• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Gitlerdan hokimiyatni so‘ragan “Buyuk Germaniya reyxsmarshali”. German Gering haqida nimalarni bilamiz?

    Nyurnberg sudining kursisida u deyarli kulgili ko‘rinardi. Bu semiz odam ko‘proq Uchinchi Reyxning yetakchilaridan biriga emas, balki “Uch baqaloq haqidagi ertak” qahramoniga o‘xshardi. Unga so‘z berilganida, bu xayol g‘oyib bo‘ldi va ayblanuvchi mahkama ayblovchilarini semantik tuzoqqa tushirib, ishni o‘z foydasiga hal qila boshladi. German Gering Gitlerdan kam bo‘lmagan mohir notiq deb bejiz aytilmagan edi. Natsist Germaniyasi reyxsmarshali haqida an’anaviy tarix ruknida “Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov hikoya qiladi

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bismark do‘stining o‘g‘li

    German Gering 1893-yil 12-yanvarda janubi-g‘arbiy Аfrika general-gubernatori Ernst Genrix Gering oilasida tug‘ildi. “Temir kansler” Otto fon Bismark bilan do‘st bo‘lgan Germanning otasi o‘g‘lining ajoyib harbiy martabalar orttirishini orzu qildi.

    German otasining umidlarini ro‘yobga chiqardi. Kadet maktabi va harbiy akademiyani tugatgandan so‘ng u shahzoda Vilgelmning 112-piyoda polkiga fanen-yunker sifatida o‘qishga kirdi. Otasi 1913-yil dekabr oyida — o‘g‘li ofitser bo‘lishidan bir oy oldin vafot etdi.

    Parvoz uchun tug‘ilgan piyoda askar

    Gering Birinchi jahon urushi boshlanishi bilan g‘arbiy frontda piyoda askarlar safida jang qildi. Аmmo uni harbiy yangiliklar o‘ziga jalb qilardi va 1914-yil kuzida u aviatsiya safiga o‘tdi, mohir uchuvchi bo‘lib yetishdi. Gering urushni Germaniya armiyasining eng taniqli elita havo kuchlaridan biri bo‘lgan Rixtgofen 1-qiruvchi eskadroni qo‘mondoni sifatida tugatdi. Uning shaxsiy hisobida urib tushirilgan 22 ta samolyot bor edi. Shu tufayli u Germaniyaning eng yuqori harbiy mukofotlariga sazovor bo‘ldi.

    Аmmo German Geringning g‘alabalari mamlakatni urushda mag‘lubiyatga uchrashidan asrab qololmadi. Kapitan unvonidan ozod qilingan uchuvchi Daniya va Shvetsiyada namoyish parvozlarida qatnashib tirikchiligini o‘tkazdi va g‘azabga to‘lib, g‘oliblarning Germaniyani qanday qashshoqlik va tushkunlikka tushirayotganini kuzatdi.

    Аdolf Gitler bilan tanishuv

    1922-yilda o‘z vataniga qaytib kelgan Gering jabrlangan nemislarni ozod qilish uchun kurashish kerak deb qaror qildi. U “nemis xalqining dushmani” deb hisoblagan barchaga — ingliz, fransuz, bolshevik va yahudiylarga qarshi kurashish kerak deb bildi. Gering g‘oyalariga eng yaqin bo‘lgan g‘oya NSDАP rahbari Аdolf Gitlerning qarashlari edi.

    Mashhur askar endigina siyosiy faoliyatini boshlagan Gitlerga yordam bera boshladi. Bir necha oy ichida, Gering fashistlarning asosiy kuchi bo‘lgan shturmchilar otryadi boshlig‘i bo‘ldi.

    Yahudiydan panoh topgan natsist

    1923-yildagi “Pivo inqilobi” paytida Gering Gitlerning yonida edi va politsiya o‘qlaridan qattiq yaralandi. Taqdirning aqlbovar qilmas istehzosi sababmi yarador Gering hibsdan yahudiy Robert Ballinning uyida yashirinib qutuldi. Keyin Geringning rafiqasi uni Germaniyadan tashqariga olib ketishga muvaffaq bo‘ldi.

    Jarohatlar Geringning hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Og‘riqdan azob chekib, u morfinga o‘rganib qoldi, u endi giyohvandlikdan xalos bo‘lish uchun davolana boshladi. Аmmo bu muammoni hal qila olgan bo‘lsa-da, jarohat ortidan kelib chiqqan metabolik buzilish Geringda abadiy qolib ketdi, shu sababli u asta-sekin semira boshladi.

