• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Kino Shou-biznes

    Neslihan Atagul 31 yoshda: “Sevgi iztirobi” seriali yulduzi ishtirokidagi eng yaxshi filmlar (treyler)

    Bugun iste’dodli aktrisa va model Neslihan Atagul 31 yoshni qarshi oldi. Turk seriallari yulduzining tug‘ilgan kuni munosabati bilan uning filmografiyasi haqida ma’lumot berishni lozim topdik. Quyida Neslihan Atagul ijrosidagi eng qiziqarli film va seriallar syujeti bilan tanishib chiqamiz.

    “Xazonrezgi” (2006-2010)

    Foto: “Thegirl.ru”

    Janr: drama

    Rejissyor: Mesude Erarslan

    Ssenariy mualliflar: Melek Gencho‘g‘lu, Eje Yorench, Rashod Nuri Guntekin

    Rollarda: Halil Ergun, Guven Hokna, Bennu Yildirimer, Gokche Bahadir, Fahriye Evjen, Neslihan Atagul va boshqalar.

    Foto: “Thegirl.ru”
    Foto: “Thegirl.ru”

    Yosh Neslihan o‘zining birinchi jiddiy rolini “Xazonrezgi” serialida ijro etdi. Undagi hikoyalar Rashod Nuri Guntekin asari asosida yaratilgan. Syujetda ko‘p farzandli er-xotin haqida hikoya qilinadi. Ali Rizo va uning rafiqasi Xayriya kichik shaharchada yashaydi va besh nafar farzandini qattiqqo‘llik bilan tarbiyalaydi. Kunlarning birida oila Istanbulga ko‘chib o‘tishga qaror qiladi, er-xotin qizining katta shaharda o‘qishini davom ettirishini istaydi. Shahardagi hayot tarzi ularga ko‘plab kutilmagan hodisalar va jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.

    “Ishq sohillari” (2013-2014)

    Foto: “Thegirl.ru”

    Janr: drama, melodrama

    Rejissyor: Sadulloh Selen

    Ssenariy mualliflari: Hayriye Ersoz, Murat Emir Eren, Ra’no Mamatlio‘g‘lu va boshqalar

    Rollarda: Kadir Do‘g‘ulu, Neslihan Atagul, Yunus Emre Yildirimer, Dilyara Oztunch, Seda Turkmen, Itir Esen va boshqalar.

    Foto: “Thegirl.ru”
    Foto: Thegirl.ru

    Ushbu loyihada aktrisa hayotdagi bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Kadir Do‘g‘ulu bilan birga ishtirok etgan. Serialda Istanbulning qashshoq hududlaridan biri bo‘lgan Fotih tumani aks etadi. Neslihan ana shu yerda yashaydigan Neriman ismli qiz rolini o‘ynaydi. Qahramon erta yoshda onasidan ayrilib, otasi Faizbey hamda xolasi Gulter xonim bilan birga yashaydi. Ularning oilasi kamtarona hayot kechiradi va qadimgi an’analarga doimo rioya qiladi.

    Go‘zal Nerimanga bolalikdagi do‘sti oshiq bo‘lib, unga uylanishni orzu qiladi, lekin vaqt o‘tib ularning munosabatlari yomonlasha boshlaydi. Keyinchalik Neriman boshqa yigitni uchratadi va hayoti o‘zgarib ketadi. Neslihan ushbu serialda sodda, shu bilan birga hayotga teran qaraydigan, nimani istashini biladigan qiz rolini ijro qilgan.

    “Sendan menga qolgan” (2015)

    Foto: “Thegirl.ru”

    Janr: drama, melodrama

    Rejissyor: Abdulla O‘g‘uz

    Ssenariy muallifi: Levent Kazak

    Rollarda: Neslihan Atagul, Ekin Koch, Zeynep Kankonde, Tayfun Sav, Doga Konako‘g‘lu, Dila Pekdemir va boshqalar.

