• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    Dunyoda Qo‘shma Shtatlarga nisbatan munosabat turlicha. Uni erkinlik, demokratiya va inson huquqlari himoyachisi sifatida ko‘radigan ham, aksar urushlar va xaos sababchisi deb biladiganlar ham yetarlicha.

    Biroq hech kim uning vayronkor va o‘ta professional urush mashinasini inkor eta olmaydi. Amerikaliklar dunyoning istalgan nuqtasiga, har qanday vaqtda zarba berish imkoniga ega. Sayyoramizning turli qismlarida joylashgan 750 ta harbiy baza logistika zanjiri vazifasini bajaradi. Ular sharofati bilan murakkab va davomli amaliyotlarni bajarish mumkin.

    Harbiy havo kuchlari

    Qo‘shma Shtatlar harbiy doktrinasi havo hukmronligi ustiga qurilgan. Ular dushman qiruvchi samolyotlari yoxud mudofaa tizimlari zararsizlantirilmay turib, biror jiddiy amaliyotga qo‘l urmaydi. Shu bois ularda keng spektordagi havo bortlari mavjud. F-35 ularning eng mashhurlaridan deyish mumkin. Uni loyihalash, ishlab chiqarish va uzoq muddatli texnik xizmat ko‘rsatish kabi xarajatlar AQSH va ittifoqchilariga taxminan 2 trillion dollarga tushadi. Dasturning taxminan 70 foizini Qo‘shma Shtatlar o‘z zimmasiga olgan.

    AQSH harbiy havo kuchlarining tuli maqsadlarga mo‘ljallangan samolyotlari
    AQSH harbiy havo kuchlarining tuli maqsadlarga mo‘ljallangan samolyotlari
    Foto: Atlantic Council

    Beshinchi avlod samolyoti. Bu F-35 ga nisbatan beriladigan taʼrif. Boisi u bir necha vazifalarni bir vaqtda bajaradi, yuqori darajada avtomatlashtirilgan, yirik hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlaydi. Eng muhimi, avvalboshidan radarlarda ko‘rinmaslik uchun loyihalangan. Ammo bu samolyot havo mudofaa tizimlari uchun daxlsiz degani emas, Nazariy jihatdan radarlarda ko‘rinmaydigan samolyot yo‘q. Bu yerda gap past sezuvchanlikda.

    Aslini olganda F-35 uchta samolyotdir. Uning quruqlikdan uchiriladigan F-35 modeli havo kuchlarida, vertikal ko‘tarilish va qo‘nish xususiyatiga ega B modeli esa dengiz piyodalari safida xizmat qiladi. Mazkur xususiyat sharofati bilan u desant-amfibiya kemalari havo qanotidan joy olgan. Qiruvchining C versiyasi esa aviatashuvchilarda xizmat qilishga mo‘ljallangan.

    F-35 A,B va C modifikatsiyalari
    F-35 A,B va C modifikatsiyalari
    Foto: Aviation.com

    F-35 AQSH qurolli kuchlari inventariga kiritilgan eng zamonaviy qiruvchi samolyot hisoblanadi. Uni baʼzan qanotli kompyuter deb ham atashadi. Har biri 90-100 mln dollarga baholanadi. Biroq amerikaliklar ixtiyorida undan ham mashhurroq qiruvchi samolyot mavjud. U F-22 bo‘lib, narxi F-35 dan uch barobar qimmatroq. F-22 Raptor nafaqat ilg‘or avionika, balki aerodinamik imkoniyatlar bilan ham maqtana oladi.

    Yaʼni u F-35dan uzoqroqqa uchishi, yaxshiroq manyovr qilishi mumkin. Uni Qo‘shma Shtatlar hatto eng yaqin ittifoqchisi Isroilga ham sotmagan. Ammo ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishdagi yuqori narx sabab Raptorʼlar cheklangan sonda ishlab chiqarilgan. Hozir AQSH harbiy havo kuchlari ixtiyorida bunday havo bortlaridan taxminan 187 ta bor. Ularning bir qismi Qo‘shma Shtatlarning Xitoy yaqinidagi bazalariga joylashtirilgan bo‘lib, faqat quruqlik aerodromlaridan uchiriladi.

