Kiprning Aradipu shahrida raqqos Dinos Kantis boshiga stakanlar joylashtirib, an’anaviy “Shisha raqsi”ni ijro etdi. Bu raqs Ginnes rekordini yangilashi mumkin. Bu haqda in-cyprus xabar berdi.

Raqs davomida Kantis boshiga ortib borayotgan shisha stakanlarni joylashtirishni davom ettirdi. Tomoshabinlar uni xalq musiqasi ostida ishtiyoq bilan qo‘llab-quvvatlashdi. Raqqos ijro davomida birorta ham xatoga yo‘l qo‘ymay, harakatlarni mohirona tarzda amalga oshirdi.

Raqqos 468 ta sharob stakanini boshiga qo‘yib, raqsga tushishni uddaladi. U avvalgi rekordni, 319 ta stakan bilan o‘rnatgan Aristotelis Valaoritisning natijasini ortda qoldirdi.
Men orzuni haqiqatga aylantirdim. Bu rekordni vatanimda yangilashni xohlagandim va uni amalga oshirdim. Men erishgan har bir yutuq akam Zacharias uchun. Bugun butun Aradipu birlashdi. Bu bizning hamjamiyatimiz uchun edi, dedi Dinos Kantis.
Kantisning chiqishidan video va boshqa dalillar Ginnes rekordlari tashkiloti tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak. Keyinroq bu rekord rasman tasdiqlanishi mumkin.
Izoh (0)