UFC yarim o‘rta vazn toifasida (77 kg) jang olib borayotgan asli kelib chiqishi falastinlik bo‘lgan jangchi Bilol Muhammad yengil vazn toifasining (70 kg) amaldagi chempioni Islom Maxachevning potensial raqiblari haqida fikr bildirdi.

Muhammadning fikriga ko‘ra, Maxachevni oldinda qiziqarli janglar kutib turibdi va bu raqiblar orasida kuchli nomlar bor:
Yengil vaznda hozir Islom uchun yaxshi variantlar bor. Masalan, Jastin Getji. U yaqinda Rafael Fiziyev ustidan muhim g‘alabaga erishdi. So‘nggi to‘rt jangida 3-1 ko‘rsatkich bilan yaxshi natija qayd etmoqda. Eng muhimi — Maxachev hali Jastin bilan jang qilmagan.
Yana bir variant — Paddi Pimblett. U yaqinda Maykl Chendler ustidan ajoyib g‘alaba qozondi. U juda mashhur va bu jang muxlislarga ham yoqadi. Bundan tashqari, Charls Oliveyra va Arman Sarukyan ham revansh kutmoqda. Demak, Maxachevda hali tanlov ko‘p, deydi Muhammad MMA Mania nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, yaqinda yengil vazn toifasida UFC chempioni bo‘lgan Islam Maxachev chempionlik kamaridan ayrilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Agar sportchi Iliya Topuriya bilan jang qilishdan bosh tortsa, tashkilot uni kamaridan mahrum qilishi mumkin.
Izoh (0)