    Foto: F-22 Raptor
    Foto: F-22 Raptor
    Foto: Lockheed Martin

    Qiruvchi samolyotlar borasida Xitoy AQSHga ilk bor 2011-yili chaqiriq tashladi. Mamlakatda ishlab chiqarilgan va beshinchi avlodga mansub deya ishoniladigan J-20 Mighty Dragon qiruvchisi ilk bor havoga ko‘tarildi. Samolyot Xitoy harbiy sanoatida yangi sahifa ochdi. Avvaliga ular rus dvigatellarida parvoz qildi. Keyinchalik xitoyliklar mahalliy WS-15 muqobilini ishlab chiqdi.

    Hozir xitoyliklar ixtiyorida ushbu samolyotdan 200 ta borligi ishoniladi. Mamlakat o‘zining misli ko‘rilmagan ishlab chiqarish imkoniyatidan foydalanib, 2030-yilga qadar raqamlarni mingga yetkazishi mumkin. Daʼvo qilingan ko‘rsatkichlarga ishonsak, J-20 maksimal tezlik, operatsion radius va qurollar ko‘tarish imkoniyati bo‘yicha ashaddiy raqibi F-22 ni ortda qoldiradi.

    Xitoyning J-20 qiruvchi
    Xitoyning J-20 qiruvchi
    Foto: Scramble

    Ammo uning stels, yaʼni radarlarda ko‘rinmaslik xususiyatiga nisbatan savollar bisyor. Xitoy hukumati qatʼiy senzura o‘rnatgani bois, faqat yutuqlargina gapiriladi. Qolaversa, inson omili ham muhim rol o‘ynaydi. Xitoyliklar so‘nggi bor 1979-yili haqiqiy urushda qatnashgan. Qo‘shma Shtatlar esa o‘z uchuvchilarini turli mojarolarda muntazam charxlab keladi.

    Taʼkidlash joiz, J-20 xitoyliklar ixtiyoridagi yagona beshinchi avlod qiruvchisi emas. 2024-yili xitoyliklar yana bir samolyot J-35 ni namoyish qildi. U tuzilish jihatdan amerikalik raqibi F-35 ni yodga solib yuboradi. Xitoyliklar yangi qiruvchini havo kuchlari va flot aviatsiyasi uchun alohida modelda ishlab chiqarmoqchi. Yaʼni quruqlikdan uchishga boshqa, aviatashuvchilar palubasidan ko‘tarilishga boshqa samolyotlar bo‘ladi.

    J-35A qiruvchi samolyoti
    J-35A qiruvchi samolyoti
    Foto: Xitoy manbalari

    Ammo Xitoy samolyotlarining reputatsiyasi amerikalik raqiblari bilan tenglasha oladigan darajaga chiqqani yo‘q. Arzonligi bois ularni asosan Afrika va Osiyoning qashshoq davlatlari xarid qilmoqda. J-10C xalqaro bozorda ommalashgan mana shunday modellardan biridir. Pokiston harbiy havo kuchlari Kashmir uchun navbatdagi mojaroda hind qiruvchilarini aynan ushbu samolyotlar yordamida urib tushirgan edi. Bu esa Pekin taqdim etgan modellarga nisbatan skeptitsizmni bir qadar yo‘qqa chiqardi.

    Umuman olganda, hozir Qo‘shma Shtatlar ixtiyorida 13 mingdan ortiq samolyot mavjud. Ularning 1800 ga yaqini qiruvchilar hisoblanadi. F-35 va F-22 dan tashqari, mazkur ro‘yxatdan F-15, F-16 hamda F/A-18 qiruvchilarining turli modellari ham o‘rin olgan. Xitoy esa bunga qarshi taxminan 3000 texnikadan iborat havo kuchlarini qo‘ya oladi. Mazkur tuzilmaning katta qismi qiruvchilar bo‘lib, asosini J-10, J-11 va J-16 kabi to‘rtinchi avlod samolyotlari tashkil etadi.

