Buyuk Britaniyaning Kent grafligida G‘alaba kuni tadbirlari boshlanishidan bir necha soat oldin Ikkinchi jahon urushi (1939—1945 yillar) davridagi Spitfire qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda Britaniyaning The Times gazetasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 82 yil avval ishlab chiqarilgan samolyot 3-may kuni Folkston shahri yaqinidagi Uest Xayt qishlog‘i atrofidagi dalaga majburiy qo‘nish amalga oshirgan. Uchuvchi va yo‘lovchi jarohat olmagan.
Guvohlarning aytishicha, qiruvchi samolyot “ishdan chiqqan” va “daraxtlarga urilib ketishiga sal qolgan”, so‘ngra dalaga qulab tushgan.
Hodisa joyidan tarqatilgan videolarda samolyotning yerga qulashi ko‘rinadi, ammo portlash belgilari qayd etilmagan.
Voqea joyiga ikkita o‘t o‘chirish mashinasi yuborilgan. Bir kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Samolyotning majburiy qo‘nish sababi aniqlanmagan. Ehtimol, tekshiruv o‘tkaziladi.

“Biz Spitfire samolyotlarimizdan biri bilan sodir bo‘lgan hodisadan xabardormiz. Tayyorlanmagan maydonga majburiy qo‘nish amalga oshirildi. Uchuvchi va yo‘lovchi jarohat olmagan, hozircha bizda qo‘shimcha ma’lumot yo‘q”, deya xabar berdi Fly A Spitfire kompaniyasi.
Izoh (0)