• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiya — davomchi. Sobiq sovet davlati sanksiyalarga qaramay chindan gullab-yashnaganmidi?

    Rossiya prezidenti Vladimir Putin 11-mart kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan suhbatda SSSR ham sanksiyalar ostida yashagani, ammo ulkan muvaffaqiyatlarga erishganini aytdi. Rossiya prezidenti bu bilan dunyo hamjamiyati tomonidan mamlakatga kiritilayotgan sanksiyalarga javob bermoqchi bo‘ldi. Rossiya yetakchisi gaplari qanchalik haqiqatga yaqin? Sobiq sovet davlati ham ulkan sanksiyalar bosimiga duch kelganmidi va bu sanksiyalar uning rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatgan edi? “Daryo” kolumnisti Muhammadqodir Sobirov shu haqda fikr yuritadi.

    Ibtidosidanoq sanksiyalarga yo‘liqqan RSFSR

    1917-yil oktabr oyida ro‘y bergan inqilob natijasida hokimiyat tepasiga kelgan Lenin boshliq bolsheviklar vaqtni boy bermay, Rossiyani Birinchi jahon urushidan olib chiqish uchun Germaniya bilan alohida tinchlik shartnomasini tuzadi. Bu esa Rossiyaning ittifoqchilari bo‘lmish Fransiya va Buyuk Britaniyaning keskin noroziligiga sabab bo‘ladi.

    Chunki Rossiyaning urushdan chiqishi sharqiy frontning yopilishiga va Germaniyaning barcha kuchlarni g‘arbiy frontga safarbar qilishiga olib kelar edi. Qolaversa, uch davlat o‘rtasida tuzilgan Antanta kelishuvlariga ko‘ra, tomonlarning hech qaysi biri alohida tinchlik shartnomasi tuzmaslikka kelishib olgandi.

    Germaniya va bolsheviklar o‘rtasida Brest tinchlik shartnomasining imzolanishi. Brest-Litovsk shahri, 1918-yil 3-mart

    Germaniya va bolsheviklar o‘rtasida Brest tinchlik shartnomasining imzolanishi. Brest-Litovsk shahri, 1918-yil 3-mart
    Foto: “Kommersant”

    Buyuk Britaniya va Fransiya Germaniyani mag‘lub etgach, Rossiya sovet federal sotsialistik respublikasini (RSFSR) to‘liq iqtisodiy blokadaga olishni boshlaydi. Ularga AQSh va Yevropaning boshqa davlatlari ham qo‘shiladi. Iqtisodiy blokadaning sabablariga separatistik shartnomadan tashqari, sovet hukumatining mamlakatdagi chet el kompaniyalarini milliylashtirishi va sobiq podsho Rossiyasining qarzlarini to‘lashdan bosh tortishi sabab bo‘ladi.

    Blokada Antanta oliy kengashining qarori bilan 1919-yil 10-oktabrdan kuchga kiradi va keyingi yilning 16-yanvarigacha davom etadi. Ushbu qisqa davr mobaynida Rossiya tashqi savdoda katta iqtisodiy zarar ko‘radi. Xususan, 1918-yili deyarli 89 million rublni tashkil etgan tashqi savdo aylanmasi 1919-yilga kelib 2,6 million rublga tushib qoladi.

    Sovet-fin urushi

    Keyingi yirik sanksiyalar paketi 1939-yil SSSRning Finlyandiyaga bostirib kirishiga javoban kiritiladi. AQSh ushbu sanksiyalarni “ma’naviy embargo” deb ataydi. Chunki sovet aviatsiyasi Xelsinkida aholi turar joylarini ham bombardimon qilgan edi. Kiritilgan embargoga ko‘ra, SSSRga samolyot ehtiyot qismlari, aviatsiya uchun muhim bo‘lgan alyuminiy va aviabenzin eksport qilish taqiqlanadi.

