Hindistonda zavoddagi portlashda 39 kishi halok bo‘ldi Portlash payti zavodda 140 kishi bo‘lgan. Vayronalar ostida odamlar qolgani aytilmoqda Hindistonning Sigachi Industries SIGC.NS kimyo zavodida 30-iyun kuni portlash va yong‘in yuz berdi. Oqibatda halok bo‘lganlar soni 39 kishiga yetdi. Bu haqda CNN xabar berdi. Foto: CNN Hodisa oqibatida zavod 90 kunga ish faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan. Obyekt Telangana shtatida joylashgan, hukumat hodisani tekshirish uchun 5 kishidan iborat qo‘mita tuzgan . ...
QIDIRUV NATIJALARI: 93236
... aytishicha, qaror “butun dunyo bo‘ylab boshqa davlatlarga ...
“Isroil G‘azoda 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish shartlariga rozi bo‘ldi” — Tramp Kelishuvda HAMASning ham manfaatlari hisobga olingani ma’lum qilindi AQSH prezidenti Donald Tramp 1-iyul kuni Isroil G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishning “zarur shartlariga rozi bo‘lganini” ma’lum qildi. Bu haqda CNN xabar berdi. Foto: CNN HAMASning esa shartlarni qabul qilishi noma’lumligicha qolmoqda. AQSH va Isroil ma’muriyatiga ko‘ra, HAMAS kelishuvga baribir rozi bo‘ladi. Tramp Truth Social’dagi postida guruhning ...
Putin 2022-yildan beri ilk bor Makron bilan telefonda muloqot qildi Prezidentlar Ukrainadagi urush, Yaqin Sharqdagi vaziyat va urushni tugatish ehtimoli haqida gaplashdi ">Rossiya prezidenti Vladimir Putin 1-iyul kuni Fransiya rahbari Emmanuel Makron bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu 2022-yil sentyabridan buyon ikki prezident o‘rtasidagi ilk bevosita muloqot bo‘ldi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi. Foto: France 24 ">Muloqot tashabbuskori kim ekani ochiqlanmagan. Davlat rahbarlari Yaqin ...
Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi Aksiyalar Gates jamg‘armasi va 4 ta oilaviy xayriya tashkilotga taqsimlangan Uorren Baffet 27-iyun kuni Gates jamg‘armasi va 4 ta oilaviy xayriya tashkilotga Berkshire Hathaway aksiyalarining 6 milliard dollarini xayriya qildi. Bu haqda CNN xabar berdi. Foto: CNN Milliarder deyarli 20 yil oldin boyligini ulashishni boshlagandi. Ushbu so‘nggi xayriya shu kungacha qilingan eng kattasi sifatida qayd etilmoqda. Taxminan 12,36 million Berkshire ...
3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi Erkak chuqur tushkunlikka tushgan va yaqinlarini yo‘qotgani tufayli ruhiy jarohat olgan. Shundan so‘ng u asta-sekin jamiyatdan uzoqlashib, hatto qarindoshlari bilan ham aloqani uzib qo‘ygan Hindistonda uch yil mobaynida kvartirasidan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi. Bu haqida The Indian Express xabar bermoqda. Foto: Illyustrativ foto Ma’lum qilinishicha, Social and Evangelical Association for Love ( ...
AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi Amerikaning sug‘urta va farmatsevtika kompaniyalari, shifoxonalar va shifokorlarning o‘zlari “kasalliklarni davom ettirishdan” daromad olishadi Amerika fuqarolari dunyodagi eng kasalmand millatga aylandi. Bu haqda 30-iyun kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari sog‘liqni saqlash vaziri kichik Robert Kennedi ma’lum qildi. Foto: Getty Images Uning aytishicha, Amerikaning sug‘urta va farmatsevtika kompaniyalari, shifoxonalar va ...
“Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi 1989-yilda Rossiyada Baykal-Amur magistrali deb nomlangan yirik temiryo‘l tarmog‘i foydalanishga topshiriladi. Bu temiryo‘l Sibirni Uzoq Sharq bilan bog‘laydi va shu tariqa Moskvadan Vladivostokkacha SSSRdan chiqmagan holda borish imkoniyati paydo bo‘ladi. Ungacha mamlakat g‘arbidan sharqiga borish uchun Xitoy va Mo‘g‘uliston hududidan o‘tilardi. BAM qurilishida boshqalar qatori o‘zbekistonliklar ham mehnat qilgan 1989-yilda Rossiyada Baykal- ...
WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan Ma’lumotlardan noqonuniy foydalanishning bevosita dalillari topilmagan, biroq DOGE kamida yettita federal agentlikning maxfiy ma’lumotlariga — NASA shartnomalaridan tortib amerikaliklarning moliyaviy ma’lumotlarigacha kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan Amerikalik tadbirkor va AQSH Davlat boshqaruvi samaradorligi departamenti (DOGE)ning sobiq rahbari Ilon Mask xususiy kompaniyalarga oid maxfiy ma’lumotlarga ega bo‘lgan. Bu haqda ...
Zelenskiy Rossiya bilan bo‘lgan mojarolar fonida Aliyev bilan suhbatlashdi Ukraina prezidenti “Rossiya Ozarbayjon fuqarolarini haqorat qilayotgan va respublikaga tahdid solayotgan vaziyatda” Aliyevga o‘z qo‘llab-quvvatlashini bildirganini ma’lum qilgan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev bilan telefon orqali suhbatlashib, unga Ukraina xalqi va mamlakat hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram ...
Kaliforniyaliklarning 44 foizi shtatning AQSHdan ajralishini xohlashi ma’lum qilindi AQSHdan ajralishni xohlovchi kaliforniyaliklar soni bo‘yicha avvalgi rekord natija 2021-yilning iyun oyida qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda bu ko‘rsatkich 42 foizni tashkil etgan Kaliforniya aholisining 44 foizi shtatning AQSHdan ajralishini istaydi. Bu haqda Newsweek jurnali Kaliforniya Mustaqillik instituti (ICI) direktori Koyot Maringa asoslanib ma’lum qilgan . Foto: Getty Images ICI ma’lumotlariga ko‘ra, YouGov ...
AQSHning global zarba beruvchi quroli — B-2 Spirit samolyoti haqida Ushbu maqolada ayni kunlarda tillarda doston bo‘layotgan, har biri qariyb 2 mlrd dollar turuvchi, AQSH harbiy strategiyasining yadrosi — B-2 Spirit strategik bombardimonchi samolyotining yaratilish tarixi, xususiyatlari va bu samolyotlar ishtirokida o‘tgan harbiy missiyalar haqida so‘z yuritiladi 2025-yil 21-iyun kuni tunda AQSHning Missuri shtatidagi Uaytmen havo bazasidan 7 ta B-2 Spirit turidagi strategik bombardimonchi samolyotlar ...
Rossiya Mudofaa vazirligi Ozarbayjonning AZAL reysini yo‘q qilish to‘g‘risida buyruq bergani ma’lum bo‘ldi (foto, video) Unda samolyotga Rossiya Mudofaa vazirligi buyrug‘i bilan o‘t ochilganligi ta’kidlangan. Shuningdek, video va audioyozuvlar hamda texnikaning nosoz holati haqidagi batafsil ma’lumotlar keltirilgan Ozarbayjonning Minval.az nashri 2024-yil 25-dekabr kuni Grozniy shahriga yaqinlashayotgan AZAL Embraer E190 samolyoti urib tushirilgani haqida shov-shuvli ma’lumotlarni e’lon qildi. Ma’lum ...
Eron AQSH bilan muzokaralarni qayta boshlash shartini aytdi Eron tashqi ishlar vaziri Isroil bilan bo‘lgan 12 kunlik qurolli to‘qnashuv davomida Eron “o‘zini himoya qilish qobiliyatini namoyon etgani”ni ta’kidlab, “tajovuz takrorlangan taqdirda” buni yana amalga oshirishga tayyorligini bildirgan Eron AQSH bilan muzokaralarni Vashington islom respublikasiga qarshi hujum qilmaslik bo‘yicha kafolat berganidan so‘ng qayta boshlaydi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi CBS News telekanaliga bergan ...
Falastin tinchlikka erishish uchun AQSH va Saudiya Arabistoni bilan hamkorlik qilmoqda Falastinning BMTdagi doimiy kuzatuvchisi o‘rinbosari Majed Bamiya tinchlikka erishish yo‘li ikki davlatli yechim ekanini ta’kidlagan Falastin rahbariyati AQSH prezidenti Donald Tramp, Saudiya Arabistoni va mintaqadagi boshqa hamkorlar bilan birgalikda tinchlikka erishish yo‘lida ish olib bormoqda. Bu haqda Falastinning BMTdagi doimiy kuzatuvchisi o‘rinbosari Majed Bamiya BMT Xavfsizlik kengashining Yaqin Sharqdagi ...
