Daryo

Xitoy Ukrainada asirga tushgan fuqarolari haqida rasmiy bayonot berdi

Mamlakat tashqi ishlar vazirligi xitoyliklar “mojaro hududlaridan uzoq yurish haqida ogohlantirilgani”ni aytib chiqqan

1 daqiqa o‘qish12 672 ko‘rishlar0 izoh0

Pekin Rossiya armiyasi safida jang qilib, Donetsk viloyatida asir tushgan ikki nafar xitoylik haqida ilk bor rasmiy munosabat bildirdi. Bu haqda Sky News nashri yozmoqda.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Lin Tsyan 9-aprel kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Pekin tafsilotlarni aniqlashtirish uchun Ukraina bilan aloqada ekanini ma’lum qildi.

Biz har doim o‘z fuqarolarimizni qurolli mojarolar hududiga kirmaslikka va bunday urushlarga aralashmaslikka chaqirib kelganmiz, deyiladi vazirlik bayonotida.

Zelenskiy 8-aprel kuni Donetsk viloyatidagi janglar chog‘ida ikki nafar xitoylik harbiy asirga olinganini bildirgan edi. Ukraina prezidenti aytishicha, ularning shaxsi hujjatlar orqali aniqlangan.

Xitoy fuqarolari Ukraina qurolli kuchlarining 81 alohida Slobojan aeromobil brigadasi tomonidan Tarasovka va Belogorovka aholi maskanlari yaqinida qo‘lga olingan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu hududda jami olti nafar xitoylik harbiy Rossiya armiyasi safida jang qilgan, ularning ikki nafari tirik holda asirga tushgan. Voqeadan ko‘p o‘tmay Ukraina Tashqi ishlar vazirligi asirga olinganlarning urushdagi ishtirokini qoralab, Xitoyning muvaqqat ishlar bo‘yicha vakilini chaqirtirgan edi. 

Andijonlikman, Toshkentda yashayman. Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tamomlaganman. “Daryo” tahririyatida 2024-yil noyabr oyidan buyon muxbir sifatida ishlayman va siyosiy, ijtimoiy hamda harbiy yoʻnalishlarga ixtisoslashgan materiallar tayyorlayman. “If qaʼlasining mahbusi” filmini miriqib tomosha qilaman. Lev Tolstoyning asarlarini, ayniqsa, “Urush va tinchlik”ni yoqtiraman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar