Ko‘pchilik o‘z ishining qanchalik qiyin ekanligidan noliydi. Bizni xudbin rahbarlar, past oylik maosh, erta turib tiqilinch transportda ishxonaga borish, ish kunining zerikarli o‘tishi kabi omillar charchatadi.
Tasavvur qiling, siz bir ondayoq mashhur shaxsga aylandingiz, kinokompaniyalar sizning birgina rolingiz uchun minglab dollar gonorar berishga tayyor. Bu ko‘pchilik uchun go‘yoki orzudagi hayot. Biroq bunday hayotdan ham noliydiganlar topiladi. Quyida Gollivud yulduzlarining kino olami va shon-shuhrat ortida ko‘pchilik bilmaydigan haqiqatlari keltiriladi.
Elayja Vud

Bolaligidan kinoda suratga tushgan Elayja bir necha bor kinematografiyada bolalarni ekspluatatsiya qilish haqida gapirgan va yosh aktyorlarni yaxshiroq himoya qilishni yoqlab chiqqan.
“Gollivudda qandaydir yomon narsa sodir bo‘lgani aniq. Bu sohada ilonlar, faqat o‘z manfaatini o‘ylaydigan odamlar ko‘p. Uning tubida qorong‘ilik bor. Bunday vaziyatlarda meni xafa qiladigan narsa shuki, jabrlanuvchilar hokimiyatdagi odamlar kabi baland ovozda gapira olmaydi. Begunoh odamlar bilan nima sodir bo‘layotganini fosh qilishga urinishning fojiasi shundaki: ularni ezib tashlash mumkin, ammo ularning hayoti tuzatib bo‘lmas darajada izdan chiqadi”, degan edi Vud 2016-yilda.
Riz Uizerspun
-lXx1eMfc.avif)
2017-yilda Riz 16 yoshida bir rejissyor tomonidan tajovuzga uchraganini tan oldi.
“Uxlashim qiyin, o‘ylashim qiyin, tashvish, o‘z vaqtida gapirmaganim uchun o‘zimda bo‘lgan ko‘p his-tuyg‘ularimni izhor qilishda qiynalaman. Menga tajovuz qilgan odamga nisbatan haqiqiy nafrat, hamda jim bo‘lishim evaziga ishda qolishimni his qilishga majbur qilgan agentlar va prodyuserlarga nisbatan nafrat his qilyapman”, dedi yulduz.
Hoakin Feniks
-cb8nyl0J.avif)
Hoakin uzoq vaqtdan beri shuhrat bilan bog‘liq noqulaylik haqida gapirib kelmoqda. 2014-yilda u muxlislari ko‘chada rasm olish uchun uning yoniga kelganida vahimaga tushishini aytgan edi. “Oskar” sovrindori A toifali aktyorlar duch keladigan shaxsiy hayot daxlsizligining yo‘qligini ko‘p marta qoralagan.
“Mashhurlik ko‘pincha shaxsiy hayot va anonimlikning yo‘qolishidir. Biroq buning ijobiy tomoni ham bor — siz qilgan ishlaringiz uchun jamoatchilik hurmati va minnatdorchiligiga sazovor bo‘lasiz”, deya o‘z fikrini bildirdi Feniks 2023-yilda.
Sharliz Teron
-3fs4OXl6.avif)
2017-yilda Sharliz Gollivudni qoloq deb atab, ayollarga kamdan kam hollarda katta byudjetli filmlarni suratga olishga ruxsat berilishini taʼkidladi.
“Bizda shunday davrlar bo‘ldiki, ayollar o‘zlarini namoyon qilib, shisha shiftlarni sindirganday bo‘lishdi. Ammo keyin buni davom ettira olmadik. Yoki bitta muvaffaqiyatsiz film tufayli to‘satdan hech kim bosh rolni ayol ijro etadigan loyihani suratga olishni xohlamay qoldi. Men ‘Mo‘jizakor ayolʼ filmi byudjetidan yuqori mablag‘ bilan ayollarga ishlashga ruxsat bermagan sanoatning bir qismi ekanligimdan uyalaman. Bu juda ibtidoiy tuyuladi”, deya fikrlarini baham ko‘rdi “Oskar” mukofoti sohibasi.
Jillian Anderson
-LF-CjYEF.avif)
1990-yillarda Jillian “Maxfiy hujjatlar” seriali bo‘yicha hamkasbi Devid Duhovni bilan teng maosh olish uchun qatʼiy kurashgan edi. Biroq yillar o‘tib, u yana xuddi shu vaziyatga duch keldi: unga “Maxfiy hujjatlar” qayta suratga olinishi uchun Devidga nisbatan ikki baravar kam haq taklif qilishdi.
“Ayniqsa, hozirgi sharoitda, ayollar teng bo‘lmagan ish haqi haqida gapirayotgan bir paytda, bu masalani ko‘tarib chiqish va eshitilishi juda muhim. O‘tmishda bizga adolatli haq to‘lashlari uchun juda ko‘p mehnat qilganman. Bu masala ustida uzoq ishladim va nihoyat nimanidir o‘zgartira oldim. Endi esa yana o‘sha ahvol takrorlandi! Bu haqda nima deyishni ham bilmayman”, dedi aktrisa.
Amanda Sayfred
-Ku1ntgOu.avif)
Amanda yuqori byudjetli filmda qatnashganida unga erkak hamkasbi olgan pulning o‘ndan bir qismigina to‘langan. Bu esa o‘sha paytda ikkalasi ham Gollivudda juda mashhur bo‘lishiga qaramay sodir bo‘lgan.
“Menimcha, odamlar meni ko‘ngli ochiq va ijobiy inson bo‘lganim uchun ular taklif qilgan har qanday summani qabul qilaveradi, deb o‘ylashadi. Masala qancha pul olishda emas, balki bu qanchalik adolatli ekanligida”, deya taʼkidladi yulduz.
Megan Foks
-yW3lljiA.avif)
15 yoshida aktyorlik faoliyatini boshlagan Megan Gollivudni “ayollarga nisbatan nafratli” deb ataydi va kino sanoatida yoshligidanoq o‘zini buyum sifatida ko‘rishgani hamda jinsiy obyektga aylantirishganini taʼkidlaydi.
“Menimcha, men MeToo harakatidan deyarli o‘n yil oldin bu haqda gapira boshlaganman. Men doimo Gollivudda 2008 va 2009-yillarda sodir bo‘lgan baʼzi haqoratli, patriarxal hodisalarga qarshi chiqqanman, odamlar buni qabul qilishga yoki chidashga tayyor bo‘lishidan ancha oldin. Va buning uchun meni masxara qilishgan”, deb eslaydi Foks 2022-yilda.
Izoh (0)