Bugun, 25-aprel kuni yulduzli osmonni sevuvchilarni noyob astronomik hodisa kutmoqda: Oy, Venera va Saturn noodatiy tarzda tizilib smaylik (tabassum)ga o‘xshash shaklni hosil qiladi.

Oy tabassumga, sayyoralar esa kulgan yuzning ko‘zlariga o‘xshaydi. Biroq, shuni taʼkidlash kerakki, bu biz odatlangan emojiga unchalik ham o‘xshamaydi.
Saturn va Venera Oyga yaqinlashib, uchlik tekislashlanishni yaratganda ularning joylashuvi qiyshiq bo‘ladi. Bundan tashqari, sayyoralarning ko‘rinishi sezilarli darajada farq qiladi: Venera, Yer va Quyoshga yaqinligi va yuqori aks ettirish qobiliyati tufayli yorqin bo‘ladi, Saturnni esa faqat eng ko‘zlari o‘tkirlargina ko‘rishlari mumkin.
Boshqacha qilib aytganda, juma kuni osmonda kuluvchi yuz haqiqatan ham paydo bo‘ladi, lekin bir ko‘z bilan va maʼlum bir burchak ostida.
Izoh (0)