• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    1989-yilda Rossiyada Baykal-Amur magistrali deb nomlangan yirik temiryo‘l tarmog‘i foydalanishga topshiriladi. Bu temiryo‘l Sibirni Uzoq Sharq bilan bog‘laydi va shu tariqa Moskvadan Vladivostokkacha SSSRdan chiqmagan holda borish imkoniyati paydo bo‘ladi. Ungacha mamlakat g‘arbidan sharqiga borish uchun Xitoy va Mo‘g‘uliston hududidan o‘tilardi. BAM qurilishida boshqalar qatori o‘zbekistonliklar ham mehnat qilgan.

    Urush yillarida temiryo‘l qurilishi

    Poyezdlar va temiryo‘llar paydo bo‘lganidan beri ular har qanday mamlakatning rivojlanishi uchun muhim tarmoqlardan biri hisoblanib kelmoqda.

    Hali aviatsiya uncha rivojlanmagan XX asr boshlarida temiryo‘llarning ahamiyatini hech narsaga tenglab bo‘lmas edi. Ayniqsa, Rossiyaday katta hududlarga ega bo‘lgan mamlakatlar uchun temiryo‘llarning qurilishi va faoliyat ko‘rsatishi yanada muhim bo‘lgan.

    Yirik davlat sifatida Rossiya temiryo‘l tarmoqlarini rivojlantirishni Chor imperiyasi davrida boshlagan edi. 1917-yilda sodir etilgan Oktyabr to‘ntarishidan keyin ham mamlakatda temiryo‘l qurish dolzarb masala bo‘lib qolaverdi.

    Moskvaning birdan bir orzusi mamlakat poytaxtini Uzoq Sharq bilan temiryo‘l orqali bog‘lash edi. Bu ishni amalga oshirish o‘sha paytlarda imkonsiz bo‘lgan.

    1925-yilda Sibirdan Uzoq Sharqqa temiryo‘l tortish loyihalari qilina boshlanadi. Ikkinchi tarafdan, Uzoq Sharqdagi turli shaharlarni o‘zaro temiryo‘l bilan bog‘lash ishlari boshlab yuboriladi.

    1930-yillarda ishlar ikki tarafda, Sharqiy Sibir va Uzoq Sharqda imkoniyatlarga qarab davom ettiriladi. Sharoitlar og‘ir, imkoniyatlar cheklangan, o‘rtada juda katta hududda Tayga yastanib yotar edi. Orada Ikkinchi jahon urushi boshlanib ishlar ancha sustlashib qoladi, lekin to‘xtatilmaydi. Urush yillarida Komsomolsk-Amur shahridan Sovet Gavani shahrigacha temiryo‘l tortiladi.

    BAMning Uzoq Sharqdagi xaritasi

    Urush tugagandan so‘ng, temiryo‘lchilar ham barcha qatori mamlakatni tiklash ishlarida qatnashib, urushda vayron bo‘lgan hududlardagi temiryo‘llarni qayta qurish bilan band bo‘ladi.

    1950-yillardan boshlab Sibir va Uzoq Sharqda ishlar yana davom ettiriladi. Ammo, temiryo‘l quruvchilarining ishlariga o‘rmon va botqoqlar juda katta to‘siq bo‘lganligi uchun, temiryo‘l qurilishi juda sekinlik bilan davom etardi. 1970-yillarning boshiga kelib SSSR rahbariyatini ishlarning bunday sust davom etishi qoniqtirmaydi. Ular qurilishni jadallashtirish choralarini ko‘ra boshlaydi.

    BAMning Yoshlar Ittifoqiga berilishi

    1974-yil 15-martda mamlakat rahbari Leonid Brejnev Olmaota shahrida “BAM yaqin besh yillikning eng muhim qurilishi bo‘ladi” deb gapiradi.

    Sovet rahbari Leonid Brejnev BAM quruvchilari bilan

    1974-yil 8-iyul kuni KPSS Markaziy qo‘mitasi va SSSR Ministrlar Sovetining “Baykal–Amur temiryo‘l magistralini qurish haqidagi qaror”i e’lon qilinadi. Shu tariqa, hukumat ushbu qurilishga ko‘p millionli mamlakat yoshlarini jalb etish uchun uni Butunittifoq Komsomol Yoshlar ittifoqi (VLKSM) tasarrufiga topshiradi.