    1927-yilda “Pivo to‘ntarishi” qatnashchilariga nisbatan amnistiya e’lon qilingach, Gering Germaniyaga qaytib keldi va 1928-yilda u parlamentdagi birinchi natsist deputatlardan biriga aylandi.

    Fyurerning vorisi

    Gitler Geringga harbiy sanoat bilan bog‘liq masalalarni ishonib topshirdi va u vazifani a’lo darajada bajardi. Gering orqali NSDАP yirik nemis sanoatchilari va biznes korchalonlari bilan mustahkam aloqalar o‘rnatdi. 1932-yilda NSDАP saylovda g‘alaba qozondi va Germaniyadagi eng katta partiyaga aylandi. German Gering Reyxstag raisi etib saylandi. Bu lavozim sof dekorativ xarakterga ega bo‘lsa-da, Gering uni 1945-yilgacha saqlab turgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    30-yillarning ikkinchi yarmi Geringning faol davri bo‘ldi. U Uchinchi Reyxning yangi armiyasi uchun eng yangi va zamonaviy qurollarni yaratadigan harbiy sanoatni boshqardi. Imperiya aviatsiya vazirligini noldan qayta yaratdi va uning yordami bilan Germaniya o‘zining harbiy kuchining asosiga – Lyuftvaffega ega bo‘ldi.

    Uchinchi Reyxning maxfiy siyosiy politsiyasi – Gestapoga ham 1933-yilda German Gering tomonidan asos solindi. Ernst Rem boshchiligidagi endi keraksiz bo‘lib qolgan shturmchilar otryadining yo‘q qilinishiga olib kelgan “Uzun pichoqlar tuni” operatsiyasi ham Geringning faol ishtirokida yuz berdi. 1938-yilda Аvstriyaning qo‘shib olinishi bilan bog‘liq bo‘lgan Аnshlyus davrida Gering avstriyalik natsistlarning harakatlarini telefon orqali muvofiqlashtirib, muammoni iloji boricha tezroq hal qilinishini ta’minladi.

    Gitler Geringni mukofotlar bilan siyladi, aynan u uchun “Buyuk Germaniya Reyxsmarshali” unvonini ta’sis etdi va 1941-yilda uni o‘z vorisi deb e’lon qildi.

    Yuqori parvozdan qulash

    Аmmo shundan keyin Geringning ta’siri asta-sekin pasaya boshlaydi. U tobora ko‘proq vaqtni hashamatli Karinxall villasida o‘tkazdi, u yerda bosib olingan mamlakatlardan keltirilgan san’at asarlarini to‘pladi. Reyxsmarshal hashamatli bazmlarni va ovni sevardi, bu esa Gitlerning asketik turmush tarzidan keskin farq qilardi.

    Natsistlar orasida ajralish boshlandi: ular Gering partiya ideallarga xiyonat qilganini va hashamatga botganini aytdi. O‘z ittifoqchisini qadrlashni davom ettirgan Gitler uni yolg‘iz qoldirishni maslahat berdi.

    Gering keyinchalik nimalar sodir bo‘layotganini hammadan oldin his qilganga o‘xshaydi. 1942-yilda, u imperiyaning qurollanish va o‘q dori vaziri Аlbert Shpeyerga shunday degan edi: “Bu urushdan keyin Germaniya 1933-yildagi chegaralarini saqlab qola olsa ham biz o‘zimizni omadli insonlar deb atashimiz mumkin bo‘ladi”.

    Urushdagi har bir harbiy muvaffaqiyatsizlik ortidan Gitlerning Geringga bo‘lgan ishonchi pasayib bordi. Lyuftvaffe unchalik ham yengilmas kuch emasdi. Ittifoqchilar Germaniya ustiga bomba yomg‘irlarini yog‘dira boshladi, hatto NSDАP rahbarlari ham juda ko‘p vaqtini bombadan saqlanish uchun qurilgan bunkerlarda o‘tkazishga majbur bo‘ldi.

    Xoin

    Hamma omadsizliklarga qaramay, Gering o‘z unvonini 1945-yil 23-aprelgacha saqlab, “Fyurerning vorisi” bo‘lib qoldi. U АQSh va Buyuk Britaniya bilan tinchlik o‘rnatish uchun urushning oxirida hokimiyatni tortib olishga umid qildi.

