Rossiya Qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi bo‘linmalari Ukraina harbiylariga zarba beruvchi dronlar yordamida hujum qilishning yangi taktikasini qo‘llay boshladi. Bu haqda Forbes xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, dron yo‘l ustida parvoz qilib turish o‘rniga, nishon uning yonidan o‘tishini yerga qo‘ngan holda kutadi. Bu usul qimmatbaho akkumulyator quvvatini tejash imkonini beradi. Ukraina harbiy texnika kolonnasi yonidan o‘tgach, dron yana havoga ko‘tariladi.
Uchuvchisiz samolyot havoga ko‘tarildi, kolonnani ta’qib qilib, yuk ortilgan pikap tomon yo‘l oldi. Drondan olingan video uzilib qolgan, shuning uchun u nishonga tegdimi yoki yo‘qmi, noma’lum. Nima bo‘lganda ham, u juda yaqin uchib o‘tdi, deyiladi xabarda.
Forbes sharhlovchisi Devid Aksning tushuntirishicha, bunday taktika yangi emas, chunki bir necha oydan beri eng yaxshi ukrainalik dron operatorlari shunday qilmoqda, chunki yondashuvning o‘zi mahorat va operatsiyalarni puxta rejalashtirishni talab qiladi.
Agar radioboshqaruvli dron noto‘g‘ri joyda ishga tushirilsa, operator aloqani yo‘qotishi mumkin. Agar optik tolali dron noto‘g‘ri joyda qo‘ndirilsa, uning signallarni uzatish va qabul qilish uchun ishlatadigan optikasi chigallashib ketishi mumkin, deya ta’kidladi Aks.
Bundan tashqari, tahlilchi Endryu Perpetuaning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklar yo‘llarning qatnov qismida pistirmalar ham qurmoqda.
RF qurolli kuchlari yo‘llarga dronlarni qo‘ndirib, ularni yonidan o‘tib ketayotgan avtomobillar ostida portlatish orqali tuzoqlar tashkil qilmoqda. Bu dronlar, ehtimol, yuqoriga yo‘naltirilgan zaryadlardan foydalangan holda tankka qarshi minalar kabi ishlaydi, ta’kidladi Perpetua.
Izoh (0)