• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Dinamitni patentlagan Nobel, Ryazanni bo‘lib olish uchun uyushtirilgan qirg‘in va kommunistlarga qarshi tuzilgan bitim — Antikomintern pakti. Kun xronologiyasida 25-noyabr

    25-noyabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan dinamitni ixtiro qilib, uni patentlagan Nobel, ikki jinoiy to‘daning Ryazanni bo‘lib olish yo‘lidagi qirg‘ini hamda kommunistlarga qarshi birlashgan Germaniya va Yaponiyaga oid faktlar o‘rin olgan.

    1967-yil 25-noyabr kuni Alfred Nobel dinamitni patentlagan edi. Yosh Nobel 1850-yillarda otasining Peterburgdagi jangovar o‘q-dorilarga ixtisoslashgan kompaniyasida ishlagan. 1856-yilda Qrim urushi yakunlangach, buyurtmalar kamayib ketgan va Nobel oilasi bilan ona yurti Stokgolmga qaytgan. U yerda Nobel bo‘sh vaqtini kichik laboratoriyada o‘tkazib, turli kimyoviy vositalar ustida tajriba o‘tkazgan. Ayniqsa, uni portlashlar qiziqtirgan.

    Foto: Thoughtco

    Foto: Thoughtco
    1846-yilda italiyalik kimyogar Aksanyo Sorbero nitroglitserinni ixtiro qiladi — kuchli va istiqbolli, biroq portlovchi qurilmalar bilan ishlashda xavfli. Nitroglitserindan foydalanish ko‘p marotaba fojialarga olib kelgan. Xususan, 1864-yilda Nobel zavodining laboratoriyasida portlash sodir bo‘lgan, oqibatda besh kishi hamda Alfredning ukasi 21 yoshli Emil Nobel ham halok bo‘lgan. 1866-yilda ikkita yirik portlash qayd etilgan — San-Fransiskodagi ombor va Panama qirg‘og‘idagi paroxodda.

    Hodisalar oqibatida 60 dan ortiq odam halok bo‘lgan, yetkazilgan zarar 100 minglab dollardan oshgan. Ko‘plab davlatlarning hukumatlari sodir bo‘lgan voqeadan tashvishga tushgan, Germaniya va Norvegiyada nitroglitserin ishlab chiqarish zavodlari yopilgan, Fransiya va Belgiyada uning aylanmasiga taqiq qo‘yilgan. Bunday taqiqni boshqa davlatlarda ham joriy etish ko‘zda tutilgan.

    Foto: Thoughtco

    Foto: Thoughtco

    Nobel nitroglitserindan foydalanishning ancha xavfsiz va samarali usulini topishga uringan. Tajribalar davomida u kerakli portlatgich modda (detonator)ni topgan — simob bilan to‘ldirilgan metall piston.

    Nitroglitserinni turli materiallar — gips, porox, ko‘mir, g‘isht kukuni, yog‘och qirindilari bilan aralashtirib ko‘rgan Nobel ushbu moddaning portlovchanlik qobiliyatini kamaytirishga diatomit — asosan kremniy oksididan tarkib topgan tog‘ jinsi qoldig‘i qodir degan xulosaga kelgan.

    Afsonalarga ko‘ra, ushbu kashfiyot tasodifan ro‘y bergan, ichida nitroglitserin bo‘lgan idish teshilgan va diatomitga oqqan. Biroq Nobelning o‘zi ushbu versiyani rad etgan.

    “Men nitroglitserin oqishi bo‘yicha shubhasiz birorta holatni qayd etmaganman, bu taxminlarni haqiqat deb hisoblovchilar tomonidan o‘ylab topilgan. Dinamitni infuzor tuproqda foydalanish g‘oyasi menda uning quruq holatda juda yengilligi sabab paydo bo‘lgan. Shundan kelib chiqadi, dinamit tasodifan paydo bo‘lmagan, balki men avval boshidan suyuq portlovchining kamchiliklarini ko‘rganman va unga qarshi turish yo‘llarini qidirganman”, — degandi u.

    Foto: Thoughtco

    Foto: Thoughtco

    Keyingi tajribalar suyuq nitroglitserinning diatomit bilan 3:1 nisbatda aralashmasi quyuq pasta hosil qilishi ma’lum bo‘lgan. Nobelning ixtirosi nitroglitserindan to‘liq suyuq holda foydalanishdan voz kechishga imkon yaratardi.

    1867-yil 25-noyabr kuni Alfred Nobel hosil bo‘lgan aralashmani patentlab, unga grekcha dynamis — “kuch”dan kelib chiqib, “dinamit” nomini bergan. Yangi portlovchi moddaga bo‘lgan talab kutilganidan ziyod edi — bir yil o‘tib, Nobel 11 ta davlatda zavodlarini ochgan. Dinamitni ishlab chiqarish bir necha yil ichida 100 barobarga oshib ketgan — 1868-yilda 20 tonna ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 1873-yilda ushbu ko‘rsatkich 4,1 ming tonnani tashkil etgan, 1875-yilda 8 ming tonnaga yetgan. Qator davlatlarda nitroglitseringa qo‘yilgan taqiq davom etgan, shu sababli dinamitni idish yoki shisha nomi ostida yetkazib berishga to‘g‘ri kelgan. Undan tog‘-kon sanoatida va temiryo‘llarni qurishda keng foydalanilgan.

    Foto: Thoughtco

    Foto: Thoughtco

    Nobelning ixtirosi boshqa ko‘plab tadqiqotchilarni nitroglitserin bilan tajribalar o‘tkazishga undagan. Megneziya, yog‘och va selitrsa, sodaning yog‘och-qog‘oz aralashmasi kabi dinamitning muqobillari paydo bo‘lgan. 1875-yilda Nobel nitroglitserinni sellyuloza asosidagi kollodion eritmasi bilan aralashtirish haqida o‘ylagan.

    Albatta, dinamit paydo bo‘lishi bilan jinoyatchilar ham undan foydalanishga kirishgan. 1883—1885-yillarning o‘zida Londonda 13 ta portlash ro‘y bergan. Dinamit ixtirosi Nobelni millionerga aylantirgan. U 1896-yilda vafot etib, boyligini har yili Nobel mukofotini topshirish bilan shug‘ullanuvchi jamg‘armaga vasiyat qilgan.

    Ryazanni bo‘lib olish uchun diskotekada boshlangan kurash

    1980-yillarning oxiridan boshlab Sovet Ittifoqi aholisi global o‘zgarishlarning boshlanishi bilan bir qatorda “kapitalning birlamchi to‘planishi davri”ning kriminal tarkibiy qismiga duch kela boshlagan. U 1990-yillar boshi va o‘rtalarida avj olgan. Yangi paydo bo‘lgan bozorda jinoyatchi to‘dalar o‘z o‘ljalarini ovlab, savdo va ishlab chiqarishning ko‘p qismini nazorat qilishga uringan. Bu boradagi to‘qnashuvlardan eng qonlisi Ryazanni bo‘lib olishga uringan ikki to‘da o‘rtasida ro‘y bergan. Shahar uchun kurash 1993-yil 25-noyabr kuni raqiblarni otishdan boshlangandi.

    Foto: Wikimapia

    Foto: Wikimapia
    Shu kuni “Ryazanselmash” zavodining diskotekaga aylantirilgan sobiq kafesiga avtomatlar bilan qurollangan besh kishi tashrif buyurib, u yerdagi mehmonlarni tartibsiz o‘qqa tuta boshlaydi. Hujum oqibatida sobiq sportchi Viktor Ayrapetov nomi bilan tanilgan “Ayrapetovskaya” uyushgan jinoiy to‘dasining sakkiz nafar a’zosi halok bo‘lgan. Shuningdek, yana to‘qqiz nafar jinoyatchi jarohatlangan, to‘daboshi esa ustun ortiga yashirinib olib, yengil qo‘rquv bilan kifoyalangan. O‘z ishini yakunlab bo‘lgan qotillar voqea joyidan yashiringan.

    Killerlar boshqa bir to‘da — “Fil” laqabli Vyacheslav Yermolovga qarashli “Slonovskiy” a’zolari bo‘lgan yoki ular tomonidan yollangandi. Mazkur uyushgan guruhning asl rahbari prokuraturaning sobiq haydovchisi “Maks” laqabli Nikolay Maksimov bo‘lgan. Ikki jinoiy to‘da o‘rtasidagi to‘qnashuv Ryazanning katta qismini nazorat ostida olishga bo‘lgan urinish sabab kelib chiqqan. Jinoyatchilar ulush evaziga “himoya qilish” — kichik tadbirkor va “chelnoklar”dan tovlamachilik orqali pul undirish bilan shug‘ullangan. Vaqt o‘tishi bilan bu kamlik qilib qolgan va “Slonovskiy” guruhi ancha yirik biznes va korxonalarga ko‘z olaytira boshlagan. Buning uchun raqiblarni o‘yindan chiqarish kerak edi.

    “Maks” va “Fil”ning ishtahalari Viktor Ayrapatovga xalaqit bera boshlaydi. Hududni bo‘lib olish uchun to‘daboshilar 1993-yilning martida Ryazandagi kafelardan biriga kelishib olish uchun to‘planadi. Biroq u muvaffaqiyatli yakunlanmagan, Ayrapatov va Yermolov o‘rtasida janjal yuz bergan. “Vilya Ryazanskiy” raqibini to‘daning boshqa a’zolari ko‘z o‘ngida qattiq kaltaklagan.

    Maksimov va Yermolov reja tuzib, uni amalga oshirishga kirishadi. Avvaliga Chapayev ko‘chasidagi hammomga bosqinchilik uyushtiriladi. U yerda dam olayotgan “ayrapetovchilar” kaltaklangan, biroq ular orasida Viktor yo‘q bo‘lgani bois “Fil” mojaroni tugadi deya hisoblamagan.

    1990-yillar boshida don sovuradigan mashina va traktor seyalkasini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi “Selmash” zavodiga qarashli sexlardan biridagi stanoklar chiqarib tashlanib, ulkan diskotekaga aylantirilgandi. Fabrikadagi sobiq klub pivo bariga aylantirilgan va u yer jinoyatchilar ishratxonasiga aylangan. Qasos olish rejasi ham shu yerda amalga oshirilgan.

    1993-yil 25-noyabr kuni dam olayotgan “ayrapetovchilar” avtomatlardan o‘qqa tutilgan. Ushbu otishma nafaqat Ryazan, balki butun mamlakatni xavotirga solgan. Jinoiy to‘dalar o‘rtasida oldin hech qachon bunday keng ko‘lamli qotillik yuz bermagandi.

    Foto: Wikimapia

    Foto: Wikimapia

    Sodir bo‘lgan voqeadan keyin Viktor Ayrapetov tergovda buni “Fil”ning odamlari amalga oshirganini aytgan. Prokuratura uning ko‘rsatmalari orqali birinchi bor Maksimov va Yeremolov to‘dalari mavjudligidan xabar topgan. Ammo ular o‘rtasidagi urush shu bilan tugamagan. “Vitya Ryazanskiy” Moskvaga ko‘chib o‘tgan va o‘z qo‘l ostidagilarni o‘sha yerdan boshqarishga kirishgan. 1994-yil 31-mart kuni Kasimovskiy shossedagi uy hovlisida Maksimov otib ketilgan — bu birinchi javob edi.

    1994-yil 3-aprel kuni “Maks”ning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirga portlovchi qurilma joylangan portfel tashlab ketilgan. Sergey Manikin ismli kishi bombani masofadan turib portlatishi kerak bo‘lgan, biroq “Fil” tarafdorlarining omadi kelgan. 150 metr uzoqlikda qo‘lbola portlovchi qurilma kimningdir avtomobili signalizatsiyasi sabab ishga tushib ketgan. Qo‘riqchilar portlash joyiga yetib kelganida qattiq jarohatlangan killerga duch kelgan. Oradan 15 daqiqa o‘tgach, Manikin vafot etgan.

    “Fil” o‘z odamlariga atrofni ko‘zdan kechirish va dushman tarafning boshqa a’zolarini topishni buyurgan. Portlash joyidan bir necha metr naridagi avtomobilda o‘tirgan odamlar kaltaklangan. Keyinroq ular jinoyatchilarni kuzatayotgan militsiya xodimlari ekani ma’lum bo‘lgan.

    Suiqasdga javob sifatida “Fil” Ayrapetovning ukasini o‘ldirishni buyurgan — uning Ryazandagi jinoiy hayotga umuman aloqasi yo‘q edi. Uning o‘limi dushman to‘daboshisining Ryazanga qaytishiga sabab bo‘lishi kerak edi. “Vitya Ryazanskiy” dafn marosimiga kelmagan, biroq u ham qasos olishni buyurgan. Ayrapetov ukasining o‘limidan to‘qqiz kun o‘tib, “Fil” to‘dasining muhim a’zolaridan biri Aleksandr Miligin otib keltilgan.

    “Fil” odamlarining omadi kelgan, ular Ayrapetov yashiringan joyni topishga muvaffaq bo‘lgan. U tansoqchilarining ko‘z o‘ngida o‘g‘irlab ketilgan. Qo‘riqchilar avtomobil raqamini yozib olgan, keyinroq mashina militsiyaga tegishli ekani ma’lum bo‘lgan.

    Ayrapetovning belgilariga mos keladigan erkak jasadi Moskva—Ryazan trassasi bo‘yidagi o‘rmondan boshiga o‘q otilgan holda topilgan.

    Foto: Wikimapia

    Foto: Wikimapia

    “Fil” to‘dasi 1997-yilda ommaviy hibsga olishlar boshlangunga qadar Ryazanni boshqargan. Bu vaqtga kelib ularning hisobida 85 ta qotillik mavjud edi.

    Kommunistlarga qarshi birlashgan Germaniya va Yaponiya

    1936-yil 25-noyabr kuni Berlinda Germaniya va Yaponiya imperiyasi vakillari tomonidan Antikomintern pakti imzolangan edi. Keyinchalik bu Ikkinchi jahon urushidagi ittifoqchilarning qator bitimlariga asos bo‘lib xizmat qilgan. Pakt o‘z nomiga muvofiq avvaliga Yevropa va Osiyoda kommunistik xavfga qarshi kurashish uchun tuzilgan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Antikomintern pakti uning tashabbuskorlari fikricha, Sovet Ittifoqi manfaatlari va kommunistik ideologiyaning Yaponiya bilan chegaradosh davlatlarda tarqalishiga qarshi turishi kerak edi. Kommunistlar bu vaqtga kelib Sharqda — Xitoy, Mo‘g‘uliston, Manchjuriya va Koreyada sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan bo‘lib, kommunistik harakat G‘arbga ham tarqala boshlagan. German—yapon paktining sovetlarga qarshiligi aniq edi, shuningdek, qo‘shimcha maxfiy protokollar orqali Sovet Ittifoqiga qanday qilib qarshi turish ham belgilab olingandi.

    “Oliy ahdlashuvchi tomonlar kommunistik internatsional faoliyati to‘g‘risida bir-birlarini xabardor qilish, zarur mudofaa choralarini ko‘rish bo‘yicha maslahatlashish va ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda yaqin hamkorlikni davom ettirish majburiyatini oladilar”, — deyiladi bitimning birinchi moddasida.

    Ushbu pakt bilan, shuningdek, zarurat tug‘ilganida boshqa davlatlarning ishiga aralashish ham nazarda tutilgan: “Oliy ahdlashuvchi tomonlar kommunistik internatsionalning qo‘poruvchilik faoliyati tufayli ichki xavfsizligiga tahdid solayotgan har qanday uchinchi davlatga ushbu kelishuv ruhida mudofaa choralarini ko‘rishni yoki unga qo‘shilishni birgalikda tavsiya etish majburiyatini oladilar”.

    Qo‘shimcha kelishuvlarda ikkala davlat ham Sovet Ittifoqi tomonidan asossiz hujum yoki hujum tahdidi bo‘lgan taqdirda xayrixoh betaraflikni saqlab qolishlariga bir-birlarini ishontirgan. Bundan tashqari, ular SSSR bilan “ushbu bitim ruhi”ga qarshi bo‘lgan kelishuvlarni tuzmaslik majburiyatini olgan. Shu bois Yaponiya 1939-yilda hujum qilmaslik bo‘yicha Germaniya—Sovet Ittifoqi paktining imzolanishiga maxfiy qo‘shimcha bitimlarga tayangan holda qarshilik bildirgan. Yaponlar nuqtayi nazariga ko‘ra, Molotov—Ribbentrop pakti Antikomintern pakti talablarini buzgan, chunki Germaniya SSSR bilan muzokaralari haqida Yaponiyani ogohlantirmagan.

    Birinchi jahon urushidan keyin xalqaro munosabatlarda ko‘pchilik ikkita asosiy muammoga e’tibor qaratgan — Versal bitimining mo‘rtligi va keng tarqalib borayotgan kommunizm tahdidi. Kommunistik harakat avval boshidan global ko‘lamda tarqalishi aniq edi. “Butun dunyo proletarlari, birlashingiz”, — internatsional kommunistik shiorlarning eng mashhuridir.

    Yaponiya ham Italiya kabi Birinchi jahon urushida Antanta derjavalari tomonida bo‘lgan, biroq kutgan hamma narsaga erisha olmagan va mustaqil ekspansionistik siyosatini olib borgan, aslida kommunizmga qarshi kurash bahonasida o‘z kun tartibini ilgari surgan: dunyoni qayta taqsimlash, kuchlilar o‘rtasidagi ta’sir zonalarini chegaralash. Albatta, Antikomintern pakti doirasida yaponlar Sovet Ittifoqi bilan “geosiyosiy” qarama-qarshilik masalasida Yevropadan yordam olishga umid qilgan va bu pakt yakunlanishi bilan SSSRga qarshi harbiy ittifoq tuzilganidan juda xafa bo‘lgan.

    Yaponiya—Germaniya bitimi asosan Qo‘shma Shtatlarni xavotirga solgan. Uzoq vaqt siyosiy yakkalanishda qolgan Germaniya Osiyoda o‘ziga ittifoqchi topayotgani ochiq-oydin edi. 1937-yil noyabrda fashistlar italiyasi Antikomintern paktiga qo‘shilgan, ammo 1933-yildayoq hokimiyat tepasiga Benito Mussolini kelganida Italiya SSSRga hujum qilmaslik bo‘yicha do‘stlik shartnomasini imzolagandi. Antikomintern pakti 1939-yilda Molotov—Ribbentrop pakti paydo bo‘lgandan keyingi bir qator bitimlar, shu jumladan, SSSR va Germaniya o‘rtasidagi Do‘stlik va chegara to‘g‘risidagi shartnoma asosida tez sovet—german yaqinlashuvidan keyin g‘alati ko‘rinishni boshlagan. Ushbu holatlar tufayli Antikomintern paktining o‘zi faqat rasmiy bitim sifatida qolgan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Ribbentrop Stalinga Antikomintern pakti aslida Sovet Ittifoqiga emas, balki g‘arb demokratiyasiga qaratilganini tushuntirgan. Stalin ushbu tushuntirishni diplomatik qarashlar sabab qabul qilgan, nemislar orasida esa SSSR shu orqali Antikomintern paktiga qo‘shilib oldi deya hazillashgan.

    Antikomintern pakti hatto 1940-yil sentabrida Yaponiya—Italiya—Germaniya uch tomonlama pakti tomonidan to‘xtatilgan, bu pakt Sovet Ittifoqini emas, AQSHni asosiy tahdid deb e’lon qilgan. Ushbu hujjat shartnoma tuzgan tomonlarga Germaniya allaqachon faol hamkorlik qilgan SSSR bilan o‘z munosabatlariga ega bo‘lish imkonini bergan. 1939-yil avgust oyida Germaniya—Sovet Ittifoqi o‘rtasida hujum qilmaslik to‘g‘risidagi paktdan so‘ng, Yaponiya SSSR bilan betaraflik paktini tuzgan.

    1940-yil sentabr oyining oxirida Gitler Stalinga maktub yuborib, unga yuqorida aytib o‘tilgan Berlin paktining imzolanishi haqida xabar bergan va keyinchalik uni “ingliz merosini” bo‘lishish uchun Berlinga kelishga taklif qilgan. Biroq aniqlanishicha, bunday taklifni o‘z vaqtida Buyuk Britaniya ham bildirgan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: AQSHda samolyot va pullarni olib qochib, osmonda izsiz yo‘qolgan xavfli yo‘lovchi va Leningradda 12 nafar sharqshunosning otilishi. Kun xronologiyasida 24-noyabr

    25.11.2022, 09:30   Izoh (0)   34245
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSHda dunyodagi eng qimmat dori tasdiqlandi

    25.11.2022, 07:47

    Hindistonda sayyohlar uchun barcha kovid cheklovlari bekor qilindi

    24.11.2022, 23:54

    Kreml Pashinyan KXSHT sammiti yakunlari bo‘yicha deklaratsiyani imzolamaganiga munosabat bildirdi

    24.11.2022, 23:31

    Qrimda rus harbiylariga Shahed dronlaridan foydalanishni o‘rgatmoqchi bo‘lgan eronlik harbiy maslahatchilar o‘ldirildi

    24.11.2022, 23:08

    “Lukashenko xalqaro tribunal oldida javob berishi kerak” — Yevroparlament

    24.11.2022, 22:34

    Boris Jonsonga Kiyevning faxriy fuqarosi unvoni berildi

    24.11.2022, 21:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toni Kroos “Real” rahbariyatiga futbolchi tavsiya qildi

    Sport | 18 may, 15:27

    Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 24-mayda o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 18 may, 15:23

    Arnold Shvarseneggerning o‘g‘li birgina mahsulotdan voz kechib, 14 kiloga ozdi

    Layfstayl | 18 may, 14:55

    Toshkent viloyatida 2 nafar ichki ishlar xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 18 may, 14:15

    Instagram: Ozoda Nursaidova nega ozib ketdi? Sabrina Jabborova “Gelik” rulidagi qizni kechirdi, Maryam Tillayeva Kann kinofestivalida qatnashmoqda

    Shou-biznes | 18 may, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.