Tailand Konstitutsiyaviy sudi mamlakat bosh vazirini vaqtincha lavozimidan chetlatdi Bosh vazirning ishi bilan korrupsiyaga qarshi kurashish idorasi shug‘ullanadi. Idoraning qarori Shinavatraning iste’fosiga olib kelishi mumkin Tailand Konstitutsiyaviy sudi 1-iyul kuni bosh vazir Paetongtarn Shinavatrani siyosatchining axloqiy me’yorlarni buzgani haqidagi ish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanmaguncha lavozimidan vaqtincha chetlatdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda. Foto: Reuters Bunga yaqinda hukumat ...
Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari Eron yadroviy obyektlarida ishlar davom etayotganini ko‘rsatdi (foto) AQSH hujumiga uchragan obyektda transport vositalari va kranlar harakati kuzatildi Sun’iy yo‘ldoshdan olingan so‘nggi tasvirlar Eronning AQSH tomonidan bombardimon qilingan Fordo yadroviy boyitish zavodida ishlar davom etayotganini ko‘rsatmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi. Foto: CNN Tasvirlar 30-iyun kuni Maxar Technologies kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan. Unga ko‘ra, yadroviy obyektdagi ventilyatsiya ...
Garvard universiteti yahudiy talabalarning fuqarolik huquqlarini buzgan — Oq uy Universitetga yo‘llangan maktubda yahudiylar diskriminatsiyaga uchragani ma’lum qilindi. Tupurish va kaltaklash holatlari kuzatilgani aytilmoqda AQSH prezidenti ma’muriyati Garvard universitetini isroillik va yahudiy talabalarning fuqarolik huquqlarini buzganlikda aybladi. Bu haqda BBC xabar berdi. Foto: BBC Ushbu ayblov universitetning federal moliyalashtirilishini yanada xavf ostiga qo‘yishi mumkin. Garvardga yuborilgan ...
Britaniya monarxiyasi hukumatdan 118 mln dollar mablag‘ oladi Ushbu mablag‘ qanday maqsadlarda sarflanishi ochiqlandi Britaniya qirollik xonadoni 30-iyun kuni o‘z moliyaviy hisobotini e’lon qilib, hukumatdan yillik 118,50 million dollar mablag‘ olishini ma’lum qildi. Bu haqda CNN xabar berdi. Foto: CNN “Suveren grant” deb ataladigan summa qirollik saroylarini saqlash va qirollik oilasining rasmiy majburiyat to‘lovlarini qoplaydi . Mazkur mablag‘ Britaniya soliq tizimi orqali ta’minlanadi . Buning evaziga ...
Ramzan Qodirov o‘g‘lining to‘yiga qaysi davlatlarning elchisi kelganini aytdi Checheniston rahbari “jahon sporti yulduzlari, fan, madaniyat va din arboblari” ham to‘yda ishtirok etganini aytdi Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 17 yoshli o‘g‘li Adam Qodirovning to‘yiga mahalliy va xorijlik yuqori martabali mehmonlardan kimlar tashrif buyurgani aytdi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida ma’lumot berdi. Foto: Qodirov Telegram kanali Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘li uylangani bilan tabriklash uchun ...
Ozarbayjon Rossiyada fuqarolari qiynoqqa solinib, o‘ldirilgani yuzasidan jinoiy ish ochdi ">Yekaterinburg shahrida OMON tomonidan Ozarbayjonning ikki fuqarosi shafqatsizlarcha kaltaklangach, vafot etgan. Yana bir nechta ozarbayjonlikka og‘ir tan jarohati yetkazilgan ">Ozarbayjon Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan uning fuqarolarini qiynoqqa solinib, o‘ta shafqatsizlik bilan o‘ldirilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Bu haqda mamlakat Bosh prokuraturasi xabar berdi. Foto: “ ...
... yordamini to‘xtatishi tufayli dunyo bo‘ylab 14 milliondan ...
... buklanadigan qurilmalarini butun dunyo bozoriga taqdim etadi ...