    Biroq qiruvchi samolyotlar havo janglari taqdirini hal qiladigan yagona faktor emas. Erta ogohlantirish va havo nazorati (AEW&C) samolyotlari, havoda yoqilg‘i quyish tankerlari va boshqalar jangovar amaliyot natijasini belgilashda muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa uzoq masofaga zarba berish talab etiladigan missiyalar uchun tankerlar floti kerak bo‘ladi. Qo‘shma Shtatlarda bunday maqsadlar uchun 650 ta samolyot mavjud. Xitoyda esa raqamlar 7 tadan 30 taga borishi mumkin.

    Qo‘shma Shtatlarning havoda yoqilg‘i quyish tankerlari
    Qo‘shma Shtatlarning havoda yoqilg‘i quyish tankerlari
    Foto: US Air Force

    Ammo Xitoyning og‘riqli tomoni bu emas. Mamlakatda sovetlarning Tu-16 bombardimonchisi asosida ishlab chiqarilgan taxminan 120 ta Xian H6 strategik bombardimonchisi mavjud. Ular yadroviy qurollarni tashishi, uzoq masofali raketalarni uchirishi mumkin. Ammo radarlarda ko‘rinmaslik xususiyatiga ega emas. Bunga qodir Xian H-20 modeli esa hali ishlanma bosqichida. U 2030-yilga qadar tayyor bo‘lmasligi mumkin.

     Xian H6 strategik bombardimonchisi
    Xitoyda ishlab chiqarilgan Xian H6 strategik bombardimonchisi
    Foto: China Arms

    Qo‘shma Shtatlar bunday salohiyatga allaqachon ega. U o‘zining ilk yashirin strategik bombardimonchisini 1989-yili havoga ko‘targan. 1999-yili esa Bolqon urushida jangovar sinovdan o‘tkazgan. O‘shandan beri u turli mojarolarda, jumladan Eron yadroviy obyektlariga zarbada qatnashdi.

    Harbiy dengiz kuchlari

    Gap harbiy havo kuchlari haqida ketganda, Qo‘shma Shtatlar ham son, ham sifat borasida yaqqol ustunlikka ega. Ammo harbiy dengiz kuchlari borasida bunday deya olmaymiz. Xitoy floti kemalar soni bo‘yicha allaqachon Qo‘shma Shtatlarni ortda qoldirgan. Pentagonning 2023-yilgi hisob-kitoblariga ko‘ra, xitoyliklar ixtiyorida 370 ta kema mavjud. AQSHda esa bundan 78 taga kamroq — 292 ta.

    Biroq bu dengizda xitoyliklarning qo‘li baland kelishini anglatmaydi. Xitoy floti shunchaki kemalar soni bilan ustun xolos. Boshqa bir indikatorga ko‘ra, ular ancha ortda qoladi. Gap flot ixtiyorida mavjud kemalarning umumiy vaznini ifodalovchi tonnaj haqida. Soddaroq aytsak, Xitoy flotining umumiy vazni 2 857 143 tonnani tashkil etadi. Ularning raqibida esa 4 168 037 tonna.

    Buni AQSH harbiy dengiz kuchlaridagi kemalarning yirikligi, masalan aviatashuvchilar faktori bilan izohlash mumkin. Bortida bir necha ming kishi xizmat qiladigan, bir marta yoqilg‘i quyish bilan 50 yil to‘xtovsiz suzish imkoniga ega bo‘ladigan bahaybat kemalar Qo‘shma Shtatlarni dunyo ummonlarining xo‘jayiniga aylantirgan. Amerikaliklar jami 11 ta aviatashuvchiga ega. Ularning barchasi yadroviy bo‘lib, har biri ishlab chiqargan energiya butun boshli shaharni elektr bilan taʼminlashga yetadi.

    Har bir aviatashuvchi o‘rtamiyona davlat harbiy havo kuchlari bilan barobar o‘t ochish quvvatiga ega. Qo‘shma Shtatlarning Gerald R. Ford aviatashuvchisi hozirda suzayotgan eng yirik harbiy kema hisoblanadi. U o‘zi bilan oltmishga yaqin qiruvchi, elektron urush, transport samolyotlarini olib suzadi. Qolaversa, uning havo qanotidan logistika, maxsus amaliyotlar hamda suvosti kemalarini ovlashga qodir vertolyotlar ham o‘rin olgan.