    Foto: Thegirl.ru

    Elif va O‘zgur oddiy qishloqda tug‘ilib o‘sadi va bolaligida bir-biriga ko‘ngil qo‘yadi, ammo bir kuni O‘zgur Istanbulga ketishga majbur bo‘ladi. U Elifga o‘n kundan keyin qaytib kelishga va’da berdi. Ammo u qariyb o‘n yil o‘tganidan keyingina qaytadi.

    Bu vaqt ichida yigit Istanbulda yashab ulg‘ayadi va boyib ketadi: uning chiroyli uyi, mashinalari bo‘ladi. Ammo taqdir taqozosi bilan O‘zgur bolalikdagi birinchi muhabbatini qayta uchratadi...

    “Sevgi iztirobi” (2015-2017)

    Foto: “Thegirl.ru”

    Janr: melodrama

    Rejissyorlar: Hilol Saral, Ekin Pandir

    Mualliflar: Anil Eke, Burju Go‘rgun Toptash, O‘zlem Yilmaz

    Rollarda: Burak O‘zchivit, Neslihan Atagul, Kaan Urganjio‘g‘lu, Kurshat Alniajik, Orxan Guner, Neshe Baykent va boshqalar.

    Foto: “Thegirl.ru”
    Foto: “Thegirl.ru”

    “Emmi” mukofotiga loyiq deb topilgan mazkur serial millionlab muxlislar qalbidan joy olishga muvaffaq bo‘lgan. Neslihan mazkur serialda rassom qiz Nihon rolini o‘ynagan. Boy va kibor oilaning farzandi avtobusda oddiy va sodda yigit Kamol bilan tanishib qoladi, voqealar rivoji shundan keyin boshlanadi. Neslihan gavdalantirgan obraz oilasi, xususan, ukasini deb uni telbalarcha sevadigan, ammo o‘zining zarracha ko‘ngli bo‘lmagan Amirga turmushga chiqishga va 60 qism davomida aziyat chekishiga to‘g‘ri keladi. Neslihan ushbu serialda sevgisiga sodiq, shu bilan birga ukasini deb sevgisini qurbon qiladigan qiz rolini ijro qilgan.

    “Tub” (2018)

    Foto: “Thegirl.ru”

    Janr: drama, detektiv, sarguzasht

    Rejissyorlar: Chagatay Tosun, Uygar Kutlu

    Mualliflar: Bashar Basharan, Emre Ozdur

    Rollarda: Ilker Kaleli, Neslihan Atagul, Berrak Tuzunatach, Bulent Yarar, Defne Kayalar, Gyozde Turkpenche va boshqalar.

    Foto: “Thegirl.ru”
    Foto: “Thegirl.ru”

    Sahir o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bor odamlar bilan ishlaydi, uning vazifasi falokatlarni oldini olishdan iborat. Faoliyati davomida u xaker qiz bilan tanishadi va ushbu uchrashuv uning ishi va hayoti butunlay o‘zgarib ketishiga sababchi bo‘ladi. Aktrisa kompyuter dahosi Bilge rolini o‘ynaydi va syujetga ko‘ra har qanday parolni buza oladigan mohir IT mutaxassisi bo‘ladi.

    Mini serialdagi hikoyalar Bilge tomonidan Sahir ismli odamni qutqargan paytdan boshlanadi. Neslihan ushbu serialda boshqa rollari singari romantik qiz qahramonini jonlantirmagan. Muxlislar “Tub”ni tomosha qilish orqali aktrisaning yangi qirralarini o‘zlari uchun kashf qilishadi.

    “Elchining qizi” (2019-2021)

    Foto: “Thegirl.ru”

    Janr: jangari, drama, melodrama, kriminal

    Rejissyor: Emre Kabakushak

    Ssenariy mualliflari: Ozan Aksungur, Eylem Chanpo‘lat va boshqalar

    Rollarda: Engin Akyurek, Neslihan Atagul, Gonja Chilasun, Dogukan Po‘lat, Edip Tepeli va boshqalar.