    1974-yil 26-iyulda “VLKSMning XVII syezdi” nomidagi komsomol zarbdor otryadi» tuzilgani e’lon qilinadi. 27-iyulda “Pravda” gazetasida “Baykaldan Amurgacha” nomli maqola e’lon qilinadi. Maqolada muallif SSSR komsomol yoshlarini ushbu qurilishda ishtirok etib, “Vatan oldidagi burchlarini bajarishga” qizg‘in da’vat etgan edi.

    Sovet gazetasida BAM qurilishiga borishga chaqiriq

    Ungacha 1974-yil 27-aprelda Moskvadan BAM qurilishida ishlash xohishini bildirgan komsomol yoshlar bilan to‘la tarixiy poyezd yo‘lga chiqadi.

    Poyezdni Sibirga o‘sha paytda VLKSM, hozirgi ta’bir bilan aytganda Yoshlar ittifoqi rahbari bo‘lgan Dmitriy Filippovning o‘zi boshlab keladi.

    Komsomol yoshlarni BAMga olib jo‘nagan «Zarbdor poyezd»

    Shundan so‘ng, mamlakatning har bir burchagida, har bir tashkilotida BAM qurilishiga yoshlarni jalb qilish boshlanib ketadi. OAV, televideniye, radio butun mamlakat bo‘ylab yoshlarni “Asr qurilishi”ga borishga targ‘ib qila boshlaydi. Tinda shahri BAMning rasmiy poytaxti etib tanlanadi.

    BAM qurishining bitishi

    BAM qurilishi VLKSMga topshirilgandan so‘ng, qurilish ishlari ancha jonlanadi. Turli respublika va shaharlardan kelgan komsomol brigadalar ushbu qurilishida mardona ishlaydi. Shu tariqa temiryo‘l qurilishi jadallik bilan davom ettiriladi.

    temiryo‘l qurilishida komsomol brigadalarning har biriga muayyan topshiriqlar beriladi va ular o‘zaro musobaqalashib ishlaydi. Topshiriq bajarilgach brigadalar navbatdagi qismga o‘tkazilgan. Qurilish ikki tarafda birday olib boriladi. Uzoq Sharqqa temiryo‘l qurilishi uchun kerak bo‘ladigan uskunalar dengiz orqali yetkazib beriladi.

    BAM qurilishi Moskvadagi rahbarlar va’da berganday besh yilda bitmaydi, qurilish 10 yil davom etadi. Nihoyat 1984-yil 29-sentyabrda, Balbuxta razyezdida brigadirlar A.Bondar va I.Varshavskiy boshchiligidagi komsomol brigadalari temiryo‘lni tutashtiradi.

    BAMda ikki tarafning tutashtirilishi, 1984-yil

    1984-yil 1-oktyabrda Kuanda bekatida tantanali marosim uyushtiriladi va SSSR temiryo‘l tarmog‘i mamlakat g‘arbidan Uzoq Sharqqacha yaxlit holga kelgani e’lon qilinadi.

    Umuman olganda BAM faqat 1989-yilga kelib to‘liq holda ishlashga o‘tadi. Ungacha uning turli qismlarida nosozliklar yuz berib, poyezdlar muntazam qatnay olmagan.

    BAM bitganidan keyin Sibir va Uzoq Sharqda unga tutashuvchi ko‘plab temiryo‘l liniyalari ham tortiladi.

    BAMda o‘zbekistonliklar ham ishlagan

    BAM qurilishida boshqa ittifoqdosh respublikalar aholisi bilan birga ko‘plab o‘zbekistonliklar ham ishlagan. O‘zbekistondan borgan qurilish brigadasi “UzBAMstroy” deb nomlangan.

    BAMdagi ko‘plab temiryo‘l bekatlari turli respublika va shaharlardan kelgan komsomol yoshlar brigadalari tomonidan tiklangan. O‘zbekiston yoshlari Kuanda va Leprindo bekatini qurib bergan.