    USS Gerald R. Ford aviatashuvchisining zarbdor guruhi
    Foto: The Maritime Exucitive

    Qo‘shma Shtatlardan farqli, Xitoy floti global emas, mintaqaviy amaliyotlarga eʼtibor qaratadi. Boisi ularda uzoq masofaga suzib borish va ummonda oylab qolish imkonini beradigan yadroviy aviatashuvchilar mavjud emas. Mamlakat 1998-yili Ukrainadan sovetlarning Varyag aviatashuvchisini sotib olib, chuqur modernizatsiyadan o‘tkazdi. 2012-yili kema Liaoning nomi bilan flot ixtiyoriga topshirildi. Shandong esa ilk mahalliy aviatashuvchi bo‘lib, 2017-yili suvga tushirilgan. Biroq ular jangovar imkoniyatlar borasida AQSH aviatashuvchilariga yaqin ham kelolmaydi.

    Xitoyliklarning katapulta mexanizmiga ega ilk aviatashuvchisi 2024-yildan dengiz safarlarini boshladi. Gap hajm va imkoniyatlar haqida ketganda, u avvalgi ikki modeldan keskin farq qiladi. Kema 40 dan ortiq havo bortlarini o‘zi bilan birga olib yuradi. J-15T qiruvchilari, J-15D elektron urush samolyotlari, Shenyang J-35 stesl qiruvchilari va KJ-600 “erta ogohlantirish va havo nazorati” (AEW&C) samolyotlari shular jumlasidan. Biroq Fujianing eng katta kamchiligi yadroviy reaktorlar yo‘qligida. Qolaversa, u hali xizmatga tayyor emas.

    Fujian aviatashuvchisi
    Fujian aviatashuvchisi
    Foto: Naval Technology

     

    Quruqlik qo‘shinlari

    Xitoy harbiy havo kuchlari va flotni rivojlantirishga jiddiy eʼtibor qaratdi. Buni Tayvan omili bilan bog‘lash mumkin. Biroq Pekin quruqlik qo‘shinlariga nisbatan o‘gay munosabatda deyish to‘g‘ri emas. Qurolli kuchlarning mazkur tuzilmasida taxminan bir million faol xizmatchi mavjud. Ular 5 ta teatr qo‘mondonligi, 13 ta armiya korpusiga bo‘lingan. Kompartiya islohotlari doirasida mazkur tuzilma xizmatchilari soni kamaygan bo‘lsa-da, texnik imkoniyatlari yaxshilandi.

    Hozir uning ixtiyorida mahalliy ishlab chiqarilgan tanklar, zirhli transport vositalari, artilleriya qurollari va havo mudofaa tizimlari bor. Rivojlangan harbiy sanoat sharofati bilan katalog shiddat bilan kengaymoqda. Type 99 tanklari, Type 04 piyoda jangovar mashinalari, Type 08 zirhli transport vositalari, PCL-181 o‘ziyurar gaubitsalari hamda HQ oilasiga mansub turli radiusda ishlaydigan havo mudofaa tizimlari – bularning bari keng ko‘lamli modernizatsiya dasturining natijasi hisoblanadi.

    Xitoyning Type 99 tanklari
    Xitoyning Type 99 tanklari
    Foto: Naval Technology

    Qo‘shma Shtatlar armiyasida xizmat qiluvchi harbiylar soni raqibidan ozroq – 450 ming. Biroq AQSH Milliy gvardiyasining 336 ming faol xodimlari ham qo‘shib hisoblansa, ko‘rsatkich Xitoy quruqlik kuchlariga yaqinlashadi. Ular M1A2 Abrams tanklari, Bradley piyoda jangovar mashinalari, Stryker zirhli transport vositalarida jang olib boradi.

    Qolaversa, ularda yana taxminan 12 ming MRAP sinfidagi minaga bardoshli mashinalar ham bor. Artilleriya borasida AQSH asosan HIMARS va M270 kabi yalpi o‘t ochish raketa tizimlariga suyanadi. Mazkur ikkisi Ukrainada sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan.