    Ammo oradan ikki yil o‘tib, Germaniya SSSRga hujum qilgach, AQSh va SSSR ittifoqchilarga aylanadi va “ma’naviy embargo” bekor qilinadi.

    “Boshqariluvchi texnologik qoloqlik”

    Ikkinchi jahon urushi tugab, Sovuq urush davri boshlangach, AQSh va G‘arbiy Yevropa davlatlari SSSR hamda uning ittifoqchilariga nisbatan bir qator yangi sanksiyalar kiritadi. Jumladan, 1948-yili AQSh Savdo vazirligi SSSR va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga strategik materiallar, qurollar va uskunalar eksportini cheklaydi. Ushbu cheklovlar keyingi yili Kongress tomonidan qabul qilingan “Eksport nazorati to‘g‘risida”gi qonun bilan mustahkamlanadi.

    AQSh bu bilan to‘xtamaydi. 1949-yil AQSh va G‘arbiy Yevropa davlatlaridan SSSR hamda uning ittifoqchi davlatlariga turli tovarlar, texnologiyalar yetkazib berishni nazorat qiluvchi tashkilot — CoCOM tuziladi. CoCOM’ga 17 mamlakat a’zo bo‘ladi, yana oltitasi esa tashkilot bilan hamkorlik qiladi. AQSh va G‘arb “boshqariluvchi texnologik qoloqlik” strategiyasini ishlab chiqadi. Unga binoan har qanday yangi texnologiyalar ishlab chiqarilganidan to‘rt yil o‘tib, sotsialistik mamlakatlarga eksport qilinishi mumkin bo‘ladi.

    AQSh va SSSRda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning o‘sish darajasi

    AQSh va SSSRda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning o‘sish darajasi
    Foto: VShE

    1950-yil Koreya urushi boshlangach, AQSh Sovet ittifoqiga qo‘yilgan embargoni yanada qat’iylashtiradi. “Jangovar qonun” deb nomlangan ushbu qonunga ko‘ra, AQSh SSSR va uning ta’siri ostida bo‘lgan davlatlarga strategik tovarlar va neft bo‘yicha embargo joriy qilmagan davlatga har qanday yordamni to‘xtatishini bildiradi. Shuningdek, hukumat SSSR bilan tuzilgan 1937-yilgi savdo bitimini bekor qiladi va bu sovet tovarlariga nisbatan bojxona to‘lovining 4,6 baravarga ortishiga olib keladi. Biroq ittifoqdoshlari bosimi ostida AQSh bir qator yengilliklarni ham berib boradi va “Jangovar qonun” amalda o‘z ahamiyatini yo‘qotadi.

    “Do‘stlik”

    1960-yillarda navbatdagi sanksiyalar qo‘llaniladi. Bunga SSSR tomonidan Sharqiy Yevropa va GFRga neft yetkazib beruvchi “Do‘stlik” quvurining qurilishi sabab bo‘ladi. AQSh sovet davlatining G‘arbiy Yevropaga neft va gaz yetkazib berishdagi faolligini “harbiy tahdid” sifatida baholaydi. Shundan so‘ng amerikaliklar sovetlar uchun juda muhim bo‘lgan yirik diametrli quvurlar eksportiga embargo kiritadi. Natijada “Do‘stlik”ning qurilishi sekinlashadi. Biroq bu safar ham G‘arbiy Yevropadagi ittifoqdoshlar bosimi ostida AQSh oradan bir necha yil o‘tib, bu taqiqni olib tashlaydi. Ushbu embargoni olib tashlashda SSSR Tashqi savdo vaziri Nikolay Patolichevning hissasi katta bo‘ladi.

