• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Kino Shou-biznes

    Morgdan sirkkacha: Gollivud yulduzlarining 7 ta kutilmagan kasbi

    Gollivud yulduzlari butun dunyo ularni tanishidan ancha oldin eng g‘ayrioddiy kasblarda o‘zlarini sinab ko‘rgan. Ularning hikoyalari muvaffaqiyatga erishish yo‘li hech qachon oson bo‘lmasligini isbotlaydi. Quyida aktyorlarning shuhrat qozonishidan oldingi g‘ayrioddiy ish joylari haqida hikoya qilamiz.

    Foto: Kino

    Denni DeVito — sartarosh

    Foto: Kino

    Denni DeVito sartaroshlik kasbiga jiddiy yondashdi. U Uilfred sartaroshlik akademiyasini tamomlagan va o‘smirlik chog‘ida singlisi ochgan salonda ishlay boshlagan. Keyinchalik bu tajriba unga kinoda ham juda qo‘l kelganini aytdi. Doimiy ravishda odamlar bilan ishlash orqali bo‘lajak aktyor atrofdagilarni qanday qilib kuldirishni va dam olishga yordam berishni o‘rgandi.

    1975-yil uning hayotida burilish nuqtasi bo‘ldi, o‘shanda DeVito Milosh Forman rejissyorligidagi “Kakku uyasi uzra parvoz” dramasida paydo bo‘ldi. Bu unga katta kinematografiya eshiklarini ochdi, u qora komediyadan tortib oilaviy kinogacha bo‘lgan turli janrlarda o‘zini aʼlo darajada namoyon qildi. Aktyor hatto “Jinoyatni fosh qilish” va boshqa hitlarni ishlab chiqargan o‘zining Jersey Films kompaniyasiga asos soldi.

    Vupi Goldberg — morgdagi grimyor

    Foto: Kino

    Yoshligida Vupi Goldberg vizajist kasbini o‘rgangan. Malaka olgach, u go‘zallik saloniga ishga joylashishi mumkin edi, lekin negadir u Kaliforniya morgini afzal ko‘rdi. U yerda o‘liklarga dafn marosimlari uchun munosib ko‘rinish berdi: makiyaj qildi, sochlarini turmakladi.

    Bir kuni u bilan haqiqatan ham dahshatli voqea sodir bo‘ldi. Boshliq Vupini “mustahkamlikda sinashga” qaror qildi. U jasadlar uchun mo‘ljallangan sovitkich qutisiga yashirindi va hech narsadan gumon qilmagan xodim oldida to‘satdan “tirildi”. Qiz qo‘rqib qochishga urindi, lekin yiqilib boshini qattiq urib oldi.

    Ushbu voqeadan so‘ng Goldberg bu ishni tashladi va 1985-yilda Elis Uokerning “Binafsharang dala gullari” epik romanining ekranlashtirilgan filmida debyut qildi.

    Harrison Ford — duradgor

    Foto: Kino

    Bo‘lajak Gollivud aktyori sakkiz yil davomida buyurtma asosida mebel yasadi. Shu bilan birga, u kinokastinglarga bordi va baʼzan kichik rollarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Ulardan biri rejissyor Jorj Lukasning “Amerikalik graffitilar” filmi edi. Aynan shu filmdagi ijro ko‘p jihatdan taqdirni hal qiluvchi bo‘ldi — rejessyor Lukas xarizmatik duradgorni eslab qoldi.

    Shunday qilib Gollivud afsonasi Harrison Ford paydo bo‘ldi. Ford kosmik kontrabandachi Xan Solo rolini o‘ynadi va sayyoradagi eng mashhur odamlardan biriga aylandi. Tirik afsona bo‘lgan Ford o‘sha yillardagi duradgorlik asboblarini hanuzgacha uyida saqlaydi.

    Stiv Bushemi — o‘t o‘chiruvchi

    Foto: Kino

    Shahar tozalash xizmati xodimining oilasida o‘sgan Stiv Bushemi yoshligidan og‘ir mehnatning qadrini tushungan. 1980-yilda u eng xavfli kasblardan biri — o‘t o‘chiruvchilikni tanladi. To‘rt yil davomida yigit olovga qarshi kurashdi va insonlar hayotini qutqardi, keyin o‘z taqdirini keskin o‘zgartirishga qaror qildi.