Turkiyada payg‘ambarlarni karikatura qilgan 4 nafar shaxs qo‘lga olindi (video) Yuzlab odamlar karikatura sabab namoyishga chiqdi. Hukumat tasvirlarni “provokatsiya” deb baholadi Turkiya politsiyasi 30-iyun kuni Muhammad payg‘ambar va Muso alayhissalomni karikatura qilgan 4 nafar shaxsni hibsga oldi. Bu haqda CNN xabar berdi. Foto: CNN Hibsga olinganlar LeMan satirik jurnalining karikaturachilari va bosh muharriri hisoblanadi. Ularning karikaturasida musulmon va yahudiy erkak qanot hamda boshida doirasimon ...
Rossiyada biometrik ma’lumot topshirmagan xorijliklar mobil aloqadan uziladi Chet ellik fuqarolar endilikda biometrik ma’lumotlarsiz SIM-karta rasmiylashtira olmaydi Rossiyada 1-iyuldan boshlab Yagona biometrik tizimda ro‘yxatdan o‘tmagan chet el fuqarolari mobil aloqadan uziladi. Bu haqda Raqamli rivojlanish vazirligi xabar berdi. Foto: “Vedomosti” 2025-yildan boshlab xorijliklar aloqa operatori bilan faqat biometrik ma’lumotlarni topshirgan taqdirda shartnoma tuzishi mumkin. Ular o‘z nomlariga 10 tagacha ...
... bilan film butun dunyo bo‘ylab 326 milliondan ...
Rossiyaliklar farzandlari uchun xitoylik enagalar yollamoqda — NYT Bunday enagalarning oyligi 5 ming dollargacha yetishi, Rossiyada xitoy tiliga qiziqish kuchayayotgani ma’lum qilindi ">Badavlat rossiyaliklar farzandlari uchun xitoy tilida so‘zlashuvchi enagalarni tobora ko‘proq yollay boshladi. Bu haqda enagalik xizmatlarini ko‘rsatuvchi English Nanny kompaniyasi asoschisi Valentin Gogolga tayanib The New York Times xabar berdi. Foto: Getty Images Xitoy tilida so‘zlashuvchi enagalar Rossiya elitasi ...
... etgan. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar ...
Ilon Mask yangi partiya tuzish bilan tahdid qildi. Tramp javob qaytardi Milliarder soliq imtiyozlari haqidagi qonun loyihasidan norozi, AQSH prezidenti Maskni Janubiy Afrikaga qaytarish bilan tahdid qilmoqda Milliarder Ilon Mask agar AQSH prezidenti Donald Trampning soliq imtiyozlari to‘g‘risidagi qonun loyihasi qabul qilinsa, yangi partiya tuzish bilan tahdid qildi. Foto: AFP Mask qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlaydigan kongressmenlar 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan praymerizda yutqazishini aytgan edi. Agar ...
Eronlik xakerlar Tramp yordamchilarining elektron xatlarini tarqatish bilan tahdid qildi Ular Reuters nashriga aloqaga chiqib, ma’lumotlar sotilishini e’lon qilgan Eronlik xakerlar AQSH prezidenti Donald Tramp yordamchilarinng elektron pochta xabarlarini oshkor qilish bilan tahdid qildi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi. Illyustrativ foto “Robert” taxallusi ostidagi xakerlar Reuters agentligiga 30-iyun va 1-iyul kunlari aloqaga chiqqan. Ular Oq uy ma’muriyati rahbari Syuzi Uayls , AQSH prezidenti advokati ...
Rossiya kuzgacha Odessani bosib olishi va frontni yorib o‘tishi mumkin — FT ">Putin Odessani “tarixan rus shahri” deb biladi va bu boradagi da’volarni ochiq aytgan. Ukraina armiyasining frontdagi holati og‘irlashmoqda ">Ukraina Qurolli kuchlarining frontdagi holati tobora og‘irlashmoqda va kuzga borib yanada keskinlashishi mumkin. Bu haqda Financial Times nashrining xalqaro aloqalar bo‘limi bosh sharhlovchisi Gideon Raxman ma’lum qildi. Foto: AFP Uning ta’kidlashicha, Rossiya ham, Ukraina ham deyarli ...
Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni rasman bekor qildi Suriyaning Isroil bilan munosabatlari kuzatuvda bo‘lishi ma’lum qilindi AQSH prezidenti Donald Tramp 2004-yildan beri amalda bo‘lgan Suriyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda BBC xabar berdi. Foto: BBC Oq uy Suriyaga nisbatan sanksiyalarining bekor qilinishini “barqarorlik va tinchlik sari qadam” deya baholagan. “Qo‘shma Shtatlar qo‘shnilari bilan barqaror, birlashgan va tinch davlat Suriyani qo‘llab ...
