647 nafar fuqaro mutaxassislikka o‘qitilgan. Bu saʼy-harakat tufayli hududda kambag‘allik darajasini 2023-yildagi 11,8 foizdan 2024-yil yakuni bilan 7,3 foizgacha tushirishga erishilgan. 

     Prezident tomonidan tadbirkorlarga yaratilgan shart-sharoit va berilgan imkoniyatlarni inobatga olib, tadbirkorlik subyektlari soni Buxoro viloyatida 35,4 mingtaga yetkazilib, bu 2023-yilga nisbatan 10,6 mingtaga ko‘paygan. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklari tomonidan 2024-yilda 6,5 trillion so‘m kredit mablag‘i ajratilgan. Muhimi, bugunga kelib 76 ming nafar fuqaro aynan shu korxonalarda mehnat qilishib,  moddiy manfaat topishmoqda.

    Masalan, yangidan ish boshlagan korxonalar qatorida Buxoro shahridagi "Buxara Nekst jenereyshn produkt" MCHJni sanab o‘tish joiz. Bu yerda qiymati 120 million AQSH dollariga teng, quvvati 2 million dona elektrotexnika va maishiy texnika vositalari (televizor, konditsioner, kir yuvish mashinasi, chang yutgich, elektrochoynak va mikroto‘lqinli pech) ishlab chiqarish loyihasini ishga tushirish hisobiga 2 mingta  yangi ish o‘rni yaratilgan. 

    Xuddi shunday, Peshku tumanida “Buxoro Peshtex” MCHJ faoliyatini kengaytirib, subyektda qiymati 190,6 milliard so‘mlik, yiliga 5 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilgani mahalliy aholi vakillarining 200 nafardan ortig‘ini ish bilan bandligini taʼminlamoqda.  

    Yoki Olot tumanida “Arev Gurleshik” MCHJ qo‘shma korxonasi tomonidan elektr energiyasi taʼminotida transformator punktlari va quvvatlash stansiyalarini ishlab chiqarishni tashkil qilish loyihasi amaliyotga joriy qilingan. Bu tashabbus doirasida 15,1 million AQSH dollariga teng to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtirilgan.  

    Foto: Buxoro.uz

    Shuningdek, qurilish-bunyodkorlik sohasida 2024-yilda Buxoro viloyatida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida umumiy qiymati 991,3 milliard so‘m mablag‘ evaziga 137 ta obyektni yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlari bajarilgan. Jumladan, 42 ta umumtaʼlim maktabi, 11 ta maktabgacha taʼlim, 12 ta sog‘liqni saqlash, 1 ta oliy taʼlim muassasasida, 3 ta sport inshootida mukammal taʼmirlash va qurilish ishlari olib borilgan. Ifratuzilma obyektlarini rivojlantirish maqsadida 15 ta ichimlik suv taʼminoti, 9 ta avtomobil yo‘li, 11 ta irrigatsiya, 6 ta melioratsiya inshooti, 6 ta elektr taʼminoti obyekti yangidan qurilgan. 

    Yana bir muhim tarmoq, o‘tgan yilda viloyatda aholining uy-joyga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 127 ta, jami 6010 ta xonadonli ko‘p qavatli uy-joy zamonaviy andozalar asosida qurib foydalanishga topshirilgan. Jumladan, Qorako‘l va G‘ijduvon tumanlaridagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarida jami 360 xonadonga ega bo‘lgan 18 ta ko‘p qavatli turar joy inshooti, qolaversa, yangicha tartib va dizayn asosida viloyatimizning boshqa hududlarida 109 ta, jami 5 ming 650 xonadonli ko‘p qavatli uy-joy barpo qilinib, asosan yosh oilalarga foydalanishga topshirilgan. 

    Bundan tashqari, Buxoroda sayyohlik tizimini rivojlantirish, ziyorat turizmi bo‘yicha ham katta salohiyat shakllangan. O‘z navbatida, sayyohlarga zarur infratuzilmani yaratish maqsadida mehmonxonalar soni 607 taga, sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi turistik korxona soni esa 186 taga yetkazilgani munosib yutuqlardan, albatta. Sohadagi islohotlar tufayli vilooyatimizda “Vindham”, “Merkuriy”, “Sahid” kabi xalqaro brendlarga xos bo‘lgan 2 ta 4 yulduzli va 4 ta 3 yulduzli mehmonxona qatorida “Hayat Rejensi”, “Hilton”, “Ramada” kabi xalqaro brendlar ish boshlash arafasida.

    Yana bir muhim loyihalardan, Bahouddin Naqshband majmuasida 500-600-yil avval bunyod qilingan “Toqi Miyona” ziyorat yo‘lagi qayta tiklandi.

    Foto: Buxoro.uz

    Buxoro viloyatida tarixiy ahamiyatga ega turizm namoyish inshooti soni esa 300 tadan oshdi. Ziyorat turizm yo‘nalishida Singapurda bo‘lib o‘tgan “Halal In Travel — Global Summit 2024” umumjahon sammitida “Halal In Travel — Global Summit2024” mukofoti Buxoroga topshirildi. 2024-yil noyabrda “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” doirasida Vobkentda “Shirin” turizm qishlog‘i va G‘ijduvonda “Qo‘rg‘on” turizm mahallasi maqomini oldi. Umuman, hozirda viloyatning 9 ta tumanidagi 11 ta hududida “turizm qishlog‘i” tashkil etilishi bo‘yicha amaliy saʼy-harakat olib borilmoqda. 