    Unga birinchi marta katta shuhrat “G‘azablangan itlar” filmi tufayli keldi. Kventin Tarantinoning olti nafar notanish qaroqchi haqidagi debyut filmida aktyor Janob Pushti rolida paydo bo‘ldi. Bu uning uchun haqiqiy yutuq bo‘ldi va uning qahramonining choy puli haqidagi monologi hanuzgacha eslanadi.

    2001-yil 11-sentyabr teraktlaridan so‘ng Bushemi, allaqachon mashhur aktyor bo‘lgani holda, fojia oldidan shunchaki o‘tib keta olmadi. U o‘zining sobiq o‘t o‘chirish qismiga vayronalarni tozalash va bedarak yo‘qolganlarni qidirish uchun qaytib keldi. Bir necha yil o‘tgach, Bushemi yana o‘t o‘chiruvchi formasini kiyib oldi. Bu safar kino uchun — “Chak va Larri: o‘t o‘chiruvchilarning to‘yi” komediyasida rol ijro etdi.

    Nikol Kidman — massajchi

    Foto: Kino

    Gollivud yulduzi Nikol Kidman bolaligidayoq sahnani orzu qilgan. Yoshligidan u balet bilan shug‘ullangan va maktab spektakllarida rol o‘ynagan. 15 yoshida u ekranda debyut qildi va “Bushdagi Rojdestvo” filmida suratga tushdi. Shundan so‘ng u o‘qishni ham, aktyorlikni ham keskin to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

    Qiz 17 yoshga to‘lganda, uning oilasi katta sinovga duch keldi — Kidmanning onasida saraton kasalligi aniqlandi. Yaqinlariga yordam berish uchun u tezlashtirilgan massaj kurslarida o‘qidi va shahar kasalxonasiga ishga kirdi. U deyarli tanaffussiz onasi va boshqa bemorlarga davolanishga yordam berdi.

    Xayriyatki, onasining kasali yengillashdi va Nikol massajchilik kasbidan voz kechdi. U o‘qishga qaytdi va shuhrat tomon yangi yo‘llar ochildi. 2003-yilda u “Soatlar” filmidagi roli uchun “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

    Kristofer Uoken — sherlar uchun dressirovkachi

    Foto: Kino

    Ushbu tanlovda eng xavfli ish bilan, shubhasiz, “Ustasi farang” filmida Katta Frenk Ebegneyl rolini ijro etgan Kristofer Uoken shug‘ullangan. Uokenni aktyorlik faoliyatiga bolaligidan tayyorlashgan. 10 yoshida u sahnada o‘ynagan, 16 yoshida esa Brodveyda to‘liq chiqish qila boshlagan.

    Ammo shuhratga erishish yo‘lida uning kino bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlari ham bor edi. Shunday qilib, 16 yoshida yigit o‘zini sirkda topdi. O‘smirlar uchun odatiy bo‘lgan shirin paxta sotish kabi vazifalar o‘rniga, uni haqiqatan ham ekstremal ish kutayotgan edi — sherlar dressirovkachisining yordamchisi lavozimi. Yoshligiga va tajribasizligiga qaramay, Uokenga sher bilan mustaqil chiqish qilish ishonib topshirildi, u har safar yirtqichning qafasiga kirganda hayotini xavf ostiga qo‘yar edi.

    Sirkdan so‘ng Uoken musiqiy teatrlarda chiqish qila boshladi. U 1971-yil “Anderson tasmalari” filmida o‘z debyutini qildi. Yetti yil o‘tgach, “Kiyik ovchisi” harbiy dramasidagi roli unga shon-shuhrat keltirdi. Chimino kartinasidagi roli uchun Uoken “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

    Adam Drayver — dengiz piyoda askari

    Foto: Kino

    Adam Drayver AQSH dengiz piyodalarida deyarli uch yil xizmat qildi. Uning o‘zini bunday qiyin ishga bag‘ishlash qaroriga 11-sentabr voqealari taʼsir ko‘rsatdi. Qo‘mondon uning sezilarli yutuqlariga ahamiyat berdi va uni Iroqqa jo‘natishga tayyorladi. Biroq, velosiped avtohalokatida olingan ko‘krak qafasi jarohati uning harbiy karyerasiga chek qo‘ydi.

    Bu Drayverni bolalikdagi kino orzusiga qaytishga majbur qildi. Harbiylikdan so‘ng u qisqa vaqt ichida Indianapolisda o‘qidi. Keyin Nyu Yorkdagi Juilliard maktabining drama bo‘limiga o‘qishga kirdi.

    Bunday nufuzli muassasani tugatgandan so‘ng, Drayver Brodveyda chiqish qila boshladi. Uning karyerasiga “Qizlar” serialidagi roli turtki bo‘ldi, u yerda Adam bosh qahramon Xannaning unutilmas sevgilisi obrazini yaratdi.

    Qisqa vaqt ichida, aktyor o‘zini ko‘p qirrali ijrochi sifatida ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. U “Paterson” filmidagi avtobus haydovchisi va “Guchchi uyi” filmidagi ekssentrik Mauritsio obrazlari bn shuhrat qozondi.

    Shu bilan birga, Drayver o‘zining harbiy o‘tmishini hech qachon unutmadi.

    Gollivudda muvaffaqiyatga erishgach, u deyarli 20-yildan beri harbiy xizmatchilarni sanʼatga jalb qilishga yordam berib kelayotgan Qurolli kuchlardagi Sanʼat tashkilotiga asos soldi.

    28 may, 17:41   Izoh (0)   1280
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud yulduzlari#Aktyorlar#Nikol Kidman#Xarrison Ford#Vupi Goldberg#eng gʻayrioddiy kasblar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ishonish qiyin: 2022-yilda 60 yoshni qarshi oladigan jahon yulduzlari (foto)

    10.03.2022, 19:57

    Mashhur insonlarning hayratda qoldiradigan g‘alati odatlari (foto)

    30.03.2022, 20:56

    Turli filmlarda muvaffaqiyatli tandem yaratganini ko‘pchilik payqamagan jahon kinosi yulduzlari (foto)

    10.06.2022, 10:51

    Ajoyib suratlar: Anjelina Joli, Joni Depp, Kianu Rivz va boshqa mashhurlar birinchi rolini ijro etganda qanday ko‘rinishda bo‘lgan?

    10.07.2022, 15:35

    Kameron Dias, Ben Afflek, Ledi Gaga, Robert Pattinson va maktabda sinfdosh bo‘lgan boshqa mashhurlar (foto)

    02.09.2022, 15:15

    Gollivud aktrisalari filmdagi qahramonlari bilan bir xil yoshda qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto)

    20.10.2022, 13:03

    Roli sabab tomoshabinlar tanqidi va g‘azabiga uchragan mashhur aktyor va aktrisalar (foto)

    26.11.2022, 11:45

    Musiqiy chartlarni “portlatgan” albom, 4-farzandini kutayotgan oila va 3-marta turmushga chiqqan Britni Spirs: 2022-yilda Gollivud yulduzlari hayotida sodir bo‘lga...

    28.11.2022, 18:45

    Grim ortida qolgan yoshlik: Kinodagi rollari uchun “keksaygan” mashhur aktyor va aktrisalar (foto)

    19.12.2022, 11:52

    Misli ko‘rilmagan boylik: Dunyoning eng badavlat aktyorlari 20 taligi (foto)

    13.09.2023, 14:50

    Rollariga kirishib ketish tufayli salomatligiga zarar yetkazgan Gollivud yulduzlari (foto) 

    02.11.2023, 15:31

    Burak O‘zchivitning sevimli restorani, Kerem Bursin xaridlar qiladigan do‘kon: turk yulduzlarini uchratish mumkin bo‘lgan Istanbuldagi mashhur joylar

    29.11.2024, 15:56

    O‘z ampluasidan chiqa olgan: Turli obrazlarni mahorat bilan gavdalantira olishini isbotlagan kino yulduzlari (foto)

    13.12.2024, 10:40

    Aktyorlar rejissyor va prodyuserlar oldiga qo‘ygan kutilmagan noodatiy shartlar

    20.12.2024, 09:58

    Gollivudning afsonaviy yulduzlari o‘rnini bosishi kutilayotgan yosh aktyorlar (foto) 

    11 yanvar, 11:25

    Leonardo Di Kaprio, Tom Kruz va mashhur filmlarni suratga olish vaqtida jarohat olgan Gollivud aktyorlari

    28 yanvar, 17:42

    Mashhurlik cho‘qqisiga yetganda kinoni tark etgan jahon yulduzlari 

    31 yanvar, 18:51

    Kianu Rivz Gollivuddagi eng mehribon va kamtar aktyor ekanini isbotlovchi holatlar

    15 fevral, 10:15

    Bolalarning so‘nggi tilagini amalga oshirgan, uysizlarga yordam bergan va boshqa insoniylik fazilatlari bilan tanilgan Gollivud aktyorlari

    18 fevral, 15:02

    Gollivudda suratga tushgan koreyalik aktyorlar

    4 mart, 17:35

    Yoshligida popkorn sotgan, Gollivud taklifini rad etgan va “yulduzlik kasalligi”ga chalingan Nurgul Yeshilchay 49 yoshda

    27 mart, 16:55

    Leonardo Di Kaprio, Megan Markl va boshqa kinoyulduzlarining noodatiy hobbilari 

    14 aprel, 13:12

    Mukammal qomatga erishish yo‘lida anoreksiyaga duchor bo‘lgan jahon yulduzlari

    9 aprel, 20:15

    Mashhurlarning go‘zal qizlari: Gollivud yulduzlarining farzandlari qanday ko‘rinishda?

    4 aprel, 07:46

    Kinoga tasodifan kirib kelgan va olamshumul mashhurlikka erishgan Gollivud yulduzlari

    11 aprel, 17:01

    Joli asalari bilan, Bekhem sahroda: fotosessiyalarga millionlab dollar sarflaydigan mashhurlar

    11 aprel, 09:59

    Xitoyning eng boy aktrisalari top-7 taligi: Dilraba Dilmurat esa oxirgi o‘rinda

    14 aprel, 16:40

    Aktyorlikdan tashqari biznesda ham muvaffaqiyat qozongan Gollivud yulduzlari

    8 may, 00:00

    Farzandlarining aktyor bo‘lishini xohlamaydigan Gollivud yulduzlari

    11 may, 12:30

    Hazillardan “Oskar”gacha: karyerasini stendap bilan boshlagan Gollivud yulduzlari

    17 may, 10:50

    Ham san’atda, ham biznesda omadi chopgan o‘zbek shou-biznesi vakillari

    21 may, 13:08

    Betmandan Sukerberggacha: eng tejamkor mashhurlar ro‘yxati tuzildi

    21 may, 17:40

    Instagram: Yulduz Usmonovaning Instagram’dagi reklamasi qancha? Jambul Muhammedov qimmatbaho avtomobil xarid qildi, Ozoda Nursaidovaning konsertdagi obrazlari qanc...

    21 may, 19:25

    Kianu Rivz, Enn Heteuey va Florens Uelch: omma eʼtiborida bo‘lishni yoqtirmaydigan Gollivud yulduzlari

    23 may, 08:29
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. Qoldirilgan bahsda “Xorazm” “Qizilqum”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 6 iyun, 21:10

    Rossiyada IELTS topshirganlar qamalishi mumkin

    Dunyo | 6 iyun, 21:00

    Shavkat Mirziyoyevni Qurbon hayiti bilan kimlar tabrikladi?

    O‘zbekiston | 6 iyun, 19:57

    Ukraina “O‘rgimchak to‘ri”ga o‘xshash yangi operatsiyalarga tayyorlanmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 6 iyun, 19:30

    Germaniya yuzlab migrantlarni mamlakatga kiritmadi

    Dunyo | 6 iyun, 18:50

    Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi (foto)

    O‘zbekiston | 6 iyun, 17:46

    Yaponiyadagi “EXPO-2025” ko‘rgazmasidagi suvda bakteriyalar aniqlandi

    Dunyo | 6 iyun, 16:58

    Isroil uzoq tanaffusdan so‘ng Bayrut hududiga zarba berdi

    Dunyo | 6 iyun, 16:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.