• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Toygar Ishikli: Turk seriallaridagi mashhur saundtreklar muallifi haqida (foto, video)

    Turk seriallaridagi saundtreklar, musiqalar — alohida san’at turi. Ko‘pgina turk muxlislari uchun musiqa Turkiyada yaratilgan teleko‘rsatuvlar va filmlarning ajralmas qismi. Seriallarga musiqa yozgan ko‘plab turk kompozitorlari nafaqat o‘z vatanlarida, balki xorijda ham mashhur bo‘lgan. Ulardan biri esa mashhur turk seriallariga musiqa yozgan bastakorlardan biri — Toygar Ishikli hisoblanadi.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Ssenariy mualliflari his-tuyg‘ularning ta’sirini kuchaytirib, loyihaning har bir sahnasi uchun mos keladigan musiqani diqqat bilan ko‘rib chiqadi. Musiqa nafaqat davom etayotgan voqealar uchun fon, balki ko‘rinmas ishtirokchi bo‘lib, qahramonlar boshdan kechirgan his-tuyg‘ularning butun spektrini yetkazadi, bu esa ekranda sodir bo‘layotgan voqealarni idrok etishni kuchaytiradi. Bu har bir sahnaning kayfiyatini yetkazishga yordam beradi, dramani, fojiani ifodalaydi yoki uni romantik tarzda o‘rnatadi.

    Loyihalar ijodkorlari xalq musiqasi, mumtoz asarlar, zamonaviy estrada va rok kompozitsiyalaridan foydalanadi, u o‘ziga xos muhit yaratadi va o‘chmas hissiy ta’sir ko‘rsatadi.

    Toygar Ishikli yozgan musiqalar uzoq vaqt davomida teledasturlardagi eng sevimli turk kompozitsiyalari ro‘yxatida bo‘lgan. Chunki dunyoning eng mashhur orkestrlaridan biri bo‘lgan “Ne Prosto” orkestri o‘z dasturiga “Sevgi iztirobi” turkumidagi musiqalarni kiritgan. 2015-yilda efirga uzatilgan, Burak O‘zchivit, Neslihan Atagul va Kaan Urganjio‘g‘lu ishtirok etgan “Sevgi iztirobi” seriali uchun Toygar Ishikli tomonidan bastalangan musiqa yaqinda filmlar, o‘yinlardan saundtreklarni ijro etishga ixtisoslashgan dunyoga mashhur Ne Prosto orkestri tomonidan ijro etildi.

    Serialda ssenariy, aktyorlar tarkibi, sujetning dinamik va qiziqarli rivoji, rejissor va operatorning ishi muhim, biroq musiqaning o‘rni ham bundan kam emas.

    Turk seriallari tarixiga nomi zarhal harflar bilan bitilgan Toygar Ishikli 57 ta loyihaga musiqiy asarlar yozgan.

    Mashhur turk bastakori, musiqa prodyuseri va xonanda Toygar Ali Ishikli 1974-yilning 16-aprel sanasida Goljik shahrida tug‘ilgan. U bolaligidan orkestrda yakkaxon bo‘lgan otasi tufayli musiqaga qiziqa boshladi. Toygar bolalar xorida qo‘shiq kuyladi, o‘rta maktabda esa musiqa bilan jiddiy shug‘ullana boshladi, o‘zining musiqiy kompozitsiyalarini yaratib, konsertlarda qatnashdi.

    Bastakor o‘z guruhini tuzdi, u bilan birga konsertlar berdi, musiqiy kompozitsiyalarini ijro etdi.

    Toygar maktabni tugatgandan so‘ng Marmara universitetining musiqa ta’limi fakultetiga o‘qishga kirib, xonandalik yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olib, musiqa ta’limini davom ettirdi.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    U Istanbul universitetidagi MIAM (Musiqada ilg‘or tadqiqotlar markazi)da kompozitsiya bo‘yicha magistrlik darajasini olgan. Hozirda bastakor Istanbul texnika universitetida musiqashunoslik va musiqa nazariyasi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilmoqda. Shuningdek Toygar Ishikli “Berkli” musiqa kollejida filmlarga ovoz berish bo‘yicha tahsil olgan.

    Taʼlim davomida u Hasan Ucharsu, Kamran Inche, Piter Snapper, Devid Osbon, Shehvar Beshiro‘g‘lu va Nail Yavuzo‘g‘lu kabi taniqli bastakor va akademiklar bilan hamkorlik qilish, jazz, 20-asr musiqasi, mumtoz turk tili sohalarida tadqiqot va faoliyat olib borish imkoniga ega bo‘ldi.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Toygar nafaqat seriallar uchun musiqa yozgan, balki Sibel Tuzun, Yonja Lodi, Emre Altug‘, Harun Kolchak, Gulay, Hazal, Suavi va Edip Akbayram kabi solistlar bilan bas, aranjirovkachi, bastakor va qo‘shiq muallifi sifatida ham ishlagan.