Lukashenko aholini “hokimiyat uchun duo qilish”ga chaqirdi Belarus prezidenti mamlakatda “harbiy holatga o‘xshash vaziyat” yuzaga kelganini aytdi ">Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 30-iyun kuni fuqarolarga murojaat qilib, “mamlakatda urush yo‘qligi uchun amaldagi hokimiyatga duo qilishlari va minnatdor bo‘lishlari” kerakligini aytdi. Foto: “TASS” Lukashenko mamlakatda “harbiy holatga o‘xshash vaziyat” yuzaga kelganini ta’kidladi. U buni qishloq xo‘jaligidagi tobora chuqurlashayotgan muammolar bilan ...
Isroil G‘azodagi kafega aviazarba berdi. Qurbonlar bor (video) Halok bo‘lganlarning aksariyati ayollar, bolalar va talabalardir Isroil armiyasi 30-iyun kuni G‘azo shahridagi “ Al-Baqa” kafesiga aviazarba berdi. Oqibatda 40 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar berdi . Foto: CNN Al-Shifo shifoxonasi direktori doktor Muhammad Abu Silmiya kechasi berilgan zarba oqibatida kamida 41 kishi halok bo‘lgani va 75 kishi jarohatlanganini aytgan. Isroil mudofaa kuchlari hodisa “o‘rganilayotganini” ma’lum ...
Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi Rohib Phuketdagi ibodatxonada kamsitishlar tufayli hamkasbini otib tashlagan Tailandning Phuket orolida budda rohibi Vat Khao Rung ibodatxonasida o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi. Bu haqda Bangkok Post xabar bermoqda. Foto: Bangkok post Ma’lum qilinishicha, fojia 29-iyun kuni tongotar paytda sodir bo‘lgan. 47 yoshli rohib Phra Charyak 36 yoshli Phra Naritani monastir turar joy binosining hojatxonasida o‘ldirgan. Qurbonning tanasida to‘rtta o‘q jarohati ...
Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi ChatGPT suhbat tizimi ishga tushirilganidan so‘ng britaniyalik bitiruvchi va amaliyotchilar uchun bo‘sh ish o‘rinlari soni kamida 31,9 foizga qisqargan ChatGPT suhbat tizimi ishga tushirilganidan so‘ng britaniyalik bitiruvchilar va amaliyotchilar uchun bo‘sh ish o‘rinlari soni kamida 31,9 foizga qisqargan. Bu haqda The Guardian nashri ma’lum qilmoqda. Foto: Guardian Talab pasaygani haqidagi ma’lumotlarni Adzuna ish qidirish ...
Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video) Yirtqich hayvon uchish-qo‘nish yo‘lagiga chiqib olishi natijasida o‘nlab reyslar kechiktirilgan Yaponiyaning Yamagata aeroportida qora ayiq sababli ko‘plab reyslar bekor qilindi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi. Foto: The Guardian Hodisa 26-iyun kuni ertalab sodir bo‘lgan. Bo‘yi taxminan 1,2 metr bo‘lgan ayiq o‘rmondan chiqib, aeroport hududiga kirib kelgan va uchish-qo‘nish yo‘lagiga o‘tib ketgan. Aeroport xodimlari uni uzoq ...
Olimlar kompyuterlarni ming barobar tezlashtirish usulini topdi “Termik so‘ndirish” deb nomlangan usul materialning o‘tkazuvchanligini misli ko‘rilmagan aniqlik bilan boshqarish imkonini beradi Shimoli-sharqiy universitetning amerikalik olimlari elektronika ishlashini 1000 marta tezlashtirishi mumkin bo‘lgan materiallarning elektron xususiyatlarini boshqarishning ilg‘or usulini ishlab chiqdi. Bu teragersli protsessorlar yaratilishiga yo‘l ochadi. Tadqiqot natijalari Nature Physics (NatPhys) ilmiy jurnalida ...
Amerikada ming yillar davomida mavjud bo‘lgan xavfli kasallikning genetik izlari topildi Bu kashfiyot kasallik Yangi dunyoga faqat mustamlaka davrida yevropaliklar bilan kirib kelgan degan tasavvurlarni o‘zgartirib yuborgan Xalqaro olimlar guruhi Chilida topilgan taxminan to‘rt ming yillik skeletlarda moxovning eng qadimgi genetik izlarini aniqladi. Bu kashfiyot kasallik Yangi dunyoga faqat mustamlaka davrida yevropaliklar bilan kirib kelgan degan tasavvurlarni o‘zgartirib yuborgan. Tadqiqot natijalari ...
Gretsiyada bolalarni tamaki sotib olishga yuborganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi Endilikda Gretsiyada alkogol va sigareta mahsulotlarni faqat shaxsni tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatilgandagina sotish mumkin Gretsiyada voyaga yetmaganlarni tamaki sotib olishga yuborganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda. Foto: AP Ma`lum qilinishicha, endilikda Gretsiyada alkogol va sigareta mahsulotlarni faqat shaxsni tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatilgandagina sotish mumkin. Gretsiyada voyaga ...
Meksikadagi tashlandiq krematoriyda 381 kishining jasadi topildi Krematoriy 5-6 xonadan iborat kichik bino bo‘lib, unda yuzlab jasadlar “jinoiy beparvolik” oqibatida bir-birining ustiga taxlangan holatda turgan Meksikaning Syudad-Xuares shahridagi krematoriyda kuydirilmagan 381 kishining jasadi topildi. Bu haqda Chiuaua shtati prokuraturasiga asoslanib, La Jornada gazetasi xabar berdi. Foto: La Jornada “Dafn etish agentliklariga xizmat ko‘rsatuvchi muassasa firibgarlik qilgan. Jasadlar kuydirilmagan, ...
... tushuntirishicha, tashabbus butun dunyo bo‘ylab mojaro hududlarida ...
Suriya Isroilga nisbatan 60 yillik hududiy da’volaridan voz kechdi Jo‘lon tepaliklari 1967-yildagi Olti kunlik urushdan so‘ng Isroil tomonidan bosib olingan edi. Shundan buyon Damashq ushbu hududlarni qaytarib berishni talab qilib kelayotgandi Suriya Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar davomida endi Isroil tomonidan anneksiya qilingan Jo‘lon tepaliklarini qaytarib berishni talab qilmayapti. Bu haqda The Times of Israel nashr xabar bermoqda. Foto: Reuters “ ...
Yevropa rahbarlari NATO kechki ziyofatida Trampni Rossiyaga nisbatan qattiqroq siyosat yuritishga undadi Bosimdan maqsad Rossiyani iqtisodiy jihatdan barbod qilish emas, balki Moskvani Ukraina bo‘yicha muzokaralarga qaytishga majbur qiladigan sharoit yaratish ekanligi ta’kidlangan O‘tgan hafta NATOning yopiq kechki ziyofatida Yevropa rahbarlari AQSH prezidenti Donald Trampni Rossiyaga nisbatan qat’iyroq pozitsiya egallashga chaqirdi. Bu haqda Chexiya prezidenti Petr Pavel CNN Prima NEWS’ga bergan suhbatida ...
Polsha snaryadlar ishlab chiqarishni besh baravarga oshirishni rejalashtirmoqda PGZ hozirda yiliga 30 mingta yirik kalibrli snaryad ishlab chiqaradi va uch yil ichida bu ko‘rsatkichni 150-180 mingtaga yetkazmoqchi Polshaning PGZ davlat mudofaa konserni artilleriya snaryadlari ishlab chiqarishni besh baravarga ko‘paytirib, 150-180 ming donaga yetkazmoqchi. Bu haqda mamlakat davlat aktivlari vaziri Yakub Yavorovskiy Financial Times nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi. Foto: Getty Images Uning ...
... namoyish etildi Butun dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan ...
... Bu uning butun dunyo bo‘ylab shifoxonalarga tashrif ...
Pokistonda bomba portlashi oqibatida 13 nafar askar halok bo‘ldi Mamlakat hodisa ortida Hindiston turganini da’vo qildi Pokistonda 28-iyun kuni avtomobil portlashi oqibatida 13 nafar harbiy halok bo‘lib, tinch aholi vakillari yaralandi. Bu haqda BBC xabar berdi. Foto: BBC Mamlakat rasmiylariga ko‘ra, hodisa Afg‘oniston bilan chegara yaqinidagi Shimoliy Vaziriston hududida yuz bergan. Xudkush terrorchi portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan mashinani harbiy karvonga qarab haydagan. Pokiston hujum ortidagi ...