    Savdo to‘g‘risidagi qonun

    1974-yil AQSh Kongressi senator Henri Jekson va deputat Charlz Vanik tashabbusi bilan “Savdo to‘g‘risida”gi qonunni qabul qiladi. Qonun AQSh qonunchiligidagi savdoda eng qulay davlat statusini bekor qilish, fuqarolarining immigratsiya huquqini cheklovchi mamlakatlarga nisbatan kredit siyosatini o‘zgartirish va bozor iqtisodiyotiga ega bo‘lmagan davlatlardan AQShga import qilinuvchi tovarlarga nisbatan yuqori bojxona tariflarini qo‘llashni nazarda tutadi.

    Jekson—Vanik qonunidan so‘ng SSSR va AQSh o‘rtasidagi savdo aloqalari ancha pasayadi. Sababi SSSR Oliy Kengashi 1972-yili fuqarolarning immigratsiya huquqini cheklovchi qonunni qabul qilgan edi. Bundan tashqari SSSR hech qachon bozor iqtisodiga ega mamlakat bo‘lmagan. 1976-yili 2,2 milliardni tashkil qilgan sovet-amerika savdo hajmi bir yildan so‘ng 1,5 milliardga kamayadi.

    Ushbu embargo 2002-yilga kelib, Rossiya bozor iqtisodiyotiga ega mamlakat deb topilgandan so‘nggina bekor qilinadi.

    1980—1990-yillar

    Sovet ittifoqiga qo‘yilgan yana yirik embargolardan biri g‘alla embargosi edi. 1963-yili Xrushchyovning “makkajo‘xori kampaniyasi”dan so‘ng SSSRda g‘alla inqirozi boshlanadi. Sovet ittifoqi g‘allani asosan AQShdan import qiladi. Biroq 1979-yili SSSR qo‘shinlari Afg‘onistonga kiritilgach, AQSh g‘alla eksportiga embargo qo‘yadi. Ammo bu kutilgan natija bermaydi, chunki SSSR g‘allani Argentina, Kanada va Ispaniyadan sotib ola boshlaydi.

    Foto: Smart-Lab
    Afg‘onistonga bostirib kirgani uchun 1980-yili Moskvadagi Olimpiya o‘yinlari ham bekor qilinadi. Sovet davlatining oxirgi o‘n yilligida AQSh bilan munosabatlar yomonlashadi. AQSh prezidenti Ronald Reygan SSSRga qarshi bir qator sanksiyalarni joriy etadi. Jumladan, 1981-yil SSSR havo kompaniyasi bo‘lmish “Aeroflot”ga AQSh osmonida uchish taqiqlanadi.

    Keyingi sanksiyalar to‘lqiniga esa 1983-yil SSSR havo hududida Koreyaning yo‘lovchi samolyoti urib tushirilishi sabab bo‘ladi. Sovet samolyotlari uchun bir qator davlatlar o‘z havo hududlarini bir necha oyga yopadi.

    AQSh “Aeroflot”ga qo‘yilgan taqiqni 1986-yilga kelibgina bekor qiladi.

    SSSR va Rossiya sanksiyalarini taqqoslash qanchalik to‘g‘ri?

    Rossiya prezidenti Vladimir Putin aytganidek, SSSR har doim ham sanksiyalar ostida yashamagan. SSSRga qo‘yilgan sanksiya va embargolar bilan bugungi kunda Rossiyaga kiritilgan sanksiyalar orasidagi farq juda katta.

    Birinchidan, SSSRga asosiy sanksiyalarni ko‘pincha AQShning o‘zi qo‘llagan. G‘arbiy Yevropa davlatlari esa har doim ham bunga amal qilavermagan. Ko‘p hollarda AQShni ushbu sanksiyalarni yumshatishga va bekor qilishga da’vat etgan. Hozir esa Rossiyaga kiritilayotgan sanksiyalarni ko‘plab Yevropa davlatlari o‘z tashabbuslari bilan ishlab chiqmoqda. Masalan, Polsha, Ruminiya va Bolgariya AQShdan oldinroq o‘z havo hududlarini Rossiya samolyotlari uchun yopdi.

    Qolaversa, SSSR hech qachon xususiy kompaniyalarning yirik sanksiyalariga duch kelmagan. Sanksiya va embargolar butun dunyo bo‘ylab qo‘llanilmagan va hozirgidek keng ko‘lamda amalga oshirilmagan.

    Ikkinchidan, SSSR Rossiya prezidenti aytganidek, sanksiyalar ostida yashamagan. Sovet davlatiga qo‘llanilgan sanksiyalarning ko‘pchiligi bir-ikki yil davom etgan, xolos. Sovet rahbariyati sanksiyalar bilan kurashgan va iloji boricha ulardan qochishga harakat qilgan. Sovet ittifoqiga nisbatan uzoqroq qo‘llanilgan sanksiyalar Reygan davrida, SSSRning Afg‘onistonga qo‘shin kiritishidan so‘ng sodir bo‘ladi. Bungacha SSSRga jiddiy va uzoq vaqt davom etuvchi sanksiya faqatgina “Do‘stlik” quvuri sabab kiritilgan edi.

    Uchinchidan esa, qanchalik ahamiyati past bo‘lmasin, ushbu sanksiyalar SSSR taraqqiyotiga ta’sir o‘tkazmay qo‘ymaydi. SSSRning “ulkan” yutuqlariga ishlab chiqarish va zamonaviy texnologiya sabab emas, shafqatsiz ekspluatatsiya, terror, qo‘rquv, qattiq tartib orqali erishiladi. Mamlakat rivojlangan davlatlar uchun o‘z eshiklarini yopadi, ichkarida esa senzura o‘rnatiladi va propaganda ishlari izchil olib boriladi.

    Aytaylik, sovet dehqonlari paxtani dalada javlon urib, qo‘lda terayotgan bir paytda AQSh va G‘arbiy Yevropada bu ishni mashinalar bajarardi. Sovet ittifoqi o‘zining ko‘plab texnikalarini G‘arbdan xarid qiladi, masalan, 1959—1963-yillarda SSSR G‘arbdan 50 ta to‘liq kimyoviy zavod sotib oladi. 1960-yillarning oxirga kelib esa Sovet ittifoqi savdo floti kemalarining uchdan ikki qismi G‘arbda qurilgan edi. O‘zining 75 yillik umri davrida sovet davlati hech qachon aholisini g‘alla bilan mustaqil ta’minlay olmagan va uni muttasil import qilishga majbur bo‘lgan.

    Vladimir Putin “ulkan” yutuqlar deya ta’kidlagan harbiy qurollanish va kosmosni zabt etish esa oxir-oqibat SSSRning tarqalib ketishiga va uning iqtisodiy jihatdan kuchsiz davlatga aylanib, aholisini bir necha marta ocharchilikka mahkum etishiga olib kelgan edi.

    13.03.2022, 20:07   Izoh (0)   124713
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyaliklar Trampning harakatlarini mamlakat xavfsizligiga eng katta tahdid deb bilmoqda — Politico

    Dunyo | 18 iyul, 00:10

    “Rossiya va Xitoy bilan urush 2027-yilda boshlanishi mumkin” — NATO generali

    Dunyo | 17 iyul, 23:55

    Zelenskiy Tramp bilan “mega kelishuv” rejalashtirilayotganini bildirdi

    Dunyo | 17 iyul, 23:45

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    Sport | 17 iyul, 23:16

    Suriyada arab badaviylarining ommaviy qirg‘ini sodir bo‘ldi

    Dunyo | 17 iyul, 23:14

    Pul savdosi: o‘zbekistonliklar banklarga qancha valyuta sotmoqda?

    Iqtisodiyot | 17 iyul, 23:07

    “SSKA” sobiq darvozabonlar murabbiyi: “Fayzullayev ketayotganidan afsusdaman”

    Sport | 17 iyul, 21:35

    AQSH Senati Trampning USAID tashkiloti va ikki OAV xarajatlarini bekor qilish haqidagi qonun loyihasini ma’qulladi

    Dunyo | 17 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.