    O‘zbekistonliklar tomonidan qurib berilgan ko‘plab stansiyalar keyinchalik qishloq tipidagi shaharchaga aylangan va ularning aksariyatida bugun “O‘zbekiston” yoki “Toshkent” nomli ko‘cha bor.

    Uray shahridagi O‘zbekiston ko‘chasi

    BAM haqida qiziqarli faktlar

    • BAM SSSR tarixidagi eng ko‘p pul sarflangan qurilish hisoblanadi.
    • Unga qurilish boshlangandan 1991-yilgacha umumiy hisobda 17.7 mlrd rubl sarflangan. Bu mablag‘ o‘tgan asrning 70-80-yillaridagi kurs bilan hisoblaganda 20 milliard AQSH dollaridan oshadi.
    • BAM 1938-1984-yillar davomida qurilgan deb hisoblanadi. Uning umumiy uzunligi 4287 kilometrni tashkil etadi.
    • BAM 11 ta yirik daryoni, 7 ta tog‘ tizmasini kesib o‘tgan.
    • BAMda 8 ta tunnel qurilgan.
    • BAMda 2230 ta katta va kichik ko‘priklar qurilgan. Ulardan 142 tasining uzunligi 100 metrdan oshadi.
    • 2003 yilda BAMda uzunligi jihatdan Rossiyada eng uzun, dunyoda esa 5-o‘rinda turuvchi Muysk temiryo‘l tunneli qurildi. Uning uzunligi 15.343 metrni tashkil etadi.
    • BAM yo‘llarida 200 ta temiryo‘l bekati, 60 shaharcha va shahar tipidagi qishloqlar qurilgan.
    • 1975-yilda SSSR pochtasi BAMga bag‘ishlab bir nechta pochta markasi chiqargan.
    • 2014-yilda Rossiya banki BAMga bag‘ishlab esdalik tangalarini chiqargan.
    • BAM haqida hujjatli filmlar olingan, spektakl va operalar sahnalashtirilgan, asarlar yozilgan, qo‘shiqlar kuylangan.
    • Bugungi kunda ushbu magistraldan sutkada o‘rtacha 8 ta poyezd o‘tadi.

    BAM qurilishi uchun 1975-1976-yillarda Germaniyadan o‘n mingta Magirus-Deutz samosval yuk mashinasi xarid qilingan. Ularni dunyoga mashhur IVECO kompaniyasining Germaniyadagi sho‘ba korxonasi tayyorlab bergan.

    Ushbu yuk mashinalari dizel yoqilg‘isida harakatlangan va ularda havo orqali sovitish tizimi bo‘lgan. O‘shanda SSSRda havo sovitish tizimida ishlaydigan yuk avtomobillari ishlab chiqarilmasdi. Bunday turdagi yuk avtomobillari ishlab chiqaradigan “KamAZ” zavodi Tataristonda keyin qurilgan.

    Muysk tonneli

    BAM qurilishida harbiylar, SSSR qurolli kuchlariga qarashli temiryo‘l qo‘shinlari askarlari ham ishlagan. BAMda, o‘sha paytda SSSR boshliq sotsialistik lagerga kiruvchi davlatlar, Bolgariya, Vengriya va Mongoliyadan kelgan quruvchilar ham mehnat qilgan.

    1945-1974-yillar oralig‘ida BAMning uchdan bir qismi qurilgan edi. Qolgan qismi 1974-1984-yillar oralig‘ida quriladi.

    BAM bitganidan so‘ng u Yaponiya (parom orqali), Xitoyning sharqiy qismi va ikkita koreys davlatini Yevropa bilan temiryo‘l orqali bog‘ladi.

    1997-yilda BAM ikkiga, “Sharqiy Sibir temiryo‘llari” va “Uzoq Sharq temiryo‘llari temiryo‘llari”ga ajratiladi.

    BAM qurilishi bir paytlar SSSRning sharqiy hududlarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynagan bo‘lsa, bugun ham u Rossiya uchun ham ana shunday muhim temiryo‘l tarmog‘i bo‘lib qolmoqda.

    G‘ayrat Yo‘ldosh tayyorladi

    1 iyul, 21:35   Izoh (0)   783
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Rossiya#Yoshlar Ittifoq#Asr qurilishi#Baykal-Amur magistrali

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.