Toshkentda ekologik tarbiya, tabiatni muhofaza qilish va “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini targ‘ib etish maqsadida gullari festivali bo‘lib o‘tadi.

Festivalning asosiy tadbirlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasining old maydonida tashkil qilinadi. Poytaxt hokimligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, shu munosabat bilan 29-apreldan 3-maygacha quyidagi hududlarda transport vositalari harakati cheklanadi:
- Zarafshon ko‘chasining Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi qo‘riqlash punkti va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
- Istiqlol ko‘chasining Amir Temur va Buyuk Turon ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
- Buyuk Turon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha bo‘lgan qismi.

Hokimlik ko‘rsatilgan davr ichida muqobil yo‘llardan foydalanishni tavsiya qildi.
Poytaxtda avtomashinalar harakati cheklangan ko‘chalar
O‘zbekiston ovozi ko‘chasining Shastri ko‘chasi bilan kesishmasidan Yahyo G‘ulomov ko‘chasiga qadar qismi 30-aprelgacha avtomashinalar harakati uchun yopilishi yopilgan. Yunusobod tumanining Asomov ko‘chasi (KHAY)dagi yo‘lning bir yo‘lagi 10-apreldan 6-maygacha yopilgan. CAEX ko‘rgazma majmuasidan Yangi O‘zbekiston bog‘i kirishigacha bo‘lgan yo‘l 13-apreldan 1-sentyabrgacha transport vositalari harakati uchun cheklangan. Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi Qorasaroy ko‘chasining Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishgan joydan Nurafshon ko‘chasi bilan kesishgan joygacha qismi sentyabrgacha yopilgan.
Izoh (0)