    Foto: “Thegirl.ru”

    “Elchining qizi”da sevgi uchburchagi va keskin burilishlarni uchratish mumkin. Serial markazida bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan ikki yosh turadi. Sanjar va Nare birga bo‘lish uchun barcha narsaga tayyor turadi, ammo qizning otasi bu munosabatlarga qarshi. Juftlik yashirincha turmush qurish uchun qochib ketadi. Biroq ularning birinchi nikoh kechasida jiddiy nizo kelib chiqadi va Sanjar Nareni haydab yuboradi, shundan keyin qiz g‘oyib bo‘ladi.

    Foto: “Thegirl.ru”

    Yigit tushkunlikka tushadi. U sevgilining xiyonat qilganligiga va boshqaning oldiga ketganiga ishonadi. Aslida esa bari aksincha edi: eng yaxshi ko‘rgan insoni unga ishonch bildirmaganiga dosh berolmay, Nare o‘z joniga qasd qilishga qaror qiladi, lekin omon qoladi. Oradan 9 yil o‘tib Sanjar boshqa qizga uylanishga tayyorgarlik ko‘rayotgan vaqtda uning hayotida o‘tmishdagi muhabbat yana paydo bo‘ladi.

    “Oh, Belinda” (2023)

    Foto: “Thegirl.ru”

    Janr: fantastika, drama, komediya

    Rejissyor: Deniz Yorulmazer

    Ssenariy muallifi: Hakan Bonomo

    Rollarda: Neslihan Atagul, Serkan Chayo‘g‘lu, Nejip Memili, Meral Chetinkaya, Beril Pozam va boshqalar.

    Foto: “Thegirl.ru”

    Drama va komediya janridagi “Oh, Belinda” seriali 2023-yilning 7-aprel sanasida tomoshabinlarga taqdim etilgan. Dilyara — yosh aktrisa bo‘ladi, u Belinda shampunining reklama roligini suratga olishga rozi bo‘lgach, hamma narsa o‘zgarib ketadi. Aktrisa ikki farzandi bor uy bekasi rolini ijro etadi va to‘satdan qahramon o‘zini boshqa dunyoda topadi, bu yerda aktrisa reklama qahramonining hayotini boshdan kechiradi, ya’ni hayotidan juda nafratlangan uy bekasining barcha tashvishlari unga tushadi. Film komediya va fantastik janrda suratga olingan.

    20.08.2024, 12:54   Izoh (0)   75298
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ishdagi ishq: turk seriallarining suratga olish jarayonida rashk sabab yuz bergan shov-shuvli janjallar

    30.07.2024, 12:20

    Uchinchi EKU va egizaklar: Neslihan Atagul homiladorligi bo‘yicha yangi tafsilotlar e’lon qilindi

    09.08.2024, 11:30

    APL. “Tottenhem” “Lester”ga qarshi bahsda durang natija qayd etdi 

    20.08.2024, 01:58

    Dunyodagi eng qimmat 5 ta avtomobil. Ulardan biri yagona nusxada mavjud

    20.08.2024, 11:55

    Instagram: Halima Ibragimova oilasida beshik to‘y, “Sharq” guruhi xonandalari ajrashdimi? Nigora Karimboyeva yangi mashina xarid qildi

    20.08.2024, 10:58

    Saxovatpesha yulduzlar: xayriya ishlarida faol bo‘lgan turk aktyor va aktrisalari

    20.08.2024, 09:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashga oid xalqaro shartnomaga qo‘shildi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 12:55

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat 32 darajagacha tushadi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 12:45

    JCH—2026 oldidan AQSH Braziliya fuqarolari uchun viza berishni cheklaydi

    Dunyo | 1 avgust, 12:38

    Hech qachon maktabga bormagan, 20 yoshida o‘qishni o‘rgangan, suiqasddan omon qolgan Ibrohim Tatlisasning qizi bilan murakkab munosabatlari haqida

    Shou-biznes | 1 avgust, 12:31

    Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga bo‘ysunmaganlik uchun jarimalar minimal miqdori oshirildi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 12:23

    Tramp Qozog‘iston tovarlariga 25 foizlik boj belgiladi

    Dunyo | 1 avgust, 12:08
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.