    AQSH armiyasi havo tahdidlaridan himoyalanish uchun Patriot, THAAD zenit raketa kompleksiga tayanadi. Yaqin masofadagi nishonlarni esa Avenger tizimlari bilan zararsizlantirish mumkin. Qolaversa, Stinger ko‘chma mudofaa tizimlari bilan qurollangan piyodalar ham past balandlikda uchadigan havo tahdidlarini bartaraf eta oladi.

     THAAD zenit raketa kompleksi
    Foto: Army Recognition

     

    AQSH quruqlik kuchlari dunyoning eng yirik armiya aviatsiyasiga ega. Ro‘yxatda AH-64 Apache hujumkor, UH-60 Black Hawk, CH-47 Chinook kabi transport vertolyotlarini uchratish mumkin. AQSH quruqlik kuchlari 2024-yili Pentagon uchun ajratilgan 886 milliard dollarlik byudjetning 30 foizini olgan.

    Dronlar

    Uchuvchisiz uchish qurilmalaridan zarba berish amaliyotida foydalangan ilk davlat Qo‘shma Shtatlar bo‘ldi. 2001-yili Afg‘onistonga bosqinda MQ-1 Predator droni ham jangovar amaliyotga jalb etildi. AQSH shundan buyon yirik hajmli dronlar sanoatining yetakchisi mavqeyini saqlab kelmoqda. Biroq Ukraina urushi katta dronlar havo mudofaa tizimlari uchun oson o‘lja bo‘lishi, intensiv janglar uchun esa kichik va ko‘p sonli dronlar zarurligini ko‘rsatib berdi.

    Xitoy Qo‘shma Shtatlarni bu sohada allaqachon ortda qoldirib ketgan. Birgina misol, DJI kompaniyasi tijoriy maqsadlar uchun mo‘ljallangan dronlar bozorining to‘rtdan ikki qismiga egalik qiladi. Ammo bu hammasi emas. Mamlakat uchuvchisiz uchish qurilmalari uchun zarur bo‘lgan yuqori texnologik ehtiyot qismlari va nodir materiallar sektorini ham nazorat qiladi.

    Pentagon mazkur kamchilikni bartaraf etish uchun qadam tashlab, kichik va arzon dronlar ishlab chiqarishni rag‘batlantiruvchi memorandumni imzoladi. Biroq arzon ehtiyot qismlari va ishchi kuchisiz buni uddalash mumkinmi, hozircha nomaʼlum. Xitoy harbiylari esa razvedkachi, kamikadze hamda bombardimonchi dronlarni o‘z saflariga tobora chuqurroq integratsiya qilyapti. Baʼzan suv iloni, kabutar kabi niqoblangan unikal ishlanmalar ham namoyish etiladi.

    Kabutar ko‘rinishida niqoblangan dron
    Kabutar ko‘rinishida niqoblangan dron
    Foto: Xitoy manbalari

    Lekin amerikaliklarda xitoyliklarda yo‘q “kuzir karta” bor. Ular so‘nggi o‘n yilliklarda bir necha urush va o‘nlab harbiy amaliyotlarda tajriba orttirdi. Afg‘oniston, Iroq va Liviyaga bosqin AQSH harbiylariga super masshtabdagi amaliyotlarni boshqarish, turli qo‘shin turlarni o‘zaro muvofiqlashtirishni o‘rgatdi. Pekin esa so‘nggi bor bundan 55 yil muqaddam Vyetnam bilan harbiy mojaroga borgan. Shundan buyon uning askarlari urush ko‘rmadi.

    21 iyul, 19:50   Izoh (0)   3178
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #AQSH#Xitoy#harbiy qudrat
    Humoyun Tojiddinov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qator hududlarida issiqlik va gidroelektr stansiyalari ishga tushiriladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 00:13

    Indoneziya prezidentining mushugi shaxsiy qo‘riqchiga ega bo‘ldi

    Dunyo | 22 iyul, 00:00

    O‘zbekistonda gaz va benzin ishlab chiqarish hajmi kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 23:44

    Isroil 25 davlatning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi

    Dunyo | 21 iyul, 23:16

    Qirg‘izistonda SIM kartalarni uchinchi shaxsga berish va sotishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi

    Dunyo | 21 iyul, 22:56

    O‘zbekistonda “oltmishvoy” va “yetmishvoy”lar tug‘ilishi sezilarli kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.