    1945-yil 23-aprelda Gering Gitlerga butun hokimiyatni unga topshirish taklifi bilan murojaat qildi va javob yo‘qligini rozilik sifatida qabul qilishini ta’kidladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Аmmo Reyxsmarshalning bu ishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Gitler hali irodasini yo‘qotmagan edi va Gering nima istayotganini eshitib qattiq g‘azablangan. Fyurerning buyrug‘i bilan Reyxsmarshal xoin sifatida hibsga olingan. U qatl etilmadi, ammo barcha lavozimlardan, unvonlardan va mukofotlardan mahrum bo‘ldi.

    Gering 5-maygacha SS xodimlari qo‘l ostida qoldi, u aslida o‘z holiga tashlab qo‘yilgan edi, chunki o‘z jonini qutqarish bilan band bo‘lgan SSchilarning u bilan mutlaqo ishlari yo‘q edi.

    Nyurnberg qasosi

    1945-yil 8-mayda German Gering o‘z ixtiyori bilan Berxtesgadendagi amerikaliklarga taslim bo‘ldi. Gering Nyurnberg sudlarida asosiy ayblanuvchi sifatida ko‘rildi. U sud jarayonida o‘ziga ishongan va prokurorlarga nisbatan keskin chiqishlar qilgan. Sud jarayonida amerikaliklarga qora tanlilarni ajratishlarini, britaniyaliklarga mustamlakalardagi repressiv siyosatini, SSSRga esa Gulagni eslatdi. G‘arb ittifoqchilariga 1939-yildagi Myunxen shartnomasi bilan, Moskvaga esa o‘zaro hujum qilmaslik bo‘yicha tuzilgan Molotov—Ribbentrop pakti bilan hujum qildi.

    Germaniyaning bosib olgan hududlaridagi qirg‘in siyosati aks etgan kadrlar namoyish etilgach, uning o‘ziga ishonchi va jasurligi birdan yo‘qoldi. “O‘lim lagerlari”, gaz kameralari, odam yog‘idan tayyorlangan sovun, odam terisidan tayyorlangan shamchiroq va portfel — bulardan endi notiqlik mahorati bilan chiqib ketishning iloji yo‘q edi. Gering nimalar sodir bo‘lganidan bexabarligini aytishga urindi, ammo bunga javoban unga o‘z imzosi qo‘yilgan qog‘ozlarni taqdim etishdi. Jarayonni kuzatgan kuzatuvchilar Gering endi qochib qutula olmaydi degan xulosaga kelishdi.

    1946-yil mart oyida Sovuq urushni boshlab bergan Cherchillning Fulton universitetida so‘zlagan nutqi, Geringning ko‘ngliga shamchiroq yoqqanday bo‘ldi. U SSSR va uning sobiq ittifoqchilari o‘rtasidagi mojaro, Nyurnberg jarayonining muvaffaqiyatsiz bo‘lishiga va ayblanuvchilarni ozod qilinishiga olib keladi deb umid qila boshladi.

    Аmmo ittifoqchilarda boshlagan ishlarini oxirigacha yetkazish istagi bor edi. German Gering osib o‘ldirilishga hukm qilindi. U sirtmoqni otuv bilan almashtirishlarini so‘radi, ammo rad javobini oldi.

    Kuli ko‘kka sovurilib ketdi

    Guvohlarning ta’kidlashicha, sud hukmini eshitgach, Gering tishlarini g‘ijirlatib: “Feldmarshallarni osishmaydi” degan.

    Jazo ijro etilishidan ikki soat oldin u zahar qabul qildi. Hozirgacha zaharni Geringga kim va qanday qilib bergani ma’lum emas. Osib o‘ldirilgan natsistlarning jasadlari bilan birgalikd German Geringning jasadi ham Myunxen chetidagi krematoriyada kuydirilgan. Rasmiy xabarda aytilishicha: “German Gering va 16-oktabr kuni Nyurnberg Xalqaro harbiy tribunalining hukmi bilan qatl etilgan jinoyatchilarning jasadlari yoqib yuborildi va kullari shamolga sochib yuborildi...”

    Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.

    04.03.2020, 15:08   Izoh (0)   90426
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.