Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining Beruniy ko‘chasi kesishmasidan Forobiy ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan bir tomonlama yo‘nalish qismi 10 soatga yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bunga qurilish-montaj ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.
Shu bois 1-may soat 22:00 dan 2-may soat 08:00 gacha yo‘l avtomashinalar harakati uchun yopiladi.
Ko‘rsatilgan davr mobaynida muqobil yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.
Poytaxtda avtomashinalar harakati cheklangan ko‘chalar
O‘zbekiston ovozi ko‘chasining Shastri ko‘chasi bilan kesishmasidan Yahyo G‘ulomov ko‘chasiga qadar qismi 30-aprelgacha avtomashinalar harakati uchun yopilishi yopilgan. Yunusobod tumanining Asomov ko‘chasi (KHAY)dagi yo‘lning bir yo‘lagi 10-apreldan 6-maygacha yopilgan.
CAEX ko‘rgazma majmuasidan Yangi O‘zbekiston bog‘i kirishigacha bo‘lgan yo‘l 13-apreldan 1-sentyabrgacha transport vositalari harakati uchun cheklangan. Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi Qorasaroy ko‘chasining Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishgan joydan Nurafshon ko‘chasi bilan kesishgan joygacha qismi sentyabrgacha yopilgan.
Shuningdek, Toshkentda gullar festivali sabab ayrim ko‘chalar 5 kunga yopiladi.
Izoh (0)