    Amerikaning mashhur yetakchi New York Times nashri Buxoro shahrini 2025-yilda tashrif buyurishga eng munosib joylar ro‘yxatiga kiritdi. Endilikda 2025-yilda Buxoro tarixiy markazida Jahon miqyosida anʼanaga aylangan yirik Xalqaro tasviriy-sanʼat anjumani (biyennalesi)ga tayyorgarlik ishlari boshlangan.

    O‘z navbatida, matbuot anjumanida hozir bo‘lgan ommaviy axborot vostalari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan qator savollarga viloyat hokimi hamda mutasaddilardan atroflicha javob oldilar. 

    6 mart, 23:28   Izoh (0)   2549
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #buxoro#botir#zaripov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston axborot-kutubxona sohasida 45 nafar xodim “Axborot va kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

    25.05.2023, 18:32

    Botir Zaripov Buxoro viloyatidagi qator hokimlarga qattiq ogohlantirish berdi

    08.06.2023, 13:27

    Prezident saylovida ko‘rinish bergan hokimlar (foto, video)

    09.07.2023, 16:54

    Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at va OAV sohalari xodimlarini mukofotladi 

    26.08.2023, 21:31

    Zoir Mirzayev Jomboyda, Ulug‘bek Qosimov Qamashida, Akmaljon Mahmudaliyev esa Farg‘onada: viloyat hokimlari qaysi maktablarda tahsil olgan? 

    04.09.2023, 18:41

    Olot tumanidagi cho‘l massivlarida 40 ming gektardan ziyod hududda saksovul ekiladi

    04.02.2024, 20:20

    Buxoroda issiqlik ta’minoti va issiq suv bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlandi

    31.03.2024, 13:10

    Buxoro shahriga yangi hokim tayinlandi

    01.05.2024, 09:07

    Prezident Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlarni mukofotladi

    27.06.2024, 19:53

    Sudyalar oliy kengashida yangi tayinlovlar amalga oshirildi 

    18.07.2024, 10:50

    Sanʼatkorlardan o‘qituvchilargacha: Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida qator soha vakillarini mukofotladi

    24.08.2024, 15:32

    Botir Zaripov, Xayrullo Bozorov va Murotjon Azimov viloyat hokimi lavozimiga tasdiqlandi 

    06.11.2024, 20:10

    Prezidentning Yaqin Sharqdagi nizo bo‘yicha fikrlari, Cobalt ustiga tog‘dan tushgan tosh, viloyatlarda hokimlar tasdiqlanishi: 6-noyabrning eng muhim xabarlari 

    06.11.2024, 22:45

    Prezident tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotladi 

    08.11.2024, 20:45

    Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi, kuchga kirgan yangi qonunlar, Andijon viloyati bo‘yicha yig‘ilish: 18-noyabrning eng muhim xabarlari 

    18.11.2024, 23:20

    Buxorodagi uchta tuman va bitta shaharda hokim o‘zgardi

    30.11.2024, 18:25

    Afg‘oniston O‘zbekiston bilan aloqalarni mustahkamlamoqchi

    03.12.2024, 19:09

    Elektrikdan fan doktorigacha: O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki yillarida viloyatlarga rahbarlik qilgan amaldorlar 

    2 yanvar, 14:54

    Soxtalashtirilgan tarix, matni o‘zgartirilgan Mustaqillik deklaratsiyasi, hamon qulfdagi 100 yillik arxiv hujjatlari: tarixchi olim bilan suhbat

    3 fevral, 16:28

    Prezident Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh ayollarni mukofotladi

    4 mart, 20:11

    O‘zbekistonda pensiyalar to‘lovi bo‘yicha ma’lumot berildi

    4 mart, 21:25

    O‘zbekistonda 6-martdan harorat ko‘tarila boshlaydi

    5 mart, 15:19

    O‘zbekistonning qator hududlarida 7-mart kuni yomg‘ir yog‘adi

    6 mart, 13:23

    Andijondagi maishiy xizmat ko‘rsatish binolarida 246 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi

    5 mart, 20:15

    Sirdaryodagi korxona 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan o‘g‘rincha foydalangani fosh bo‘ldi

    5 mart, 21:15

    O‘zbekiston—Gruziya o‘rtasida savdo hajmi 1 mlrd dollarga yetkazilishi rejalashtirilmoqda

    5 mart, 22:41

    Yangi mavsum Superliga klublari qaysi brend liboslaridan foydalanishi ma’lum (foto)

    6 mart, 13:20

    Buxoroda 20 yoshli yigitning oshqozon-ichagidan 5 ta to‘g‘nog‘ich va 6 ta mix olib tashlandi 

    6 mart, 12:22

    Gruziya bosh vazirining Toshkentga safari: O‘zbekiston “Kavkaz yuragi” orqali nimalarni reja qilmoqda?

    6 mart, 15:56

    Namanganda xonadonlardan biri 3,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi 

    6 mart, 18:10

    O‘zbekistonda fevral oyida yog‘ingarchilik me’yordan kam bo‘ldi

    6 mart, 21:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy Rossiya urushni tugatish uchun “noreal” shartlar qo‘yayotganini aytdi

    Dunyo | 18 may, 23:55

    Rossiyadagi koloniyadan tunnel qazib qochgan 5 nafar o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 18 may, 23:25

    Superliga. “Paxtakor” yirik hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 18 may, 23:15

    Dunyoda 300 mln odam ochlikdan o‘lishi mumkin

    Dunyo | 18 may, 23:00

    Superliga. “Xorazm” “Mash’al”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 may, 22:18

    Video: 105 yashar otaxonni haj safariga kuzatayotgan Namangan hokimi

    O‘zbekiston | 18 may, 22:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.