    2004-yilning boshida Toygar “Geche Yuruyushu” seriali uchun musiqa yozgach, musiqali kino sanoatiga kirib keldi, keyinchalik “Oltin apelsin” marosimida mukofotni qo‘lga kiritdi. Shundan so‘ng ijodkor eng ko‘p talabga ega, mashhur bastakorga aylandi va uning karyerasida o‘zgarishlar bo‘ldi.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Uning teleseriallarga yozilgan ko‘plab saundtreklari alohida kompakt disklar sifatida chiqarilgan.

    Bastakorning kolleksiyasiga 57 ta loyiha uchun yozilgan musiqalar kiritilgan. U “Xazonrezgi” (2006—2010-yil), “Menekshe va Xalil” (2007—2008-yil), “Taqiqlangan sevgi” (2008—2010-yil), “Ezel” (2009—2010-yil), “Kuzey Guney” (2011—2013-yil), “Kara amaki” (2012—2015-yil), “To‘lqin” (2013—2015-yil), “Kurt Seit va Aleksandra” (2014-yil), “Pul va gul ishqi” (2014—2015-yil), “Sevgi iztirobi” (2015—2017-yil), “Menga qanday sevish kerakligini ayt” (2016-yil), “Ichkarida” (2016—2017-yil), “Chuqur” (2017—2021-yil), “Qarg‘a” (2019-yil) kabi mashhur teleseriallar va loyihalarga musiqalar  yozgan.

    Ro‘yxatdagi ko‘plab seriallar uchun bastakor turli tanlovlarda “Eng yaxshi saundtrek” nominatsiyasida mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

    Masalan, Toygar Ishikli “To‘lqin” loyihasi ustida ishlaganda umumiy davomiyligi bir soatdan ortiq bo‘lgan 49 ta kompozitsiya yaratgan.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Bastakorning tomoshabinlar tanishgan so‘nggi asari “Pastga va tashqariga” (2022-yil) va “Oila” teleseriallari musiqasi bo‘lib, loyiha hozirda ekranlarida namoyish etilmoqda, uning ikkinchi mavsumi esa kuzda premyera qilinadi.

    Turkiyaning BluTV raqamli platformasida 2023-yilning 28-iyulda boshlangan yangi “Magarsus” loyihasida Toygar Ishikli musiqasi ham namoyish etiladi.

    Toygar Ishiklining so‘zlariga ko‘ra, uning ajoyib kompozitsiyalari ostidagi ilhom manbalari — uning oilasi, rafiqasi Aylin va ularning qizi Nazli. Ular bastakor ijodining eng sodiq muxlislari. Toygar hatto qizi Nazli uchun “Menekshe va Xalil” serialida yangragan allani yozgan.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Musiqa — filmlarning alohida muhitini yaratish va tomoshabinlarga ta’sir ko‘rsatuvchi kuchli vosita.

    Turk kinosi ushbu mamlakat madaniyati va an’analarini aks ettiruvchi turli ohanglarni taqdim etadi, saundtreklar esa o‘ziga xos sado yaratib, kino asarlaridan bahramand bo‘lishga salmoqli hissa qo‘shadi.

    01.08.2023, 20:45   Izoh (0)   9259
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shahzoda Garri va Megan Marklning moliyaviy ahvoli qanday? Nega hamma ular bankrotlik yoqasida ekani haqida gapirmoqda?

    01.08.2023, 18:51

    Vafoti sababli ssenariyda “o‘ldirilishiga” to‘g‘ri kelgan aktyorlar (foto)

    01.08.2023, 17:59

    “Mashhur telekanallardan biriga borsam, konditsioner ishlamayapti”. Otabek Mahkamov Toshkentda “svet” tez-tez o‘chirilayotgani haqida (video)

    01.08.2023, 16:35

    Kardashyan-Jenner oilasidagi eng badavlat inson kimligi ma’lum qilindi

    01.08.2023, 14:30

    Tushlik uchun 200 ming dollar: Jastin Biber, Kayli Jenner va boshqa mashhurlar ovqatlanishga qancha pul sarflaydi? 

    01.08.2023, 12:30

    Teylor Sviftning Sietldagi konserti kichik zilzilaga sabab bo‘ldi

    01.08.2023, 10:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda tirbandliklar prognoz qilinadigan markaz ishga tushirildi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 14:15

    Tramp Eronga 30 mlrd dollarlik yadroviy taklif bermoqchi — CNN

    Dunyo | 27 iyun, 14:00

    Kulolchilik, fokus ko‘rsatish va oshpazlik: mashhurlarning yana qanday yashirin iqtidorlari bor?

    Shou-biznes | 27 iyun, 13:53

    Xabi Alonso “Real”ning himoyasi haqida: “Barcha futbolchilar orqaga qaytishi kerak”

    Sport | 27 iyun, 13:37

    “O‘zgidromet” 28-iyunda qanday ob-havo kutilayotganini e’lon qildi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 13:25

    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud?

    Reklama | 27 iyun, 12:00

    Rossiyada migrant haydovchilarni ishdan bo‘shatish taklif qilindi

    Dunyo | 27 iyun, 13:08

    Tramp va Netanyaxu G‘azodagi urushni tugatishga kelishib oldi — OAV

    Dunyo | 27 iyun, 12:33
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.